17.4. Mahalliy hokimiyatning mahalliy soliqlarni joriy qilishdagi vakolatlarining amalga oshirilishi.
Mahalliy tashkilotlarning soliqqa tortish sohasidagi vakolatlari Belorusiyada va Rossiyada farq qiladi. Masalan, Belorusiyada hukumatning mahalliy tashkilotlari stavkalarni nafaqat pasaytirish balki oshirish, ularning byudjeti hisobiga o’tkaziladigan alohida soliqlar bo’yicha yakka tartibda imtiyozlar berish huquqiga egalar.«2001 yil uchun Belorusiya respublikasi byudjeti haqida»gi qonuni bo’yicha mahalliy deputatlar kengashiga stavkalarni oshirish va pasaytirish, yakka imtiyozlar berish, yer solig’i va tabiiy qazilmalardan olinadigan soliqlarni to’lash muddatini o’zgartirish hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, davlat boji, ko’chmas mulk solig’i uchun yakka imtiyozlar berish huquqi berilgan.
Respublika uchun soliqlar tuzilishini ratsionalizasiya qilish, soliq manbaini optimallashtirish, soliqlarni hisoblash va undirish mexanizmini soddalashtirish hozirgi kundagi o’ta dolzarb muammolardan hisoblanadi. Masalan, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tuzilishini qayta ko’rib chiqish, ularning o’xshash soliq manbaiga ega bo’lganlarini birlashtirish orqali yagona majburiy to’lov undirish masalasi keng muhokama qilinmoqda. Xususan, qishloq xo’jalik mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash Respublika jamg’armasiga ajratmalar, muassasaga qarashli uy-joy fondini taminlash xarajatlari uchun chegirmalar va yo’l fondiga to’lovlarni yagona maqsadli byudjet fondiga birlashtirish hamda korxonalar tomonidan tushadigan tushumdan olinadigan chegirmalarning umumiy me’yorining belgilash taklif qilinmoqda. Ko’rsatib o’tilgan fondlar mablag’lari moliya vazirligining yagona xazina hisobiga to’planishi so’ngra maqsadli yo’nalishlarda taqsimlanishi mumkin. Bu bilan ham hisob-kitob uslubi, ham aytilgan to’lovlarni undirilish mexanizmi soddalashadi. Shu tamoyilga asosan Chernobil AESdagi fojia oqibatlarini tugatish uchun favqulodda olinadigan soliq, ish bilan taminlashga ko’maklashish davlat fondiga chegirmalar, ijtimoiy muhofaza fondiga chegirmalar, maktabgacha bolalar tashkilotini taminlash uchun chegirmalarni yagona ijtimoiy soliqqa birlashtirish mumkin. Ko’rib chiqilayotgan majburiy to’lovlar turlari yaqqol ifodalangan ijtimoiy yo’nalishga va asosan yagona soliq manbaiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |