Tasavvuf va badiiy ijod Mavzu: Yassaviylik va uning nazariy asoslar.
Download 1.16 Mb.
|
G\'aniyeva M yassaviylik, Faqirnoa
Iymon keltirish: Iymon, lug‘atda “biror narsaga ishonmoq, inonganini qabul qilmoq va tasdiq etmoqdir”, deb izohlangan. Istilohiy mazmuni esa, Allohning borligi, birligi, hazrati Muhammad(s.a.v.)ni uning quli va rasuli ekanligini chin qalbdan tasdiqlash, tili ila iqror aylash demak. Bunda hazrati Muhammad(s.a.v.)ning “Allohga, uning malaklariga, kitoblari, elchilari payg‘ambarlarga, oxirat va qazo-yu qadarga inonmoq” degan so‘zlariga tayanilgan.
Tavba - pushaymonlik, nadomat, qalbdagi yomonliklardan qutulish, chirkin va gunoh ishlardan pushaymon bo‘lib, Haqqa tomon yo‘nalish demak. Pirga qo‘l berish. Tasavvuf istilohida shayxiga sodiq va bog‘liq qolishi, unga hech e’tirozsiz taslim bo‘lishi, ne desa uni albatta amalga oshirishga muridning murshidiga so‘z berishi, xuddi shu maqsad ila ahli tariqat orasida tashkil qilingan yig‘in va nafs tarbiyasidir. Xavf (qo‘rquv) sohibi bo’lish: “Faqmoma”da xavf “Allohning bevosita o‘zidan, g‘azabi va azobi bilan do‘zaxidan qo'rqish yoxud yomon bir holatdan cho‘chish tufayli yuzaga kelgan qo‘rquv”, deyilgan. Rajo (umid) esa qalbning xushlantiruvchi biror narsaga muntazir bo‘lib rohat va farog‘at tuyishidir. Pir huzurida bo‘lganda ruxsat bilan so‘zlash tariqat odobidandir. Odobga rioyat esa tasavvuf adabiyotida qayta-qayta yoritilgan bir mavzu. Shu bois so‘fiylikda sukut va sabrga rioyat qilish alohida e'tiborga molikdir. “Tasavvuf qol ila emas, hol ila anglanadi”, deyilishida ham shunga ishorat bor. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling