Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


Jangovor jasorat ko’rsatganlar


Download 2.58 Mb.
bet199/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

Jangovor jasorat ko’rsatganlar

Ma’naviy jasorat sohiblari

1

To’maris

Muso al-Xorazmiy

2

Shiroq

Ahmad Farg‘oniy

3

Spetamen

Abu Nasir Farobiy

4

Jaloliddin Manguberdi

Abu Rayhon Beruniy

5

Najmiddin Kubro

Abu Ali ibn Sino

6

...

...


1-ILOVA
Mavzu: Xotira saodati, qadr qimmati!
(9 - may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlanadi.)


Tayanch so’z va iboralar: Xotira, tarix, allomalar, fidoylar, jasorat, qatag’on qurbonlari, xotira kitobi, qadrlash, e’zoz.


Xotira – arabcha so‘z bo‘lib, tilimizda xotir va xotira shakllarida ishlatiladi. Kishining biror kimsa yoki narsa haqidagi biror taassurotni esda saqlash, eslab qolish qobiliyatiga xotira deyiladi. Odam xotirasi bilan odamdir. Xotirasiz kishi esa odamiylikdan chiqadi.
Xotira – yo‘qotilgan narsani eslash. Bor narsa esa qadr talab qiladi. Yo‘qotib qo‘ygandan keyin xotirlab yurgandan borida qadriga yetgan ming karra afzal. Shuning uchun zimdan bir biriga ziddek tuyulayotgan xotira va qadrlash tushunchalari mohiyatan bir-biriga uzviy bog‘liq ham.
Inson yaralganidan buyon o‘tib ketganidan keyin ham bu dunyoda yashab qolishni istaydi. Jismonan buning sira iloji yo‘q. Xotira esa – odamlarning vafotidan keyin ham bu dunyoda yashashi uchun imkon beradigan birdan – bir imkon. Odamlar – ortda qolganlar xotirasida yashashga intilish ilinji kishini tarbiyalaydi. Uni ezguliklarga, bandalarning biror koriga yarab qolishga, umrni zoe ketkazmaslikka undaydi.
Bir o‘ylab ko‘ring-a! biz yurgan yo‘llardan avvallar kimlar yurgan, yonginamizda sharqirab oqayotgan zilol suvlardan, azim chinorlarning soyalaridan o‘tmishda kimlar bahra olishgan ekan? Bizning oyoqlarimiz ostidagi zamin kimlarni bag‘rida ardoqlab olib yotibdi? Hammamiz o‘z yaqinlarimizning bizga qilgan yaxshiliklarini, yordamlari, xizmatlarini yodimizda saqlaymiz hamda xotirlaymiz. Ammo vatan uchun xizmat qilganlarni kim xotirlaydi? Vatanga xizmat nima o‘zi?

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling