Tartib raqam Sinf


Mavzu: Mаhsulоt ishlаb chiqаrishni nаzоrаt qilish, o‘lchаsh vа


Download 0.61 Mb.
bet54/88
Sana20.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1039184
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   88
Bog'liq
9 sinf texno kons

Mavzu: Mаhsulоt ishlаb chiqаrishni nаzоrаt qilish, o‘lchаsh vа
tаqqоslаsh tехnоlоgiyasi.
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga mаhsulоt ishlаb chiqаrishni nаzоrаt qilish, o‘lchаsh vа tаqqоslаsh tехnоlоgiyasi haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida mаhsulоt ishlаb chiqаrishni nаzоrаt qilish, o‘lchаsh vа tаqqоslаsh tехnоlоgiyasi haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida iqtisodiyotni tartibga solish uchun: qonunchilik, ijro etish va nazorat kilish usullaridan izchillik bilan foydalaniladi. Bu esa mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilishni nazarda tutadi.
Ishlab chiqarishni nazorat qilishning asosiy maksadi iqtisodiy va ijtimoiy barkarorlikni ta’minlash, mamlakat ichida va xalqaro maydonda mavjud tizimni Mustahkamlashdan iborat. Buning uchun: iqtisodiy tsiklni barqarorlashtirish, milliy xo‘jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish; atrof-muhit holatini yaxshilamoq zarur. Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirmoq lozim:
1. Ishlab chiqarishning bozor tizimini samarali amal kilishiga imkoniyat tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash;
2. Raqobatni himoya qilish.
Iqtisodiyotni tartibga solish yuzasidan quyidagi vazifalarni ham bajaradi:
1. Daromad va boylikni qayta taqsimlash;
2. Resurslarni qayta taksimlash;
3. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlik darajasi o‘sishidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirib borish.
Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexanizm sifatida xizmat qiladi. Raqobat sharoitida xaridor - bu xujayin, bozor ularning gumashtasi, korxona esa ularning xizmatkori hisoblanadi.
Davlat bir kator yullar bilan resurslarning nomutanosib taqsimlanishini keltirib chiqaradigan oqibatlarni yumshatib boradi.
Birinchidan, iste’molchilarning aniq tovar va xizmatlarni xarid qilish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ularning talabi kengaytiriladi. Masalan, Respublikamizda islohotlarning dastlabki davrida oziq-ovqat mahsulotlariga talon tizimi joriy etildi. Bu esa past daromadli oilalarning oziq-ovqat maqsulotlariga bo‘lgan talabni oshiradi va shu orqali resurslarning nomutanosib taqsimlanishini bartaraf qiladi. Ikkinchidan, davlat taklifni oshirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalashi (mablag‘ bilan yordam berishi) mumkin. Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslanadi va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o‘z zimmasiga oladi. Bular fan, ta’lim, sog‘likni saqlash, milliy mudofaa, favqulotda roy beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash, ichki tartibni saqlash va boshqalar. Davlat, mamlakat, milliy mahsulot tarkibida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish maksadida resurslarni qayta taqsimlaydi. Iqtisodiyotni barqarorlashtiradi.


  1. Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling