Tasavvuf va badiiy ijod Mavzu: Yassaviylik va uning nazariy asoslar.


Yassaviylikka koʻra, murid quyidagi talablarga rioya qilishi zarur


Download 1.16 Mb.
bet3/8
Sana09.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1472042
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'aniyeva M yassaviylik, Faqirnoa

Yassaviylikka koʻra, murid quyidagi talablarga rioya qilishi zarur:


- biror kishini oʻz murshididan ustun qoʻymasligi va unga mutlaq ehtirom bilan bogʻlanishi;
- zikr va idrok sohibi boʻlishi, ustozining ramzi va ishoratlarini oson ilgʻashi;
- soʻzda toʻgʻri, vaʼdaga vafodor boʻlishi;
- ustozining amr, taklif, vaʼz va nasihatlarini nazardan soqit etmay kamolga intilishi.

Haziniyning "Javohir ulabror" asarida Yassaviylikning asoslari quyidagicha qayd qilingan:


- tavhidga asoslangan tasavvufiy tushunchalar;
- shariat va paygʻambarning sunnatiga mutlaq bogʻliqlik;
- shariatga tayangan tariqat;
- riyozat va mushohada;
-xilvat va zikr.

Ahmad Yassaviy islomiy tushuncha talqin va targ‘ibiga qaratilgan ifodalami mutasavvifona fikrlar bilan uyg‘unlashtirdi. Boshqa mutasavviflarda ochiq ko‘zga tashlangan bu dunyodan shikoyat holi Yassaviyda yo‘q hisobi. Uning hikmatlaridan o‘rin egallagan bosh mavzulardan biri esa ilohiy ishqdir. Unga ko‘ra ilohiy ishq borliqning tub sababi va ma’nosidir. Insonning vazifasi esa o‘zining Allohga qullik burchini ado aylab diydorga vosil bo‘lmoq. U bu tushunchani quyidagi baytlarda ifodalagandir:

  • Ahmad Yassaviy islomiy tushuncha talqin va targ‘ibiga qaratilgan ifodalami mutasavvifona fikrlar bilan uyg‘unlashtirdi. Boshqa mutasavviflarda ochiq ko‘zga tashlangan bu dunyodan shikoyat holi Yassaviyda yo‘q hisobi. Uning hikmatlaridan o‘rin egallagan bosh mavzulardan biri esa ilohiy ishqdir. Unga ko‘ra ilohiy ishq borliqning tub sababi va ma’nosidir. Insonning vazifasi esa o‘zining Allohga qullik burchini ado aylab diydorga vosil bo‘lmoq. U bu tushunchani quyidagi baytlarda ifodalagandir:

“Faqirnoma”


"Faqrnoma" faqirlik ta'rifiga bag'ishlangan Ahmad Yassaviy qalamiga mansub asardir. Turkiy tasavvuf ilmining asoschisi Qul Xuja Ahmad Yassaviyning «Faqirnoma»si, hikmatlari o`zining ramziyligi, majoz san’ati va so`z xazinasiga boyligi tufayli umuminsoniy qadriyatlarimizga, xususan, islom va jahon madaniyatiga ulkan hissa qo`shib, turli falsafiy oqimlarning shakllanishini taqozo etdi. Yassaviy hikmatlari turkiyzabon milliy qadriyatlarimizga keng o`rin berib, sanoqsiz muridlar qalbidan joy olib kelmoqda.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling