O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
MAXSUS SIRTQI BO‘LIMI
5111700 – BOSHLANG'ICH TA'LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO‘NALISHI (sirtqi)
4-KURS 421 - GURUH TALABASI
YO’LDASHEVA XOJIOYIMNING
TARRBIYAVIY ISHLARNING ILMIY NAZARIY TAVSIFI VA FUNKSIYALARI
mavzusidagi
Qayddan o‘tkazildi ________
Sirtqi bo‘limi boshlig’i:
_______ prof.L.Qurbonova
№_______ «____»____ 2022____ yil
|
|
Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga tavsiya etildi
Kafedra mudiri: ______ dots.N.Abdullаyeva
Ilmiy rahbar: _______ N.Toshtemirova
|
Andijon – 2022
MAVZU: TARRBIYAVIY ISHLARNING ILMIY NAZARIY TAVSIFI VA FUNKSIYALARI
REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1.Ta’lim tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda o’qituvchi innovatsion faoliyatning dolzarbligi.
2. Innovatsion faoliyat va pedagogik texnologiyaning aspektlarining zamonaviy o`quv-tarbiya jarayonidagi o`rni.
3.Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish va loyihalashning o’ziga xosligi.
4.Insonparvarlik pеdagogikasi, ta’lim-tarbiya san’ati va tеxnologiyasining uzviyligi.
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar bugungi yoshlarimizni jismonan sog‘lom, ma’nan etuk,intelektual salohiyatga ega bo’lgan shaxslarni yetkazishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.1 Yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, shaxsiy ishiga maqsadli yondoshuv hamda reja va amal birligi hissini uyg‘otish zarur.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi”,ning yetti ustivor yonalishida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish tinchliksevar xalqimizning asosiy maqsadidir.
Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir!” degan so‘zlari fikrimizga dalil bo‘ladi. Tarbiya bola tug’ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.Shu tufayli tarbiya so’zi ko’p vaqtlarda ta‘lim, ma‘lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi.Tarbiya ta‘lim va ma‘lumot natijalarini o’zida aks ettiradi. Respublikamizning 1-Prezidenti Islom Karimov shunday yozadi: «Islohotlarimizning muhim tamoyillaridan biri-aholining kam ta'minlangan tabaqasi, ya'ni qariyalar, nogironlar, bolalarni muhofaza qilish, ularni puxta himoyalashdir. Yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ish bilan ta'minlanishida har tomonlama yordam berish davlatimizning muqaddas burchidir».2
Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o’zining xarakteri, qiziqishi va qobiliyati,aqliy qobiliyati rivojlanganligi darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi.Shu o’rinda shaxs tarbiyasida tarbiya texnologiyalarining ahamiayti o’rinli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |