Tasavvuf va badiiy ijod


-Mavzu:“Arbain”da Hadis namunalari


Download 70.07 Kb.
bet26/41
Sana26.06.2023
Hajmi70.07 Kb.
#1655898
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf

22-Mavzu:“Arbain”da Hadis namunalari.
HADIS (arab. — xabar, gap, yangilik) — Hazrati Payg’ambarimiz Muhammad (sav) aytgan so’zlari, qilgan ishlari, iqrorlari to’g’risidagi rivoyat. Islom dinida Qur’ondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat bo’ladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — Hadis i qudsiy (ma’nosi Alloh taoloniki, aytilishi Rasululloh tomonidan bo’lgan hadislar) va Hadisi nabaviyga bo’linadi. Hadislar e’tiborga olinishi jihatidan 3 qismga bo’linadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.Qur’onda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) o’z hadislarini aytardilar. Bu hadislarni Hazrati Payg’ambarimiz safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardilar. Hazrati payg’ambarimiz vafotlaridan hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda to’play boshladilar. Birinchi hadislar kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadislar to’plamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu to’plamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan bo’lib, ularda Rasuliloh alayhissalom hadislari bilan sahobalar va tobe’inlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi. Hijriy 3-a.da hadislarni ta’lif etish sohasida «musnad», «sahih», «sunan» deb atalmish turli yo’nalishlar vujudga keldi. «Musnad» yo’nalishida tasnif etilgan to’plamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko’ra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalg’ning hadis kitoblari shu yo’nalishga mansub. «Sahih» yo’nalishiga to’g’ri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yo’nalishga Imom Buxoriy asos solgan. «Sunan» yo’nalishidagi to’plamga esa, to’g’ri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda «zaif» hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso at-Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja to’plamlari shu yo’nalishta mansubdir. Movarounnahrda birinchi bo’lib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy hadis. to’plamini ta’lif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Is’hoq ibn Rohavayh al- Marvaziy, Haysam ibn Kulayb ash- Shoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Ma’qul an- Nasafiy va boshqalar hadis to’plamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida, Rasuliloh alayhissalom nomidan yolg’on hadislar to’qish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgo’ylik oqibatida ko’plab ishonarsiz, to’qima hadislar yuzaga kelgan.Davr o’tishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta to’plami vujudga kelgan. Bular: «Sahihi Buxoriy», «Sahihi Muslim», «Sahihi Termiziy», «Sunani Abi Dovud», «Sunani Ibn Moja», «Sunani Nasoiy». «Sahihi Buxoriy» ko’proq e’zozlanadi. Bu 6 ta hadis to’plamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik bo’lgan. Hadislar to’plami sunna deb nom olgan. Hadislarni yig’uvchi, sharhlovchi, targ’ib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan. Sharq adabiyotida «arba’in» an’anasi mavjud bo’lib, xalq orasida mashhur, eng sahih hadislardan 40 tasini saralab olib, uning mazmunini bir ruboiyda talqin qilingan. Abdurahmon Jomiyning «Chihil hadis»ini Alisher Navoiy turkiyga tarjima qilgan. Shoirning niyati, asar muqaddimasida ta’kidlanganidek, «forsiydonlar idrok aylagan» qirq hadis mohiyatida turkiyzabonlarni ham bahramand qilish edi. Bu hadislarni she’rga solishda esa barcha shoirlar ularning oson tushunilishini, yodda saqlanilishini ham nazarda tutganlar.

Download 70.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling