Tasavvuf va badiiy ijod


BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM


Download 70.07 Kb.
bet27/41
Sana26.06.2023
Hajmi70.07 Kb.
#1655898
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf

BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM
Hamd angakim, kalomi xayrmaol
Qildi elga rasulidin irsol.
Ul rasuleki, ham kalomi fasih
Elga tegurdi, ham hadisi sahih,
To ulus jahldin xalos bo’lub,
Ilm xilvatgahiga xos bo’lub,
Chun tamuqdin najot topqaylar,
Ujmoh ichra hayot topqaylar.
Jalla zikruh zihe ilohi rafi’,
Azza kadruh zihe rasuli shafi’.

SABABI TA’LIFI MANZUMA
Ul safo ahli pok farjomi,
Pokfarjomu pokfar Jomiy.
Ul yaqin sori dastgir manga,
Qiblavu ustodu pir manga
23-Mavzu: Navoiy qit’a va rubоiylarining tasavvufiy jihatlari.
Qit’a arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi “parcha”, “qism”, “bo‘lak” demakdir. Qit’a — ikki va undan ortiq baytli she’r arab, fors, turk mumtoz she’riyatida keng tarqalgan mustaqil adabiy turlardan biridir. “G‘iyos ul-lug‘ot”da sharh etilishicha, qit’a “har narsaning bir bo‘lagi; va shoirlar istilohida ikki baytlik yoki undan ziyoda bo‘lgan she’r, matla’i bor va yo‘qdir, go‘yoki u g‘azal yoki qasidadan olingan parchadek, ammo uni ”qat’a“ deb, ya’ni kesib, ayirib olingan deb o‘qish xatodir…” Demak, qit’a g‘azal yoki boshqa she’r turining parchasi emas. Qit’a shakli ikki yo‘l bilan vujudga kelgan: 1. Mustaqil she’riy asar tarzida. Bu nav qit’a g‘azal inkishof bo‘lmagan davrlarda qasidachi shoirlar ijodida katta mavqe tutgan bo‘lib, ruhiy his-hayajon, ayriliq kechinmalari va dunyoni idrok etish holatlarini bayon etishda muhim o‘rin egallagan. 2. Zarurat yuzasidan biror zamondosh yoki o‘tgan shoirlar g‘azal, qasidasi yoki dostonidan ikki-uch bayt olib, o‘z maqsadida, ko‘proq “qissadan hissa” chiqarish tarzida. Shu mavrid zarurat yuzasidan qadim yoki zamondosh shoir asaridan olingan parcha yoki bayt o‘zicha mustaqil bo‘lib qolgan. Fors she’riyatida qit’ago‘ylikda Ibn Yamin juda mashhur bo‘lgan. Shuningdek, Sa’diyning “Guliston”i, Jomiyning “Bahoriston”i, Navoiyning “Mahbubul-qulub”ida qit’a ma’lum bir hikoyatdan kelib chiqqan xulosa — “qissadan hissa” bayoni bo‘lib keladi. O‘zbek adabiyotshunosi Ibrohim Haqqul yozganidek, “qit’ada ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ahloqiy-ta’limiy masalalar ifodalangan, shoirlar hayotiy-realistik qarashlari, davr va zamonga munosabatlarini aks ettirganlar, shuningdek, madhiya, marsiya, tarix va chistonlar bitilgan”. Qit’a o‘zbek mumtoz she’riyatida hazrat Navoiy qalamining quvvati bilan katta o‘rin egalladi.Ustod Hamid Sulaymonning qayd etishicha, Navoiy qalamidan to‘kilgan “Xazoyinul-maoniy”da 503 baytdan iborat 210 qit’a jamlangan. Biz bu o‘rinda hazratning ikki qit’asini sharhu bayon etishni maqsad qilib, diqqatimizni buyuk shoirning insoniy-ahloqiy qarashlari va shoir ijodiga ta’sir qilgan salaflar ta’rifiga qaratdik, bu bilan uning dunyoqarashini anglashga urindik.

Download 70.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling