Tartib raqam Sinf


Mavzu: Gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati


Download 0.61 Mb.
bet39/88
Sana20.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1039184
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88
Bog'liq
9 sinf texno kons

Mavzu: Gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati.
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

I dars:Gazlamaga ishlov berish yo‘nalishlarida ishlab chiqarishi va uning mohiyati
Har qanday korxona - bu o‘ziga qarashli ishlab chiqarish vositalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish jarayonlarini bajaruvchi jamoadir. Keyingi vaqtlarda tikuvchilik korxonalarini «firma» terminida qo‘llash uchrab turadi. Korxona va firma bir xil vazifani bajaradi. Korxona mahsulotni ishlab chiqarishda xuquqiy, texnikaviy, iqtisodiy xamda tashkiliy ishlarni bajaradi. Tikuvchilik sanoati korxonalaridagi ishlab chiqarish asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarishda xomashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotga aylanadi. Asosiy ishlab chiqarish tsexlarida tsexlarning ixtisoslanganligiga ko‘ra xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining ma’lum bosqichi amalga oshiriladi. Asosiy ishlab chiqarish sexlariga: tajriba, tayyorlov, bichish, tikish va pardozlash tsexlari kiradi. Korxonaning asosiy ishlab chiqarish tsexlari uchun bug‘, issiq suv, elektr energiya, extiyoj qism, asbob-uskuna va moslamalar bilan ta’minlash, mashinalarni uzluksiz ishlash uchun ta’mirlash ishlarini yordamchi ishlab chiqarish sexlarida amalga oshiradi. Tikuvchilik ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichi tsexlarda ma’lum bir vazifani bajaradi. Korxonaning tayyorlov tsexida gazlamalar sifati va miqdori boyicha qabul qilinadi, ishni beto‘xtov borishini ta’minlash uchun ularning zahirasi tashkil etiladi, gazlamalar bichishga tayyorlanadi, hujjatlar rasmiylashtiriladi. Bichish tsexida buyum detallari bichiladi, ularni tikishga tayyorlanadi, komplektlanadi va bichiqlarni tikuv tsexiga uzatiladi. Tikuv tsexlarida detallarga ishlov beriladi, buyum bo‘laklari tayyorlanadi va tayyor maxsulotlar yig‘iladi. Tayyor mahsulotning sifatiga ta’sir etuvchi pardozlash ishlari pardozlash tsexida yoki tikuv tsexining pardozlash bo‘limida amalga oshiriladi. Tajriba tsexining asosiy vazifasi ishlab chiqarish uchun zamonaviy va sifatli modellarni tayyorlab berish, ya’ni modellarni konstruktiv va texnologik tayyorlash: andozalar tayyorlash va joylashmalarni bajarish, gazlama sarf meyorini aniqlash, buyum tikishning texnologik tartibini tuzish, model namunasini tikish, yangi modelga texnik hujjatlarini tuzish va ishlab chiqarishga tushirish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina tikuvchilik korxonalarida texnologik jarayonlarni loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari qo‘llanilmoqda. Bunday tizimlardan foydalanish mehnat sharoitlarini yaxshilash, qo‘l mehnatini qisqartirish, bir qator ishlarni avtomatlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish va ish kuchiga bo‘lgan extiyojni kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari kiyimni konstruktsiyalash, kiyimni modellashtirish, andozalar komplektini qurish, buyum andozalarini ko‘paytirish, andozalarni gazlamaga joylashtirish, konstruktorlik hujjatini ishlab chiqish, shuningdek, texnologik ma’lumotlarni tayyorlash, ya’ni tikuvchilik buyumlarini tayyorlash boyicha texnologik operatsiyalar ma’lumotnomasini ishlab chiqish, elektron meyoriy ma’lumotnomadan foydalanib sarf vaqti meyori va furnitura sarfi boyicha hisoblarni avtomatik bajarish, kiyim ishlab chiqarish j arayonining tashkiliy-texnologik tizimini avtomatik shakllantirish, alohida ishchilarni va korxonani ishlab chiqarish boyicha amaldagi ma’lumotlarni hisobga olish vazifasini bajaradi. Shuningdek, tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishning turli jarayonlarida operatsiyalarni bajaruvchi va xizmat qiluvchi robotlar va manipulyatorlar qo‘llanilmoqda. Ular yordamida tayyorlov tsexida ko‘tarish va tushirish operatsiyalari, bichish tsexida gazlama to‘shamalaridan detallarni qirqib olish, tikuvchilik tsexida mehnat predmetlarini ish o‘rinlariga tashish, berish va olish operatsiyalarini, belgilangan chiziq boyicha detallarni tikish va ularni taxlash operatsiyalari bajariladi. Bundan tashqari avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari ham qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston respublikasining poytaxti Toshkent mustaqillik yillarida dunyoga yirik sanoat markazlaridan biri sifatida tanildi. Qariyb 120 ta davlat bilan tashqi iqtisodiy aloqalar olib borilayotgani shunday deyishimizga asosdir. Ayni paytda bu yerda 110 ta yirik sanoat korxonasidan tashqari, 38 mingdan ortiq kichik biznes subyektlari samarali faoliyat ko‘rsatayapti. Har yili ko‘plab yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirilishi evaziga mahsulot tayyorlash hajmi muttasil oshmoqda. Poytaxtimizdagi “Uztex Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Uztex” kompaniyalari guruhidagi taroqli va kardli dastgohlarda yigirilgan ip ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonadir. Bundan tashqari, tizimdagi “Uztex Chirchik” hamda “Eurotex Tashkent” korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda yuqori sifatli trikotaj mato va kiyim- kechaklar tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarga tashqi bozorda talab yuqori. Ularning asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi. Bugungi kunda “O‘zbekengilsanoat” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibida 270 dan ziyod korxonalar faoliyat ko‘rsatayapti. Ular tomonidan iste’molchilarning talab va taklifi asosida ishlab chiqarilayotgan 600 xil rang, 20 dan ko‘proq nomdagi kiyim-kechaklar dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida o‘z haridorlariga ega.


  1. Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling