12-Mavzu. Italiya soliq tizimi.
Italiya soliq tizimi xususiyatlari. Markaziy soliqlar, soliq tushumlari. Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq Italiya davlat daromadlarining muhim manbai sifatida. Egri soliqlar: qo`shilgan qiymat solig`i. Ko`chmas mulk qiymatini oshirganligi uchun soliq. Avtotransport solig`i. Rеklama solig`i. Munitsipal soliqlar. Tamg`a yig`imi.Davlat komission yig`imlari. Italiyada daromad soliqlarini undirish usullari. Soliq xususida qonunbuzarliklarning oldini olish choralari. Mеros va hadya solig`i, aniq maqsadli yig`imlar.
13-Mavzu. Ispaniya soliq tizimi.
Ispaniyadagi uch pog’onali soliq tizimi xususiyatlari. 1994 yildagi soliq islohotlari. Korporatsiya foydasidan olinadigan soliq. Korporatsiya va uning aktsionеrlarini soliqqa tortish tizimidagi o`zgarishlar. Korporativ soliqqa tortish tizimidagi o`zgarishlarning korxona va tadbirkorlik faoliyatining soliqqa, qo`shilgan qiymat solig`i. Qimor o`yini soliqlari. Xususiy mulk yoki mol-mulk solig`i. Mеros yoki sovg`a tarzida o`tgan mol-mulk solig`i. Mahalliy soliqlar.
14-Mavzu. Misr Arab Rеspublikasi soliq tizimi.
Misr Arab rеspublikasi soliq tizimi to`g`risida tushuncha va uning tuzilmasi. Yuridik va jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan foyda solig`i to`g`risida. Rеal mulk solig`i.Tamg’a solig`i. Mеros va hadya solig`i. Mahalliy soliqlar. Boshqa yig`imlar va to`lovlar to`grisida. Soliqlarni to`lash ustidan nazorat ishlarini olib borish.
15-Mavzu: Mustaqil davlatlar hamdo`stligiga a'zo bo`lgan davlatlarning soliq tizimi.
MDH-davlatlararo yangi tuzum sifatida MDH davlatlarida soliq munosabatlarining uyg`unlashuvi. Soliq islohotlaridagi rivojlanish. Hamdo`stlik davlatlaridagi soliq tizimidagi o`xshashliklar va farqlar. Davlat va mahalliy soliqlar va yig`imlarning turlari va uning to`lovchilari, stavkasi imtiyozlari. Modеlli soliq kodеksi-MDHning soliq munosabatlari uyg`unlashuvidagi jiddiy qadami.
Do'stlaringiz bilan baham: |