Tasavvuf va badiiy ijod Mavzu: Yassaviylik va uning nazariy asoslar.


Download 1.16 Mb.
bet1/8
Sana09.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1472042
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'aniyeva M yassaviylik, Faqirnoa

Tasavvuf va badiiy ijod

Mavzu: Yassaviylik va uning nazariy asoslar. (“Faqrnoma” asosida).

Reja:


1. Ahmad Yassaviy hayoti, shajarasi.
2. Yassaviylik tariqat.
3. "Faqirnoma"da "Al faqru faxri" tushinchasi.
4. "Faqirnoma"da 4 eshik, 40 maqom.

Ahmad Yassaviy hayoti, shajarasi.

  • Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog‘ida Shayx Ibrohim xonadonida tug‘iladi. Ahmad Yassaviyning otasi qadimgi Sayram o‘lkasida karomatlari bilan tanilgan va hazrati Ali avlodiga mansubligi e’tirof etilgan shayx Ibrohim bo‘lgan. Onasi esa shayx Ibrohimning xalifalaridan shayx Musoning qizi Oysha begimdir. Rivoyatga ko‘ra bu nikohga Xizr alayxissalom sabab bo‘lgan emish.

Shayx Ibrohimning shajarasi an’ana bo‘yicha Imomi Muhammad ul-Hanafiy bin Aliyyul Murtazoga qadar uzanadi. Boshqa bir an’anaga binoan Sayram shahri qadim-qadimdan buyon muhim bir islom markazi bo‘lib, aholisi uch urug‘, ya’ni uch toifaga ajralar edi. Bular:

  • Shayx Ibrohimning shajarasi an’ana bo‘yicha Imomi Muhammad ul-Hanafiy bin Aliyyul Murtazoga qadar uzanadi. Boshqa bir an’anaga binoan Sayram shahri qadim-qadimdan buyon muhim bir islom markazi bo‘lib, aholisi uch urug‘, ya’ni uch toifaga ajralar edi. Bular:
  • 1. Nasablari eski tojik shohlariga borib etadigan shoh urug‘i.
  • 2. Eski amir va mirzolardan keladigan amir urug‘i.
  • 3. Hazrati Aliga borib bog‘lanadigan xoja urug‘i.
  • Sayyidzoda bo‘lgan bu uchinchi urug' asolat e'tibori ila boshqalaridan afzal bilinardi. Sayram aholisi orasida so‘ng zamonlarga qadar davom etgan ushbu an’ana, xojalaming barisini Imom Muhammad Hanafiy naslidan deb hisoblaydi. Shajara esa Abdullohxon tomonidan berilgan bir yorlig‘ bilan sayyidligi tasdiqlangan Kamoliddin Bob shayxdan boshlab Imom Muhammad Hanafiygacha cho‘ziladi. Yana boshqa bir an’anaga ko‘ra shayx Ibrohimning oilasi Imom Muhammad ul-Hanafiydan Aliyyul Murtazogacha yetib boradi.

Shajarasi.


Hazrat Ali
Imom Muhammad Hanafiy
Imom Boqiy
ImomAli Muso Rizo
Imom Hazrat
Sadr bob
Is’hoq bob
Abdurahim bob
Abdulloh bob
Eson xoja bob
Kosa bob
Mochin bob
Xuroson bob
Ibrohim ota
Ahmad Yassaviy

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling