«tasdi qlayman»
Download 315.5 Kb.
|
Жасурга
«TASDIQLAYMAN» Maktab direktori: Q.To`xtayeva «28» Noyabr 2022-yil Muzrabot tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 14-umumiy o’rta ta’lim maktabida,,Voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik’’ning oldini olish va ularning ota- onalari uchun joriy qilingan ogohlantirish xatlarining mazmuni xususida o‘tkazilgan yig’ilish BAYONI 28.11.2022 – yil Navro`z MFY Yig’ilish raisi: Q.To`xtayeva MMIBDO`: T.Eshto`rayev Amaliyotchi psixolog: X.Sobirova Ishtirok etdi: Voyaga yetmaganlar va YBIG inspektor psixologlari leytenant J. Ishmurodov , R.Sattorov, I, Elomonov profilaktika inspektori B.Eshqobilov 420 nafar o‘quvchi 22 nafar sinf rahbarlari K U N T A R T I B I 1.«Voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning»barvaqt oldini olish to’g’risida 2.Maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkir tig‘li , kesuvchi va sovuq qurollarni olib yurishni taqiqlash, pirotexnika vositalaridan foydalanishning zararli oqibatlari va javobgarligi to’g’risida 3. Ota- onalari uchun joriy qilingan ogohlantirish xatlarining mazmuni xususida (Q.To`xtayeva, T.Eshto`rayev, J. Ishmurodov, B.Eshqobilov, X.Sobirova.) O‘quvchilarning umumiy yig‘ilishini maktab direktori Q.To`xtayeva ochib berdi va yigilish qatnashchilarini kuntartibidagi masala va uning mohiyatining dolzarbligi bilan tanishtirib, so’zni Voyaga yetmaganlar va YBIG inspektor psixologi leytenant J. Ishmurodovga berdi. U kishi hozirgi kunda yoshlar o’rtasida yuz berayotgan noxush hodisalar kam bo’lsada huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari uchrab turgani haqida misollar keltirgan holda ma’lumot berib, maktab ma’muriyati tomonidan o’quvchilar davomati qattiq nazorat ostiga olinishi kerakligini aytib o’tdi. Sir emaski ba’zi maktablarda o‘quvchilar darslarga oylab kelmayotganligi, ota-onalar bilan o‘qituvchilar o‘rtasida muloqot yo’qligi aytib o‘tilib, o‘quvchilarni maktabga jalb qilish chora-tadbirlarini belgilash lozimligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Keyingi masala yuzasidan ham notiq so‘zida davom etib, hozirgi kunda yoshlar o’rtasida yuz berayotgan noxush xodisalar kam bo’lsada uchrab turishi, pirotexnika vositalariga qarshi kurashish va uning oldini olish holatlari to’grisida o’quvchilarga ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.Eshto`rayev so‘z olib yig‘ilish qatnashchilariga sinflar kesimida Voyaga yetmaganlar va YBIG inspektor psixologi leytenant J. Ishmurodov bilan o‘quvchilar sumkalari tekshirilganda hech qanday o‘tkir tig‘li yoki kesuvchi kabi sovuq qurollarning mavjudligi aniqlanmaganligi shuningdek, sinf rahbarlarining mas’uliyatini oshirish to’g’risida fikr mulohazalar bildirilib, ayniqsa yuqori sinf o’quvchilarining ota-onalarini bilan tez-tez muloqatda bo’lib turishi, oilaviy ahvolini o’rganilishini o’quvchilarning savdo-sotiq bilan shug‘ullanishini qatiiy man etilishi lozimligini aytib hamda ota-onalar uchun quyidagi ogohlantirish xati Yurtimizda yoshlarning ta’lim olishlari, kelajakda vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan komil inson bo‘lib etishishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, dunyoning boshqa mamlakatlarida uchramaydigan 11 yillik bepul majburiy ta’lim ham davlatimiz nazoratidadir. Ularning ta’lim olishlarini ta’minlashga ota-onalar mas’uldirlar. Bu yurtimizda qator qonun va hujjatlar bilan belgilab qo‘yilganligi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 47-moddasiga binoan, bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish huquqbuzarligi birinchi marta sodir etilganda, eng kam ish haqining 5-10 baravari miqdorida, agarda huquqbuzarlikning ushbu turi bir yil davomida takroran sodir etilsa, eng kam ish haqining 10-20 baravari miqdorida jarimaga yoki 15 sutka qamoq jazosiga tortilishi shuningdek pirotexnika vositalaridan foydalanganligi sababli jarimaga tortilishi to’g’risida ma’lumotlar yig’ilish ishtirokchilariga yetkazildi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan majburiyatlaringizni bajarishingizni va farzandingizning davomatiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz! Aks holda, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkinligi,ushbu ogohlantirish xati har bir ota onaga tarqatilishi kerakligi haqida yig’lish qatnashchilariga tushuncha berib o’tdi. Kun tartibidagi masalalar atroflicha o’rganib chiqilib yig’ilish. QAROR QILADI: O‘quvchilarining bo’sh vaqtlaridan samarali foydalanish maqsadida fan to’garaklari, sport seksiyalari, yoshlar ijodiyot markazlariga, badiiy havaskorlik to‘garaklariga jalb qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilsin. Maktab hamda mahalla vakillari hamkorligida tarbiyasi ogir, surunkali dars qoldiruvchi o‘quvchilar ro‘yxati olinsin shuningdek muntazam tarzda o’quvchilar va ularning sumkalaridagi jihozlar tekshirilib turilsin Ogohlantirish xatlari sinf rahbarlari tomonidan barcha ota-onalarga yetkazilsin. Mazkur yig’ilish qarorining ijrosini nazorat qilish maktab ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o‘rinbosari T.Eshto`rayev zimmasiga yuklatilsin. Yig`ilish kotibi R.Xadiyev. Download 315.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling