Tasavvuf va badiiy ijod Mavzu: Yassaviylik va uning nazariy asoslar.


Download 1.16 Mb.
bet5/8
Sana09.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1472042
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'aniyeva M yassaviylik, Faqirnoa

Xullas, "faqir" tasavvufda mol-dunyoga o'ch bo'lmaslik, zohiran yo'qsil hayot kechirish, Allohga yetishish uchun qilinadigan xatti - harakat va bosib o'tiladigan maqomlarni ifodalovchi atama bo'lib qoldi. "Faqrnoma" esa, mana shu maqomlarni o'zida aks ettiradi. Tasavvufda muridning tilagi Haqqa yetmoq, Alloh vasliga erishmoqdir. Buning uchun solik, ya'ni tariqatning yo'liga kirgan kishi, boshqacha aytganda, faqir muayyan bosqichlarni bosib o'tishi kerak. Bular: shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat. Yassaviy "Faqrnoma"sida keltirishicha, ularning har birida o'ntadan, jami qirq maqom bor. Bu maqomlarning birinchisi musulmonlikning birinchi shartidan "Haq Taolo"ning birligiga, borligiga va zotiga imon keltirmoqdan boshlanib, qirqinchisi "hazrati rabbil izzatni topish" - Alloh visoliga yetishish bilan yakun topadi. "Faqrnoma"da shular haqida gap ketadi.

  • Xullas, "faqir" tasavvufda mol-dunyoga o'ch bo'lmaslik, zohiran yo'qsil hayot kechirish, Allohga yetishish uchun qilinadigan xatti - harakat va bosib o'tiladigan maqomlarni ifodalovchi atama bo'lib qoldi. "Faqrnoma" esa, mana shu maqomlarni o'zida aks ettiradi. Tasavvufda muridning tilagi Haqqa yetmoq, Alloh vasliga erishmoqdir. Buning uchun solik, ya'ni tariqatning yo'liga kirgan kishi, boshqacha aytganda, faqir muayyan bosqichlarni bosib o'tishi kerak. Bular: shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat. Yassaviy "Faqrnoma"sida keltirishicha, ularning har birida o'ntadan, jami qirq maqom bor. Bu maqomlarning birinchisi musulmonlikning birinchi shartidan "Haq Taolo"ning birligiga, borligiga va zotiga imon keltirmoqdan boshlanib, qirqinchisi "hazrati rabbil izzatni topish" - Alloh visoliga yetishish bilan yakun topadi. "Faqrnoma"da shular haqida gap ketadi.

“Faqmoma”da vahdati vujud garchi bir istiloh o’laroqtilga olinmagan bo‘lsa hamki, to‘la ravishda asardagi hokim tushunchadir. Haqning borlig‘idan ayri bo‘lmagan inson, ilm al-yaqin, ayn al-yaqin va haqq al-yaqin: bilish-ko‘rish-bo‘lish (mavjudlik) martabalaridan o‘tib, Allohning birligiga yetishadi. Chunki solikning maqsadi oxirda Allohga vosillik va Uningla bir bo‘lmoqdir. Shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat maqomlaridan kechib o‘tgan kishi ma’rifat bosqichida Tangrining birligini idrok aylaydi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling