Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Download 1.19 Mb.
bet67/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

Asosiy adabiyotlar:


1. «Налоги и налогообложение» 3-е издание под ред. М.Романовского и О.Врублёвской. М. 2003 год.
2. «Финансы» Учебник под .ред. Проф. Дробозиной Л.А. –М: «Финансы», ЮНИТИ, 2003 г.
3. Тютюрюков Н.Н. Налоговые системы зарубежных стран: Европа и США: Учеб.пос./-М.Дашков и К, 2002 г.
4. Ходов Л.Г., Попов В.И. Подходное налогообложение физических лиц (зарубежный опыт, российские проблемы): Учебное пособие - М.: ТЕИС, 2004– 132 с.
5. Error: Reference source not found – Rossiya Federatsiyasi byudjet tizimi;
6. Error: Reference source not found - O’zbеkiston Respublikasi

XIX bob. Qozog’iston Respublikasi soliq tizimi




19.1. Qozog’iston umumdavlat soliqlari. Qozog’iston soliq tizimining asosini tashkil etuvchi soliq turlari.


Qozog’istonda davlat byudjetini tartibga soluvchi manbaalar hisoblangan umumdavlat soliqlari va mahalliy byudjetlarning daromad manbai bo’lgan mahalliy soliqlar mavjud.
Qozog’iston Respublikasi soliq tizimining asosiy soliqlaridan biri QQS hisoblanadi. QQSning hisob-kitob qilishning umumiy tartibi ilg’or G’arbiy Evropa mamlakatlarining tajribasidan o’zlashtirilgan. Soliqqa tortish va soliq manbai Rossiyadagi kabi aniqlanadi. QQSni to’lovchilar barcha yuridik shaxslar va doimiy tashkilotlar orqali faoliyat yuritadigan Qozog’iston Respublikasi norezidentlari; yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxslar hisoblanadilar. Yuridik shaxs bo’linmalari Qozog’iston Respublikasi davlat daromadlari vazirligining ruxsatiga asosan QQSni mustaqil to’lashlari mumkin. Soliq to’lovchilar uchun soliq to’lash tartibi katta ahamiyatga ega. Qozog’istonda sotib olingan moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha QQS xaridorlar tomonidan to’lanadigan to’lovga bog’liq bo’lmagan holda chegiriladi. Soliq manbaini aniqlashdagi xususiyatlarni ham aytib o’tish lozim, jumladan, aksiz osti tovarlar bo’yicha aksiz summasi soliq manbaasiga kiritilmaydi. Bundan tashqari import qilinadigan tovarlar soliq manbasi bo’lib, faqat tovarlar va transport vositalarining bojxona qiymati kiradi. Bu esa bir marta soliqqa tortish tamoyiliga mos keladi28.
QQSning asosiy stavkasi soliqqa tortiladigan oborotdan 20 foiz miqdorida belgilangan, 10 foiz miqdoridagi pasaytirilgan stavka esa, asosiy oziq-ovqat mahsulotlar, tirik og’irlikdagi chorva va qushlar, bolalar va diabetli oziqlanish mahsulotlari, maxsus ro’yxat bo’yicha omuxta yem uchun qo’llaniladi. Bundan tashqari, eksport qilinadigan tovarlar, yo’lovchilar, tovarlar, uy hayvonlari, bagaj va pochtani xalqaro tashish nolinchi stavka bo’yicha soliqqa tortiladi. Respublika hududdida rezidentlar tomonidan to’qimachilik, tikuv, teri-poyafzal sanoati sohalari bo’yicha xususiy ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishda ham nolinchi stavka qo’llaniladi. Bu esa ichki ishlab chiqaruvchilarni qo’llab quvvatlash choralaridan biridir. Nolinchi stavkani qo’llanililishi ikki yoqlama imtiyoz hisoblanadi: bir tomondan sotiladigan tovarlar soliqdan ozod bo’ladi; ikkinchi tomondan bunday tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan moddiy resurslar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i summasi chegiriladi.



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling