Tasavvuf va badiiy ijod Mavzu: Yassaviylik va uning nazariy asoslar.


Abdurauf Fitrat “Ahmad Yassaviy” maqolasida


Download 1.16 Mb.
bet2/8
Sana09.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1472042
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'aniyeva M yassaviylik, Faqirnoa

Abdurauf Fitrat “Ahmad Yassaviy” maqolasida:


“Xijriy beshinchi asrda Eroning Xamadon shahrida yaqin bir urunda tug’ilgan Yusuf Xamadoniy degan bir odam diniy ilmlarni urganib katta shuxrat egasi bulgan tasavvufga berilgan edi mana shu mulla mutasavvuf Marv Buxoro Samarqand shaharlarida xonaqoxlar qurub shayxlik qila boshlaydi bizning Axmad Yassaviy mana shul Yusuf Xamadoniy muridi - uchunchi xalifasidir. Axmad Yassaviy bir rivoyatga ko’ra Yassi shahrida bir rivoyatga ko’ra Sayramda tug`ulgan. Uning qachon tug`ulgani malum emas biroq vafotining hijriy 562 da bo’lgoni hamda «Devoni hikmat » dagi shu:
To`rt yuz yildan keyin chiqib ummat bo’lg`oy,
Necha yillar yurib xalqqa xizmat qilg`oy, baytini nazarda tutub har holda
uning hijriy to’rtinchi asrning ikkinchi yarmida tug`ulganiga hukm qilish mumkindir. Yassaviyning otasi shayx Ibroxim isimli eshon bo’lgan u yoshligida o’lgan. Yatim qolgon Yassaviy u zamoning mashhur shayxlaridan Arislonbobdan qolg`on. Arislonbob o’lgandan keyin bizning Yassaviy pir izlab Buxoroga kelgan Yusuf Xamadoniyga uchrab shunga murid bo’lgan u o’lgandan so’ng Buxoroda uning uchunchi xalifasi bo’lib shayxlik qilgan. Bir ozdan so’ng Buxoro shayxligini Yusuf Hamadoniyning to’rtinchi xalifasi bulgan Abduholik G’ijduvoniyga topshirib o’zi Yassiga qaytgan. Onda dala xalqidan ko’p murid yig`ib xonaqoh ochib shayxlik qilgan. Yassaviy fors adabiyoti vazn va uslubda xalq adabiyoti uslubida adabiyotlar yozgani mana shul Yassiga qaytib, dala xalqidan muridlar to’laganidan keyin boshlangon bo’lsa kerak. Yassaviy oltmish uch yoshga kirgach xonaqohda yer osti - bir chillaxona qazdirib shunga kirgan va dunyodan aloqasini kesgan kabi ko’rinib shayxlikni davom etdirgan xamda shunda o’lgan. Vafoti hijriy 562- yildadir"

Yassaviylik tariqati.

  • Barchamizga ma'lumki, O`rta Osiyo muzofotida birinchi vujudga kelgan yirik so’fiylik oqimi yassaviylikdir. Buyuk mutafakkir va faylasuf Yassaviy turk dunyosidagi birinchi tariqatning va turkiy tasavvuf she’riyatining asoschisidir. Yassaviya tariqatining ta’sir doirasi Turkiston chegarasidan chiqib, Kichik Osiyo, Turkiya, Eron, Kavkaz, Sharkiy Turkiston, Volgabo’yi xalqlari orasida keng yoyildi. Yassaviylik taʼlimotiga koʻra, komil murshid (shayx)ning zimmasidagi birinchi vazifa oliy insoniy sifatlarni oʻzida mujassam etish, shariat ilmini mukammal egallab, soʻng muridlarni ortidan ergashtirishga erishishdir.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling