Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


XVIII bob. Ukraina Respublikasi soliq tizimi


Download 1.19 Mb.
bet64/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

XVIII bob. Ukraina Respublikasi soliq tizimi


18.1. Ukraina soliq tizimining tuzilishi. Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash tartibidagi o’ziga xosligi.


Ukraina qonunlari o’rnatgan tartibda byudjetlar va maqsadli davlat fondlariga undiriladigan soliqlar va yig’imlar majmui mamlakatning soliq tizimini tashkil qiladi. Ukrainada 17 ta umumdavlat, 16 mahalliy soliqlar va yig’imlar undiriladi. QQS 1992 yilda kiritilgan bo’lib, uning ulushi barcha soliq tushumlarining 60 foizini tashkil qiladi. Ko’pchilik mamlakatlardan farqli, QQS unifikatsiya qilingan stavka bo’yicha undiriladi, shuning uchun bu soliq bo’yicha ko’plab imtiyozlar ko’zda tutilgan. Eksportga yuklangan mahsulotning qiymati soliqqa tortish ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Bunda QQSni to’langan miqdori, korxona hisobiga kelib tushgan tushumdan keyin qoplanadi27.
Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq bo’yicha to’lovchilar doirasi, hisob-kitob uslubi xuddi Rossiyadagi kabidir. Qabul qilingan tartibga asosan, tamg’a solig’i ham umumdavlat soliqlariga kiradi. Uning to’lovchilari xususiy mulk formasidan qatiy nazar soliqqa tortish ob’ekti bo’lib aniqlangan hujjatlarni va markalashni amalga oshiradigan barcha xo’jalik faoliyatini yuritadigan sub’ektlar hisoblanadilar. Ijro etuvchi hokimiyat tashkilotlari tomonidan beriladigan hujjatlardan tashqari barcha xo’jalik shartnomalari, veksellar markalashtirilishi lozim. Tamg’a yig’imi stavkasi nizom jamg’armasi miqdoriga, shartnoma va veksellar bo’yicha to’lov miqdorlari summasiga bog’liq holda belgilanadi. Tamg’a yig’imi markalari jamg’arma banklarining boshqarmalari va uning hududiy boshqarma va bo’limlari orqali sotiladi.


18.2. Resurs to’lovlari, ijara to’lovi, yer joylari solig’i, suv resurslaridan foydalanganligi uchun olinadigan to’lovlar.


Yer soligini to’lovchilari bo’lib, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar hisoblanadilar. Soliqqa tortish ob’ekti bo’lib, xususiy mulk bo’lgan yoki foydalanishga hamda ijaraga berilagan yer joylari hisoblanadi. Yer uchun to’lov shakli-yer solig’i va ijara to’lovi. Yer solig’ini mulkka egalik huquqi davlat dalolatnomasiga ega bo’lgan yer egalari va yerdan foydalanish huquqiga ega bo’lgan yerdan foydalanuvchilar to’laydilar. Yer solig’i miqdori yer joyi kattaligiga, uning qiymatiga qarab stavka bo’yicha aniqlanadi. Yer joyining qiymati Ukrainaning yer resurslari buyicha Davlat qo’mitasi tomonidan belgilanadi. Ijara haqi yer joylaridan foydalanganligi uchun ijarachi tomonidan to’lanadigan to’lovdir.
Yerni ijaraga beruvchilar mahalliy hukumat tashkilotlari va yer egalari hisoblanadilar. Yuridik shaxslardan yer uchun ijara haqini undirish sharti, miqdori, vaqti ijara beruvchi va ijaraga oluvchi orasidagi shartnomaga asosan belgilanadi. Ijaraga oluvchi yuridik shaxslar yer uchun ijara haqini yer egasi hisobiga o’tkazadilar. Bunda yer egalari tegishli byudjetga yer solig’i to’laydilar. Agar qishloq, ovul, shaxar, tuman kengashlari ijara beruvchilar bo’lishsa, ijaraga oluvchilar ijara haqini mustaqil ravishda byudjetga to’laydilar.
Qiymati aniqlangan yer joylari solig’i stavkalari, ularning foydalanish yo’nalishi bo’yicha darajalangan foizlarda belgilanadi. Yer joylarining quyidagi turlari farqlanadi: haydalgan yerlar; pichanzorlar; yaylovlar; ko’p yillik ko’chatlar; bahosi aniqlangan aholi yashaydigan hududlarning yerlari; ishlab chiqarish korxonalarini yerlari; transport va aloqa vositalari korxonalarining yer joylari; temir yo’l transporti yerlari; yer osti suv fondi ixtiyoridagi yer joylari, va boshqalar. Qiymati aniqlanmagan aholi yashash hududidagi yer joylari uchun soliq stavkasi aholi soni, shaharlar toifalariga bog’liq holda yerning har bir kvadrat metriga qat’iy summada belgilanadi. Bundan tashqari xududning tarixiy madaniy belgilanishidan kelib chiqqan holda yer solig’ini oshiruvchi koeffitsientlar mavjud. Yer uchastkasini belgilangan me’yoridan ortiq ajratilganligi uchun soliq 5 baravar ko’paytirib olinadi.
Qishloq xo’jalik tovarlari va baliq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar yer solig’ini teng ulushlarda 15 avgust va 15 noyabrgacha, qolgan to’lovchilar–hisobot oyidan keyingi oyning 15–kuniga qadar to’laydilar.
Suv uchun to’lov suv resurslaridan maxsus ishlar uchun foydalanganligi va suvdan energetika ehtiyojlari uchun foydalanganligi uchun va suvni xususiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shu g’ullanayotgan barcha sub’ektlar tomonidan to’lanadi. To’lov me’yori 1m.kub uchun absolyut miqdorda aniq daryolar basseynlari bo’yicha darajalangan holda Ukraina Vazirlar Mahkamasi qarorlari bo’yicha tasdiqlanadi. Belgilangan me’yorlarga quyidagi koeffitsientlar qo’llaniladi: uy-joy va kommunal xo’jalik korxonalari, xovuzli va ko’lli xo’jaliklar uchun-0,1; qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilari uchun-0,2; issiqlik va atom elektr stansiyalari uchun-0,5; guruch yetishtiruvchilari uchun-0,8.
Barcha daryolar suv resurslaridan maxsus foydalanganlik uchun gidroelektrostansiyalarning me’yoriy to’lovi, turbinadan o’tgan har 100 m.kub suv uchun hisoblanadi. Limitdan yuqori darajada suvdan foydalanganlik uchun 5 marotiba ortiq to’lov undiriladi. To’lovning haqiqiy summasi har chorakda foydalanilgan suvning haqiqiy hajmi me’yorlar imtiyozlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. To’lov byudjetga hisobot choragidan keyingi oyning 20–kuniga qadar to’lanadi. Mahalliy soliqlar va yig’imlar tizimi o’z ichiga 2 ta soliq va 14 ta yig’imni oladi. Kommunal soliq va quyidagi yig’imlar majburiy bo’lib hisoblanadi: savdo-sotiq va xizmatlar doirasi ob’ektlarini ko’chirishga ruxsat berishdan, bozor, kvartiraga order berishdan, it egalaridan olinadigan yig’imlar. Qolgan soliqlar mahalliy tashkilotlar ixtiyoriga bog’liq holda ma’lum hududlarda joriy qilinadi.



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling