Tasavvuf adabiyotida komil inson tushunchasi


Download 432.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana08.05.2023
Hajmi432.88 Kb.
#1444156
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tasavvuf-adabiyotida-komil-inson-tushunchasi



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 ǀ ISSUE 2 ǀ 2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 310
TASAVVUF ADABIYOTIDA KOMIL INSON TUSHUNCHASI 
 
Cho‘lponoy Abdulvohidovna Mo‘minova 
Andijon mashinasozlik instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti 
cholponoym@gmail.com
  
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada tasavvuf adabiyotida komil inson tushunchasi haqida 
atroflicha ma’lumot berilgan.Maqolani o‘qish jarayonida o‘quvchi tasavvuf haqida, 
uning adabiyotdai o‘rni haqida axborotlar oladi.Komil inson qanday sifatlarga ega 
bo‘lishi kerakligi haqidagi savollarga javob topadi.
 
Kalit so‘zlar: Tasavvuf, komil inson, adabiyot, tabiat, salbiy, fazilat, nafs, nafsi 
ammora, riyokor, so‘fiy, anbiyo.
 
Tasavvuf – inson kamoloti, axloqiy poklanish haqidagi ilm demakdir. Bu 
tushuncha komil inson kontseptsiyasida aniq ko‘zga tashlanadi. Inson uchun qayg‘urish, 
uning ma’naviy kamolotini o‘ylash tasavvufning doimiy o‘zak masalasi bo‘lib kelgan. 
Ayniqsa, insonning botiniy olami, ichki ziddiyatlari, ruh va jism orasidagi kurash 
so‘fiylarni ko‘p qiziqtirgan. Ular insonda azaliy ikki qarama-qarshi kuch - rahmoniy va 
shaytoniy quvvatlar borligini, inson Allohning bandasi sifatida shayton qutqusini 
yengib, rahmoniy fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Insonning 
hayotdagi o‘rni, jamiyat bo‘lib yashash tartiblariga ham shu mavqedan turib qaralgan; 
chunonchi, ijtimoiy nizolar, urush-janjallar, mulkiy tengsizlikning tub mohiyati, bosh 
sababini ham tasavvuf inson tabiati va siyratidan qidiradi, insonning axloqini tuzatishni 
uning tabiatidagi salbiy, hayvoniy kuchlarni mavh etishdan boshlash kerak, deb 
tushuntiradi. Tasavvufchilar inson tabiatidagi salbiy kuchlarni umumiy nom bilan 
«nafs» yoki «nafsi ammora» deb atadilar va unga qarshi urush e’lon qildilar. Mol-dunyo 
to‘plash, nafs ehtiyojiga qarab yurish, hirsu havas qat’iy qoralandi, insonni (demakki, 
insoniyatni ham) noqislik va falokatlardan qutqarishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li – nafsni 
o‘ldirib, qanoat bilan halol yashash, ruh – irodani chiniqtira borib, insonda insoniylikni, 
ya’ni ilohiylikni tantana ettirish zarur, deb targ‘ib qilindi.Ushbu fikrlar ulug‘ 
shayxlarning «tasavvuf» tushunchasiga bergan ta’rif-izohlarida aniq ifodalangan.[2] 
«Tasavvuf nima?» degan savolga Shayx Nuriy javob berib aytadi: «Tasavvuf – 
nafs lazzatlaridan voz kechishdir». Yoki Shayx Safiy Alimshoh javobi bunday: 
«Tasavvuf – nafs manzillarini bosib o‘tishdir». Shayx Ravim so‘zi: «Tasavvuf – Xudo 
yo‘lida nafsdan kechmoqdir. 
Nafs xudbinlikni, o‘zim bo‘lay falsafasini tug‘diradi. Nafs domiga tushgandan 
keyin, kishi hech narsadan tap toptmaydi, xarom-xarishdan hazar emay, boshqalar 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 ǀ ISSUE 2 ǀ 2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 

Download 432.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling