Tartib raqam Sinf
Mavzu: Gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati
Download 0.61 Mb.
|
9 sinf texno kons
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad
- Rivojlantiruvchi maqsad
- Dars metodi
- Darsning borishi
- Yangi mavzu bayoni: II dars:Pazandachilik yo‘nalishlarida ishlab chiqarishi va uning mohiyati
Mavzu: Gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati.
Darsning maqsadi: Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati haqida ma’lumotlar berish. Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish. Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar. Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi. Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari. Darsning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashish Davomatni aniqlash Darsga tayyorgarlik ko‘rish O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish. Uyga vazifani so‘rash: Savol – javob o‘tkazish Topshiriqlarni tekshirish Yangi mavzu bayoni: II dars:Pazandachilik yo‘nalishlarida ishlab chiqarishi va uning mohiyati Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, avvalam bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va shuning asosida qishloq xo‘jalik xomashyosini chuqur qayta ishlashni ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh sifatli maxalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va turlarini oshirish maqsadida 2011 yil 31 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 1633-sonli «2012-2015 yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni va boshqaruvini tashkillashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi muhim qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra, «Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati» hamda «O‘zgo‘shtsutsanoat» uyushmalarning birlashishi natijasida Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi. Qoyidagilar Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi: uyushma tarkibiga kiruvchi yog‘-moy, go‘sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning manfaatlari ifoda etilishi va huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, qayta ishlash korxonalari, qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari, tayyorlov va savdo tashkilotlari o‘rtasida zamonaviy bozor munosabatlarini tarmoqda keng joriy qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; oziq-ovqat mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarini marketing jihatidan tadqiq etilishini tashkil qilish, tarmoqni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashish, xom ashyoni chuqurroq qayta ishlashda va sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda tarmoq korxonalariga ko‘maklashish, ular bilan ichki bozorni yanada ko‘proq to‘ldirish hamda eksportga yetkazib berishni oshirish; oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ilg‘or xalqaro tajribani har tomonlama o‘rganish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnik jihatdan qayta jihozlashda, yuqori unumli zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishda, mazkur maqsadlar uchun investitsiyalarni, avvalambor, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda yog‘- moy, go‘sht-sut va boshqa oziq-ovqat sanoati korxonalariga ko‘maklashish; tarmoq korxonalariga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashda, butun jahonda qabul qilingan uning sifatini baholashning zamonaviy tizimlarini joriy etishda ko‘maklashish; yog‘-moy sanoati korxonalarining chigit yetishtiruvchilar bilan o‘zaro munosabatlari mexanizmini yanada takomillashtirish, chigitni qabul qilish, qat’iy hisobga olish, shuningdek, uning sifatini ta’sirchan nazorat qilish masalalari ham shu jumlaga kiradi. Tarmoq korxonalari tomonidan paxta yog‘i chiqishining belgilangan normalariga, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotishda zarur tartibga rioya qilinishini ta’minlash; tarmoq korxonalariga axborot xizmatlarini ko‘rsatish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish. Hozirgi kunda uyushma tarkibida 150 dan ortiq yog‘-moy, go‘sht-sut, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularda mingdan ziyod turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qoyilgan bo‘lib, o‘simlik yog‘lari, margarin, shakar, mineral suvlar, qandolatchilik, sut, go‘sht va meva-sabzavot konserva mahsulotlari tayyorlanmoqda. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling