Tasavvufni tushunishda manbalarning ahamiyati


Download 23.58 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi23.58 Kb.
#140829
Bog'liq
JAMOLDIN YOQUBOV TASAVVUF MANBALARI


TASAVVUFNI TUSHUNISHDA MANBALARNING AHAMIYATI
Jamoldin Yoqubov

Andijon Davlat Universiteti

Mustaqil tadqiqotchisi


Annotation. This article discusses the most important issue in Uzbek classical literature - the philosophy of mysticism. Uzbek and foreign sources of mysticism are studied comparatively and analytically. Differences in conclusions and suggestions for solutions are given.

Keywords: Uzbek classical literature, philosophy of mysticism, classical poetry, comparative analysis.

Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻzbek mumtoz adabiyotidagi eng asosiy masala – tasavvuf falsafasi haqida fikr yuritiladi. Oʻzbek va xorij tasavvuf manbalari qiyosiy-tahliliy oʻrganib chiqiladi. Xulosalardagi har xilliklar va buning yechimi uchun takliflar beriladi.

Kalit soʻzlar: oʻzbek mumtoz adabiyoti, tasavvuf falsafasi, mumtoz she’riyat, qiyosiy tahlil.

Oʻninchi asrdan boshlab tasavvufiy ruhni badiiy asarga singdirish keng avj oldi. Tasvvufdagi maqom, hol, ma’rifat, haqiqat kabi darajalarni asarlarda bayon qilish imom G‘azzoliyning “Risolat ut tayr” kitobidan boshlangan degan gapni ilgari suruvchi manbalar ham mavjud. Fariduddin Attorning “Mantiq – ut tayr”, hazrat Navoiyning “Lison ut tayr” asarlarining yaratilishiga imom G‘azzoliyning yuqoridagi asari turtki bo‘lgan.

Tasavvuf va badiiy adabiyotning o‘zaro uyg‘unlashishining bosh sabablaridan biri tasavvufda tariqatlarning yuzaga kelishidir. Har bir tariqat o‘z g‘oyalarini ilgari surish uchun badiiy ijodga ehtiyoj sezdi. Mavlaviya, Yassaviyya tariqatlarining asoschilari bo‘lmish Jaloliddin Rumiy va Ahmad Yassaviylar bevosita badiiy ijod bilan shug‘ullanganlar. Boshqa tariqatlarda ham tariqat shayxlari yoki muridlar o‘z g‘oyalarini ilgari suruvchi ta’sirchan asarlar yaratdilar. Quyida ayrim tariqatlarga mansub, ularning fikr va qarashlarini ifodalagan asarlar ro‘yxatini keltriramiz va ba’zilari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.

G‘arb olimlari talqinida tasavvuf tariqatlari J.Trimingem tasnificha: hududiy tasnif (asosiy tariqatlar): Bag‘dod (Iroq-Mеsopotamiya) maktabi: suxravardiylik, rifoiylik, qodiriylik; Misr va Mag‘rib maktablari: shaziliylik; Eron (Xuroson), turk (Markaziy va Kichik Osiyo) va hind maktablari: kubraviylik, yassaviylik, mavlaviylik, xojagon-naqshbandiylik, chishtiylik, Hindiston suxravardiyligi. Hosila yoki oilaviy tariqatlar: ruzbihoniylik, kizoniylik v.b. mazkur qarash tariqatlarning hududiy jihatdan tasnifi bo‘lib, unda nomlari keltirilgan ayrim tariqatlar hozirda faol emas. 21 – asrda Naqshbandiylik tariqati O‘rta Osiyo hududlarida va butun dunyo bo‘ylab keng yoyildi. Yassaviylik tariqati o‘z vaqtida juda mashhur bo‘lgan, Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” [5] asari hozirgacha turk dunyosida mashhur. Bu tariqatning asosiy manbasi “Faqirnoma” kitobidir. Unda zuhd tarki dunyo hususida so‘z boradi. Bundan tashqari Yassaviylikning quyidagi manbalari mavjud. “Maslaku-l-orifin”, “Javohiru-l-abror”, “Samaratul-mashoyix” v.b. Yassaviy shayxlari va ularning izdoshlari (XII-XX asrlar).

Yassaviy hayoti va ijodi to‘g‘risida juda ko‘p badiiy asarlar yaratilgan Sa’dulla Siyoyevning “Ahmad Yassaviy” romani alohida o‘rin egallaydi. Ibrohim Haqqulovning “Tasavvuf va she’riyat”, “Ahmad Yassaviy”, “Taqdir va tafakkur” kabi ilmiy risolalarida Yassaviy ijodi hususida keng ma’lumotlar berilgan. Abdurauf Fitratning Ahmad Yassaviy, Yassaviy maktabi shoirlari to‘g‘risida tеkshirishlar. Risolasida Yassaviy ijodi oz bo‘lsada ilmiy tadqiq etilgan. Najmiddin Kubro (1145-1221)ning hayoti (pirlari Ro‘zbixon al-Vazzon, Ammor al-Bidlisiy), tariqati asoslari. Kubroviylikda solik va uning sulukdagi niyati. Kubroviy shayxlari (Sayfiddin Boxarziy, Majididdin Bag‘dodiy, Sa’diddin Hamuyi, v.b.). Kubroviylikdan kеlib chiqqan tariqatlar: firdavsiylik, nuriylik, rukniylik, hamadoniylik, ihtishashiylik, nurbaxshiylik. Husayn Xorazmiy (XV asr boshlari) ta’limoti. Xojagon tariqati va uning yaratilishida Abduxoliq G‘ijduvoniy faoliyati. Sakkiz rashha (fasl) ta’limotning asosi sifatida. Silsilatu-t-tarbiya. Naqshbandiylik ta’limoti. “Dil ba yoru dast ba kor”ning mohiyati. Maqomotlarda naqshbandiylikning suluk yo‘li, darvishlik sifati, ahvol va axloqlari Naqshbandiylikning yangilanishi (mujadiddiylik) va uning nazariy asoslari (Sufi Ollohyorning “Maslaku-l-muttaqin” asari). So‘fi Ollohyorning “Maslak – ul muttaqin” va “Sabot – ul ojizin” asarlari g‘oyaviy jihatdan har qanday yanglishishlardan holi kitoblar sirasiga kiradi. Islom ulamolari Naqshbandiylik tariqatining eng to‘g‘ri va haq yo‘ldagi tariqat ekanini bir ovozdan ta’kidlashgan. Mazkur tariqatning maqomat bosqichlari ularning tarifu tasnifi hususida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Naqishbandiya vazifalar zikrlar” kitobida atroflicha ma’lumot berilgan. Mavlaviylik tariqati: asoschisi Mavlono Jaloliddin Rumiy (1207 – 1275). U kishi shoir bo‘lgan yeti jildlik “Masnaviy” asarining muallifi. Mavlaviya tariqatiga hozirda Turkiyaning ba’zi hududlarida ergashiladi.

Mavlono Rumiy haqida turk tilida yuzdan ortiq badiiy, ilmiy asarlar mavjud. Masnaviyning ikki mingga yaqin sharhlari bor, biroq, o‘zbek tilida hali bu asar to‘la sharhlanmagan. Jamol Kamol asarni nazmiy tarjima qilgan. Tasavvufni islomdan ayro o‘rganish mantiqqa umuman zid bo‘lib, biz ilmiy ishimizda imkon qadar islom manbalari bilan sug‘orilgan kitoblar haqida fikr yuritamiz. Najmiddin Komilovning “Tasavvuf” kitobida falsafiy tasavvufning g‘oya va qarashlarini ilgari surgan. Ayrim asarlar juda yaxshi tahlil qilingan. Biroq, islomiy nuqtaнi nazardan qaralganda kitobda aqidaviy masalalarda muallif katta xatoliklarga yo‘l qo‘ygan. Muallifning yana bir kitobi bo‘lmish “Tafakkur karvonlari” ilmiy jihatdan qimmatli asardir. Unda mumtoz adabiyotimizni jahonning mumtoz asarlari bilan qiyoslaydi. “Ma’nolar olamiga safar” kitobida Alisher Navoiyning ellik g‘azali sharhlangan. Olim g‘azllarni asosan tasavvufiy yo‘nalishda sharhlab bergan. Ibrohim Haqqulovning ilmiy izlanishlarida Turkiya olimlarining fikrlaridan foydalanishi ko‘rinib turadi. Hamidulla Boltaboyevning “Islom tasavvufi manbalari” kitobida juda ko‘p foydali ma’lumotlar mavjud. Sayfiddin Rafiddinov, Yoqubjon Xo‘jamberdiyevlar tasavvufga oid ko‘plab ilmiy monografiyalar va risolalar yozganlar.



S. Rafiddinovning Mahmud Asad Jo‘shondan qilgan tarjimalari katta qiymatga ega. Homidjon Homidiyning “Tasavvuf allomalari” kitobi hozirgacha ikki marta nashr qilingan. Unda tobeinlardan tortib tasavvuf namoyondalarining hayoti haqida ko‘p narsalarni bilib olish mumkin. Komiljon Kattayevning ham shu nomda kitobi bor. Ma’lumki mumtoz asarlarni o‘rganishning eng to‘g‘ri yo‘li ularni sharhlashdir. Bu borada Ergash Ochilovning mehnati salmoqlidir. E. Ochilov asarlardan olingan hikmatlarni alohida kitob tarzida nashr etgan. Masalan: “Rumiydan hikmatlar”, “Navoiydan hikmatlar” shular jumlasidandir. Abdumurod Tilavovning “Masnaviydan qirq rivoyatga qirq sharh kitobi” xalqimiz tomonidan sevib o‘qiladi. U kishi Muhammad Nurulloh Sayyid al Jazariyning ikki jildlik “Tasavvuf sirlari” kitobini ham tarjima qilgan. Tasavvuf borasida Turkiyalik olimlarning xizmatlari beqiyosdir. Mahmud Asad Jo‘shon, Mehmed Zohid Qutqu, Sayid al Jazariy kabilar tasavvufning asl mohjiyati hususida ko‘plab kitoblar yozganlar. Ustozlarimiz ularni o‘zbek tiliga tarjima qilganlar. Usmon Turarning “Tasavvuf tarixi” kitobi tasavvufning paydo bo‘lishi haqidagi yagona qo‘llanma desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Mumtoz adabiyot, xususan, tasavvuf falsafasi boʻyicha barcha moʻtabar manbalar asoosida muayyan aniq bir xulosalarga kelish hamda tasniflash fanimiz oldidagi dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Adabiyotlar roʻyxati

  1. Olim D. Bir hikoya manbasi.// “O’zbek tili vа аdabiyoti”, 2001-yil, 6-son.

  2. Farididdin Аttor. “Маntiq-ut tаyr”. Forschadan Jamol Kamol tarjimasi. “Fan” nashryoti, Т.: 2006. – 398 b.

  3. Sa’dulla Siyoyev. “Аhmad Yassaviy”. Roman-dilogiya. Т.: “Ma’naviyat”, 2002. – 256 b.

  4. Abdurauf Fitrat. Таnlangan asarlar. Ikki jildlik. 2 jild. Nashrga tayorlovchi H. Boltaboyev. Т.; “Ma’naviyat”. 2000. – 208 b.

  5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Tasavvuf haqida tasavvur”. - T.:Sharq, 2012. – 276 b.

  6. Jaloliddin Rumiy.”Masnaviy ma’naviy”. – T.: “Ma’naviyat” 2010. – 850 b.

  7. Hamidilla Boltaboyev. “Тasavvuf manbalari”. “O’qituvchi” NMIU. 2005. – 400 b.

  8. Маhmud Аs’ad Jo’shon. “Yunus Emro va tasavvuf”. S. Rafiddinov tarjimasi. Т.: “Fan”, 2009. – 200 b.

  9. Hamidjon Homidiy. “Таsavvuf allomari”. “O’zbekiston” NMIU. 2016.-390 b.

  10. Ergash Ochil. “Navoiy hikmatlari”. Т.: “Sharq” NMAK. 2014.- 224 b. 18. Jaloliddin Rumiy. “Masnaviy 40 rivoyatiga sharh”. Т.: “Navro’z”. 2016. – 404 b.

  11. Al Jazari. Tasavvuf sirlari. А. Tilalov tarjimasi. – T.: “Sharq”, 2000. – 100 b. 20. Usmon Turar. “Таsavvuf tarixi”. – T.: “Sharq”, 2007. – 220 b.

Download 23.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling