4
III.ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI)
1-mavzu. O‘zbek mumtoz adabiyotining diniy-falsafiy manbalari haqida
Movarounnaxrning jugrofiy jixatdan qadimiy sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgani bu o‘lkada
qadimgi Hind, Eron, Iroq va Xitoy xalqlari falsafiy qarashlarining
bir makonda umumiylashuvi va
uyg‘unlashuviga yaxshi zamin yaratganligi. Bu yerda islom kirib kelishidan ilgari aholi o‘rtasida mistik-ilohiyot
ilmi sezilarli ta’sir kuchiga ega bo‘lgani.
IX asrning ikkinchi yarmi X asrning birinchi yarmida Samarqandda yashab o‘tgan
buyuk mutakallim olim Abu
Mansur Moturidiy asarlarida moniylar va zardushtiylar bilan olib borgan kalom bahslari.
Movarounnaxrda islom yagona
va mutlaq hukmron mafkuraga aylangan bir davrda ham aholi o‘rtasida islomgacha bo‘lgan mistik qarashlar kuchli bo‘lgan.
Al-Kindiy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino va ularning izdoshlari ilmiy faoliyati yunon falsafasini islomlashtirishda
hal qiluvchi bo‘g‘in bo‘lganligi. Ushbu bo‘g‘in vakillarining mashshoiy (peripatetik)
faylasuflar deb, g‘arbda
esa yunon
faylasuflaridan ajratib turishi uchun «al-falsafa ahli» deb atalishi. Ibn Sino asarlarida ishq va irfon masalasi.
Veda adabiyotlarida haqiqat mavzusi. Muqaddas manbalarda payg‘ambarlar tarixi.
Do'stlaringiz bilan baham: