Tasavvuf va badiiy ijod
Download 70.07 Kb.
|
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf
Birinchi sharh
Yuqori o‘ltururni kim tilasa, Kishilikdin ani yiroq bilgil, O‘lturur safda yuqorilikdin O‘lturur safda yaxshiroq bilgil Hazrat Navoiy ijodida eng ko‘p yozilgan mavzu hukmdor va hukmdorlik, mansab va adolat mavzusidir. Ushbu qit’a ham shu xususda. Bu qit’ani hazrat Navoiy o‘ziga yaqin kishilarga bitgan bir maktubidagi so‘zlar bilan sharhlaymizki, ulardan ortiq so‘z aytish imkonsizdir. Hazrat yozadilar: «Insonning martabasi va kattalikni sevishi tabiiy. Bu ishda nafs ixtiyorsiz va kishining sezgisi uni egallash bilan shug‘ullanishni talab qiladi; mansabning xosiyati g‘aflatni orttiruvchi va podshohni mast qiluvchi iltifoti xush oluvchi va shunday kishiga xalqning ishi ko‘p tushadi. Agar u goho aql madadi bilan o‘zini tuta olsa-da, biroq mansab mastligi uni o‘z holiga qo‘ymaydi. Haqiqatan, shu mastlik chog‘ida falakning intiqom oluvchiligi, g‘addorligi va falak holiqining adolatli hokim “Favoyidul-kibar” devonidan olingan ushbu qit’a hazrat Navoiyning g‘azalchilikdagi ustodlari ta’rifiga bag‘ishlangan. Bu ustodlar, Sharqning uch buyuk shoiri — “biri mo‘jaz bayonliq sohiri Hind” — Xisrav Dehlaviykim, uning so‘zu holi ishq ahlini o‘rtaguvchidir“; ”biri Iso nafasliq rindi Sheroz“ — Xoja Hofiz Sheroziykim, dayri fano — fano bo‘lganlar — so‘fiylikda oshig‘u xokisordir; ”biri qudsi asarliq orifi Jom» — afsonaviy Jamshid nomi bilan bog‘liq maskan — Jomda tug‘ilgan Abdurahmon Jomiydir.Bu uch zotning nomini hazrat Navoiy boshqa asarlarida ham ehtirom bilan tilga oladi. Chunonchi,“Muhokamatul-lug‘atayn”da yozadikim,“Bataxsis ishq va dard ahlining rohbar va peshravi Amir Xusrav Dehlaviy devonikim, oshiqliqda dard va niyoz va so‘z va gudoz tariqin ul muntashir qildi va aning ishqi mash’alidin bu partav olam tiyra xokdanig‘a yoyildi. Yana haqiqat ahlining sarxayli va sarafrozi Xoja Hofiz Sheroziy nukot va asrorinki, anfosi ruh ul-qudsdin nishon aytur va ruhullo anfosidin asar yetkazur. Yana bu faqirning piri va ustozi va tariqat ahlining sohibi irshodi, jami’ ahlullohning muqtado va shayxulislomi:mavlono Abdurahmon Jomiyning ruhparvar latoyifi va ruhgustar zaroyifikim, andin har g‘azal kal-vahyil-munzal (xudodan ingan vahiydek) va har risola kal-ahodisin-nabiyi mursal (payg‘ambar hadisidek) oliyshon va rafi’ makondirkim, alardin har lafz qiymatda durri samindin obdorroq va hirqatda la’li otashindin barqkirdorroq”. Download 70.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling