Tasavvuf va so‘fiy tushunchalarining qiyosiy tahlili


Oriental Renaissance: Innovative


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana03.12.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1801465
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tasavvuf-va-so-fiy-tushunchalarining-qiyosiy-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
20 
w
www.oriens.uz
2021
 April 
 
7. SHunday so‘fiylar ham bo‘lganki, o‘zlarini zamon payg‘ambari, ko‘kdan 
tushgan Mahai, deb e’lon qilganlar. Zamona oxir bo‘lgani, oxirat va dunyo 
birlashgani haqida xabar beradilar, o‘zlarini Tangri zotining erdagi ko‘rinish i, Buyuk 
adolat davrining asoschisi deb tanishtiradilar. Bunday urinishlar tarixda qonli fojialar 
bilan tugagan. 
8. Arosatda, zidyaiyatlar ichila qolgan so‘fiynamo kishilar ham bo‘lgan. Ular 
na toza musulmon, na butunlay g‘ayri imondirlar. Dardlari ichlarida, yonib qiynalib 
yuradilar. Biror dinga yoki mazhdbga bog‘lanmaydilar. Ammo ularning botiniy olami 
nihoyatda boy. Ular eohirlarini berkitib, sir saqdab yuradilar. Ularning a’moli va 
so‘elariga diqqat qilsangiz, ziddiyatni ko‘rasiz. Barcha hollarda Tangriga bandalikni 
bajo keltiradilar va ayni holda suratu siyratlar, rasmu rusumlarni pisanl qilmaydilar, 
axloqu ilmlari bilan barchadan ustunliklarini namoyon etadilar, zakovat va 
qobiliyatlari hayratlanarlidir. 
Husayn Voiz Koshifiy «Futuvvatnomai sultoniy» nomli asarida so‘fiylarning 
o‘zini ham uch guruhga ajratgan: muoshirlar, mutarassimlar, muhaqqiqlar. 
Muoshirlar — tariqat aqaining muxlislari. Ular darveshlarga muhabbat bilan 
qaraydilar, darveshlar suhbatida ishtirok etadilar, ularning xizmatlarini bajaradilar va 
savobga o‘zlarini sherik deb biladilar. «Mutarassim» so‘zining ma’nosi rasmu 
rusumga ergashuvchi demak, ammo mutarassnmlar darveshlarning odatlariga zohiran 
taqlid qilsalar-da, botinan hol talabgorndirlar va shu toifaga ixloslari tufayli ilohiy 
fayzdan bahramanddirlar. 
So‘fiyga hech bir narsa va hech bir kishi qaram bo‘lmasligi; uning o‘zi ham 
hech bir narsaning, hech bir odamning qarami bo‘lmasligi kerak. Xoja Bahouddin 
Naqshband aytganlariday: 
Hechi mo neyu hech kam ne, 
Az payi hech-hech-hech g‘am ne, 
Janda bar pushtu pusht-go‘riston, 
Ro‘ze, ki mirem hech motam ne. 
Ma’nosi: Hech narsamiz bo‘lmaganligi uchun hech kamimiz yo‘q, o‘sha 
«hech», ya’ni narsa ketidan quvib, g‘am ham chekmaymiz. Egnimizda — janda, 
orqamizda - go‘riston, biz vafot etgan kun hech bir motamning ham keragi yo‘q. 
Tasavvuf ta’limotining markaeida Inson turadi, aslida buni Inson ruhiyati 
haqidagi fan desa ham bo‘ladi. Mutafakkir ajdodlarimizni qiziqtirgan asosiy masala 
insonni uning o‘ziga anglatish, insonni tushunish edi. Inson kim, uning buyukligi 
nimada, tubanlash uvining sababi-chi? I nson o‘z faoliyatida ozodmi yoki qul, agar 
qul - banda bo‘lsa, kimga banda, uning erki nimala-yu erksizligi nimada? I nsonni 
qanday qilib qugqarish kerak? Ushbu savollar har doim kun tartibida bo‘lib kelgan va 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling