Tartib raqam Sinf
Zardo‘zlik uchun zaruriy ashyo va asbob-uskunalar
Download 0.61 Mb.
|
9 sinf texno kons
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Zardo‘zlik uchun zaruriy ashyo va asbob-uskunalar
Zardo‘zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar unchalik ko‘p bo‘lmasa-da, ular o‘ziga xos tuzilishga ega. Zardo‘zlikda ishlatiladigan asosiy asbob korcho‘b bo‘lib, u ikki qismdan iborat: chambarak va xorak. Chambarak uzunligi 320 sm gacha bo‘lgan ikkita teng yonli yog‘och dasta va ularning maxsus qismida harakatlanuvchi silliq taxta, ya’ni shamshirakdan iborat. Shamshirakdagi ovalsimon oyiqchalar yog‘och dastalarga mato tortilganda ularni tarang ushlab turishga xizmat qiladi. Korcho‘bning ikkinchi qismi xoraklardir. Xoraklar yog‘och poylar bo‘lib, ishlagan vaqtda chambarak ular ustiga qoyilgan, chunki qadimda zardo‘zlar ko‘rpacha ustida o‘tirib, ish tikishgan. Zardo‘zlikda angishvona (5-rasm, b) ham zarur. Chunki zardo‘zlik naqshlari faqat qo‘lda tikiladi. Angishvona igna qo‘lga kirib ketmasligi uchun ishlatiladigan metall g‘ilofdir. Uning ustki va yon tomonlarida igna toyib ketmasligi uchun chuqurchalar oyilgan. Zardo‘zlikda asosan ikki xil turdagi ignalar ishlatiladi: 1. Tikish ishlari uchun 2 sonli ignalar ishlatiladi. 2. Bezatish ishlari uchun esa 1 sonli ignalar ishlatiladi. Zardo‘zlikda uch turdagi qaychilardan foydalaniladi (5-rasm, g): 1. Naqshlar, gullarni qirqishda ishlatiladigan qaychi o‘rdakburun (5-rasm, g - 1) va tuyaboyin qaychi (5-rasm, g - 2). Bu qaychilar faqat gullarni qirqishda kerak bo‘ladi. 2. Pardozlashda kerak bo‘ladigan qaychilar (5-rasm, g-3). Bu qaychilar kichikroq bo‘lib, dastgoh ustida ishlashda qulay. 3. Andoza bichishda kerak bo‘ladigan qaychilar (5-rasm, g-4). Bunday qaychilar kattaroq va o‘tkirroq bo‘lishi zarur. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Mustahkamlash uchun savollar: 1. Zardo‘zlikda qanday materiallar ishlatiladi? 2. Zardo‘zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalarni aytib bering. 3. Korcho‘b qanday qismlardan iborat? 4. Zardo‘zlikda qanday qaychi turlari ishlatiladi? Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling