Tasavvuf va badiiy ijod


Darda yo‘q sabri aning, har lahza ming faryodi vor


Download 70.07 Kb.
bet33/41
Sana26.06.2023
Hajmi70.07 Kb.
#1655898
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf

Darda yo‘q sabri aning, har lahza ming faryodi vor.
Ey gul! Men tamkin ahliman, sabru qanoat, chidam va sabot sohibiman. Sen meni bulbulga o‘xshatma! Bulbulning dardga sabri yo‘q, u har lahza ming faryod qiladi!” Bulbulning faryodu fig‘oni hamisha ishq dardi sifatida ijobiy ta’riflangan. Fuzuliy favqulodda hol va iste’dod bilan ishq olami talab qiladigan xislatlar – tamkin: sabru-qanoat, bardosh va sabot fazilatlarini dil ahliga eslatayotir! O‘zining bulbuldan ziyod chidam va bardoshi borligini isbot etayotir. “Men dard bilan shunday qayg‘uli, shunday yomon ahvoldamanki, kimningki davr jabridan g‘amgin ko‘ngli bo‘lsa, mening ahvolimni ko‘rganda, shodlanadi, mening ahvolim unikidek ayanchli emas, deb shukr qiladi”.
Bunday mubolag‘adorlik, dardu g‘amning og‘irligini ziyoda ta’rif bilan bildirish Fuzuliyning boshqa g‘azallarida ham ko‘p uchraydi. Quyidagi baytda shoir misli ko‘rilmagan ma’rifiy mubolag‘ani qo‘llaydi:
Bu g‘amlarkim manim vordir, bayiring ustina qo‘ysang,
Chiqar kofir jahannamdan, kular, ahli azob o‘ynar!..
Agar menda mavjud bo‘lgan dardlarni tuyaning ustiga qo‘ysang, kofir do‘zaxdan chiqadi, ahli azob kulib o‘ynaydi”. Qur’oni karimda Alloh taolo aytadi: “Albatta, oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan va kibru havo bilan ulardan bosh tortgan kimsalar uchun hargiz samo eshiklari ochilmas va toki tuya ignaning teshigidan o‘tmas ekan, ular ham jannatga kira olmaslar. Jinoyatkor osiylarni ana shunday jazolaymiz”, (“A’rof” surasi 40-oyat).
27-Mavzu:“Masnaviyi sharif”da “Naynоma” talqinlari.
Jaloliddin Rumiy 1207- yili Balxda ziyoli oilasida tug'iladi. Uning otasi Bahoviddin Valad sufiylik va fiqh donishmandlaridan bo'lib, zamonasining eng obro'li allomasi edi. Shuning uchun ham Sulton Muhammad Xorazmshoh (1199—1220) uni saroyga da'vat etadi. Lekin Valad bu taklifni rad etib, maktabdorlik hamda ilmiy ijodiy ishlar bilan mashgul bo'ladi. Uning obro'si kundan kunga oshib, turli o'lkalardan shogirdlar oqib kela boshlaydi. Bo'ni ko'rolmagan va shia mazhabidagilarga ters qarab yurgan Xorazmshoh saroyda unga nisbatan bo'hton tarqatadi. Sulton g'azabidan qo'rqqan olim, Jaloliddin 6 yasharligida 400 shogirdi va oilasi bilan Makkaga qarab safarga jo'naydi. 1247 yilgi bir isyon paytida Shamsi Tabriziy bedarak yuqolgach, Rumiy uz gazallarida «Shamsi Tabriziy», «Shams» taxalluslarini qo'llay boshlaydi. Shoir g'azallarining Shamsi Tabriziy devoni nomi bilan shuhrat qozonishining boisi ham shunda. Jaloliddin Rumiy 1273 yili vafot etgan.
Jaloliddin Rumiydan bizga qadar she'rlar devoni, «Makotib», «Fix mo fix» hamda «Masnaviyi ma'naviy» kitoblari meros bulib qolgan. «Fix mo fix» nasriy asar bulib, olimning turli majlis va suhbatlardagi falsafiy nutqlarining majmuasidir. «Mukotib» esa muallifning zamondoshlari va ustozlari bilan bulgan turli ezishmalari — maktublaridan iborat. Har ikki kitobda ham muallifning ijtimoiyfalsafiy, axloqiy ta'limiy mushohadalari, so'fiyona qarashlari uz aksini topgan. Shoir devoni 25 ming baytdan ziyod she'rlarni o'z ichiga olgan. Jahon madaniyatidagi eng buyuk yodgorliklardan biri hisoblangan Jaloliddin Rumiyning “”Masnaviy ma’naviy”” kulliyoti to’liq 6 daftardan, aniqrog’i 54 ming misradan iborat bo’lib, u mavlono tomonidan 10 yil mobaynida yozib tugatilgan.

Download 70.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling