Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Tabiiy boyliklardan foydalanuvchilarni soliqqa tortishning tartibi


Download 1.19 Mb.
bet70/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

19.4.Tabiiy boyliklardan foydalanuvchilarni soliqqa tortishning tartibi.


Yer osti boyliklardan foydalanganliklari uchun soliqqa tortish shartnomalarning asosiy turlaridan kelib chiqqan holda ikki turga bo’linadi. Birinchi tur yer osti boyliklardan foydalanuvchilarning Qozog’iston qonunchiligi hujjatlarida belgilangan barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashi ko’zda tutadi. Ikkinchi tur yer osti boyliklardan foydalanuvchilarning mahsulot taqsimlanishi bo’yicha Qozog’iston Respublikasi ulushini hamda quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashni ko’zda tutadi: yuridik shaxslarning daromad solig’i, chet el yuridik shaxsi hisoblangan doimiy muassasining daromadi, QQS, royalti, yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun yig’im, alohida faoliyat turi bilan shu g’ullanishi uchun beriladigan huquqlari uchun yig’im va boshqa majburiy to’lovlar.
Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning maxsus to’lov va soliqlariga quyidagilar kiradi: royalti, qo’shimcha foydadan olinadigan soliq. Royaltining barcha turlari daromad solig’i va qo’shimcha foydadan olinadigan soliq uchun soliqqa tortiladigan daromadni aniqlashda chegirmalar bo’lib hisoblanadi.

Qisqacha xulosalar


Soliq qonunchiligining takomillashuvi–Qozog’iston iqtisodini isloh qilishning dolzarb yo’nalishlaridan biridir. Fiskal tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish dasturiga asosan Qozog’iston Respublikasi davlat daromadlari vazirligining 2001-2005 yillarida soliq va bojxona boshqaruv sifatini oshirish, soliq solish sohasi bo’yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirishi belgilangan:

  • soliq kodeksini amalga joriy etish;

  • byudjetga daromadlar tushumi hisobi va istiqbolni belgilash uslubiyotini rivojlantirish;

  • kichik biznes va qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilarini rivoji uchun qulay sharoit yaratib berish maqsadida maxsus soliq rejimlari uslubiyotini takomillashtirish;

  • soliq auditi samaradorligini oshirish;

  • soliq boshqaruvi jarayonlarini avtomatlashtirish.


    Download 1.19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling