Tasavvur va sо‘z xatti-harakati xatira Tastemirovna Djuldiqorayeva О‘zdsmi annotatsiyа


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana21.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1107547
1   2
Bog'liq
tasavvur-va-so-z-xatti-harakati

boshlovchi hisoblanadi, u artistni о‘zi ketidan boshlab boradi. Tashabbuskor 
tasavvur borki, u mustaqil ishlaydi. U ortiqcha kuch sarf qilinmay rivojlanadi: 
о‘ngda ham, tushda ham uzluksiz, g‘ayrat bilan ishlayveradi. Tashabbussiz tasavvur 
ham bо‘ladi. Ammo u birov aytganini darrov ilib olib, mustaqil ravishda rivojlantira 
boshlaydi. Unday tasavvur bilan ishlash ham deyarli oson. Bordi-yu, tasavvur birov 
aytganni ilib olsa-yu, rivojlantirilmasa unda ish chatoq”. 
[2. B-80]
Aktyor tasavvur olamini boyitish, dunyoqarashini shakllantirish, idrok va 
tafakkur qilishni ongli ravishda о‘zi boshqaradi. Tasavvurida paydo bо‘lgan har 
qanday manzarani qalb kо‘zi bilan kо‘rish, oniy hislarni tugish va ularni idrok qilib, 
tafakkurida gavdalantirish mexanizmining tabiiyligini topishda tashabbuskor va 
tashabbussiz hosil bо‘ladigan tassavvurni paydo qilmoq zarur.
Aktyor tassavvur olamini uzluksiz va mantiqan tо‘g‘ri yо‘naltirishida ijodiy 
fantaziya qо‘l keladi.
Tasavvur va fantaziya talaba ijodining mantiqli va davomli bо‘lishini 
ta’minlovchi omildir. Ularsiz talabaning ijodi jonlanmaydi. Negaki, tafakkurda hosil 
bо‘lgan fikrni tuyish, uni his qilishni tasavvur belgilab bersa, ularni rang-barang 
hayoliy tо‘qimalar bilan boyitish, kutilmagan voqea-hodisalarga ergashtirish, cheksiz 
va ulkan hayolot olamini barpo qilishni talabaning ijodiy fantaziyasi yaratadi. 
Shuning uchun ham tasavvur va fantaziya talabaning yо‘lchi yulduzidir. Bunday 
yorqin isti’dodga ega bо‘lgan ijodkor san’at olamining yuksak pillapoyalarini 
mardona zabt etadi.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
23
http://oac.dsmi-qf.uz


K.S.Stanislavskiy ijodda tasavvur va fantaziyaning uyg‘unligini topish, ulardan 
о‘rinli foydalanish yuzasidan bо‘lg‘usi aktyorlarga shunday maslahat beradi: “Xayol 
surishning yangi turiga о‘tar ekanman, tasavvurda real voqelikdan kо‘ra tabiatan 
kо‘proq imkoniyat berilganini nazarda tutaman. Chindan ham, tasavvur real hayotda 
qilish mumkin bо‘lmagan narsalarni chizib beradi. Mana, masalan, tasavvurimizda 
boshqa planetalarga uchib borib, u yerdan afsonaviy parilarni olib qochamiz, 
afsonaviy mahluqlar bilan kurashib, ularni yengamiz; dengiz ostiga tushib suv 
malikasiga uylanishimiz mumkin. Shularning barini hayotda qilib kо‘ring-chi. 
Bunday xayol surish uchun tayyor material topishning iloji bо‘lmasa kerak. Shu 
tarzdagi afsonaviy hayotga jо‘namog‘imiz uchun, sizga fan, adabiyot, tasviriy san’at 
va hikoyalar faqatgina yо‘nalish, ishora, turtki beradi, xolos. Binobarin, bunday 
xayol surishda asosiy ijodiy ish fantaziya zimmasiga tushadi. Bunday hollarda bizga 
afsonaviylikni voqelikka yaqinlashtiradigan vositalar kerak bо‘ladi. Bu ishda mantiq 
va izchillik asosiy о‘rinlardan birini egallashi lozim. Ular yо‘q narsani bо‘lishi 
mumkin bо‘lgan narsaga yaqinlashtiradi. Shuning uchun afsonaviy va fantastik 
narsalarni yaratishda mantiqli va izchil bо‘ling
”. [2. B-90] 
Tasavvurni badiiy adabiyotning barcha janrlarida qо‘llash mumkin, lekin 
fantaziyani-chi? Tasavvur real bor narsani, bо‘lib о‘tgan yoki kutilayotgan narsa-
hodisalarning tavsifini jonlantirsa, fantaziya esa mavhum va cheksiz hayolotni, 
bо‘lishi mumkin bо‘lmagan voqea-hodisalarni yaratar ekan, unda bu badiiy 
adabiyotning ma’lum bir janrlarigagina xos bо‘lgan xususiyat ekanligini bildiradi. 
Shu о‘rinda, adabiyotning sarguzasht-fantastika yо‘nalishi fantaziyaning manbai 
bо‘lib xizmat qiladi.
“Sahna nutqi” fanida ta’sirchan sо‘zga erishish, jonli, badiiy sо‘zni sahnada 
ifodalashda tasavvur olamining kengligi va ijodiy fantaziyaning rang-barangligi 
amaliy kо‘mak beradi. Tafakkurda hosil bо‘lgan fikrni chuqur idrok qilish, butun 
vujudi bilan his qilish, uni maqsadli ravishda ong osti fantaziya olamiga yо‘naltirish 
va uning gо‘zal, shiddatli tasvirini jonli nutqida ifodalash talabaning badiiy sо‘zdagi 
ta’sirchanligini oshiradi. Bunda esa talaba kо‘rish xotirasiga diqqatini yо‘naltiradi va 
uning ijodiy kо‘magidan unumli foydalanadi. Fikr yuritish, kо‘rish, his qilish, idrok 
qilish jarayoni nutqda tabiiy va jonli sо‘zning tug‘ilishini ta’minlaydi. Bu 
jarayonlarsiz sо‘zlarning nutqda gavdalanishi quruq va ma’nosiz ifodani keltirib 
chiqaradi. Nutq kо‘rgan va his qilgan tuyg‘ularning samimiyligini hosil qiladi. Xatto 
kо‘z oldida kо‘rgan narsa-hodisalarning tasnifini ham ichki kо`rish qobiliyati orqali 
ochib berish mumkin. Dars mashg’ulotlarining birida, ichki kо‘rish xususiyatini 
yanada aniqroq bilish uchun bitta talabaga sahnaviy detal, ya’ni rо‘mol tutqazildi va 
uni tasvirlab berish sо’raldi. Talaba ma‘lum vaqt rо’molga qarab qoldi, nigohi 
rо‘molda bо‘lsa ham, uning xayollari butunlay boshqa tomonda... Uning ilk sо‘zlari 
sо‘lim tabiat, qir etagida joylashgan olisdagi qishlog‘ini tasvirlash bilan boshlandi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
24
http://oac.dsmi-qf.uz


Talaba asta boshini kо‘tarib, tomoshabinga qaraganida, uning kо‘zlarida beg‘ubor va 
о‘yinqaroqlik aks etdi, u endi о‘z uyida edi... Talaba qishlog‘i, kо‘chasi va о‘z 
uyining har bir mayda-mayda detallarigacha gapirib berdiki, buni eshitgan 
tomoshabin kо‘z oldida ham о‘sha manzaralar hosil bо‘ldi. Talaba bu jarayonlarni 
jо‘shib tasvirlar ekan, birdan nigohi bir nuqtada qotdi, birozdan sо‘ng qorachiqlari 
atrofini kо‘z yoshlari qoplay boshlaydi... U, avvaliga dimog‘iga urilgan xushbо‘y 
hidni, uy burchagiga solingan oddiy va kichkina tandirxonani, kun issiq bо‘lishiga 
qaramay, ustiga chopon yopingan, yuz-kо‘zlarini issiq olov taftidan himoyalash 
uchun katta rо‘molni tang‘ib bog‘lab, non yopayotgan ayolni tasvirlar edi va juda 
mayin, biroz tanbehona, lekin sog‘inchli ovoz bilan “Oyi...” degan chorlov bilan 
nutqini yakunladi. Tasavvur hosil qilish uchun berilgan ushbu vazifadan qanday 
xulosalar paydo bо‘lganligi sо‘ralganda; u hamma narsalarni eslab, kо‘z oldida paydo 
bо‘lganini va ularni his qilib, qalbi yorishganini maroq bilan gapirib berdi. Bu 
jarayon esa ichki kо‘rish va sahnada yashash hissisini shakllantiruvchi tasavvur 
chizgilarini hosil qilishdagi amaliy mashg‘ulotlardan biri edi.
Talabaning tafakkurida tasavvur, kо‘rish, his qilish, ishonish, munosabat 
bildirish va eng muhimi sahna haqiqatini yaratishda uning sahnaviy diqqati 
birlashtiruvchi, yо‘naltiruvchi omil bо‘lib xizmat qildi. Ijroda diqqatning mavjudligi 
asarning ta’sir qilish va eshitimli bо‘lish darajasini oshiradi. Agar talaba asar 
voqeligiga tо‘la ishonib, butun vujudi bilan diqqat kо‘lamini keng doirada taqdim 
qilsa, uni kuzatib о‘tirgan tomoshabinlarning ham diqqatini boshqarib borish 
layoqatini egallagan bо‘ladi. Sahnaviy diqqatning yо‘qligi fikr tarqoqligi, chalg‘ish, 
befarq, uzuq-yuluq, yuzaki yondashuvni hosil qiladi, bu esa sahnada diqqatning aksi 
bо‘lgan parishonxotirlikni vujudga keltiradi. Talabaning bunday katta xatolikka yо‘l 
qо‘yishi aslo mumkin emas. Shuning uchun ham ustozlar “teatr eshigidan 
kirganingizda barcha tashqi muammo va masalalarni tashqarida qoldiring, о‘z 
hayotingizni uniting va teatr hayoti bilan yashang
”, - deb doimo uqtirib keladi.
Ijodkor har bir jarayonda avvalo, ichki ruhiyat olamini tarbiyalashi va uni doimo 
ijodiy topilmalar bilan boyitib bormog‘i zarur. Ijroda tabiiy va haqqoniy 
xissiyotlarning tug‘ilishi bо‘lg‘usi aktyorni yuksak ijodiy marralar sari yetaklaydi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Inomxо‘jev S. Badiiy о‘qish asoslari, - T.: “О‘qituvchi” nashriyoti, 1973. – 
180 b.
2. Stanislavskiy K.S. Aktyorning о‘z ustida ishlashi. T.Xо‘jayev tarj. - T.: 
Toshkent badiiy adabiyot, 2011. – 428 b. 
3. О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-jild. Tahrir hay’ati A.Azizxо‘jayev, 
M.Aminov, T.Daminov va b. - T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. – 704 b.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
25
http://oac.dsmi-qf.uz

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling