Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


Download 2.58 Mb.
bet227/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

Jamoat joylarda – kiyimni, o‘zini tartibga keltirish, galstugini, soch turmagini to‘g‘irlash, tirnoq tozalash (bu faqat uyda mehmonxonada va shunga mo‘ljallangan maxsus joylarda mumkin);
- soch tarash va hurpaytirish va h. k;
- jimjiloqda tish tozalash;
- barmoq qirsillatish;
- kaftni bir biriga ishqash;
- keyimni tortqilash;
- xirgoyi qilish;
- noroziligini qo‘pol, tahqiromuz so‘zlar bilan bildirish;


2-ILOVA


Suhbat chog‘ida - qo‘lni cho‘ntakka solib, qo‘l siltab gapirish, yelka qisish, inkor manosida bosh chayqash, nutqni to‘g‘ri imolar bilan bezash barmoq bilan biror narsani chertish, uzuk, marjon yoki sumka bog‘ichini o‘ynab, barmoqqa soch tolasini urash, suhbatdoshga teginish, yelka yo tizzasiga qo‘l qo‘yish, yelkasiga qoqish, yengi yoki pidjagi tugmasini ushlash, suhbatdoshga orqa o‘girish, esnash, tez-tez soatga qarash (bu suhbat joningizga tekkanini va uni tezroq tugatmoqchi ekanligingizni bildiradi.), gapni baland qah qaha bilan tugatish man etiladi. 84
Hozirda kishilarimiz orasida bir-biriga nisbatan hazilning o‘rinsiz qilinishini tez-tez uchratamiz.
Qobusnoma muallifi Kaykovus farzandiga hazil mazax qilish odobi haqida qo‘yidagilarni nasihat qiladi.
«Ey farzand, ko‘p kishilar debdurlarki, mazax - yomonlikning muqaddimasidir. Mazax, ya’ni xonaki so‘z bilan kishiga daxl qilishdan hazar qil. Hazilni mastilik vaqtingda qilma, chunki yomonlik hazildan kelib chiqadi. Hazil ayb bo‘lmasa ham hazildan ehtiyot bo‘l... Hazil qilish mumkin, ammo yaramas so‘z aytish yomon. Ey farzand, o‘zingdan pastroq kishi bilan hazillashgil bo‘lmasa hazillashma, chunki sening izzating ketmasin yoki tengdoshlaring bilan hazil qil, chunki javob bersalar ayb bo‘lmaydi. Uyat so‘zlarni aytma, haddan tashqari hazil qilma, chunki odamni xor va beqadr qiladi. Xalqqa nima desang, shuni eshitasan, xalqqa nima qilsang shuni ko‘rasan. Ammo hech kim bilan urishma, chunki urishmoq oqil va qudratli kishilarning ishi emas, yosh bolalarning ishidir. Ittifoqo biror kishi bilan urushsang, og‘zingga kelgan bo‘zuq so‘z va haqoratlar bilan sukma, shunday urushgilki, yarashmoqqa joy qolsin.»85
Deyl Karnegining «Bajarilsa odamlarga manzur bo‘lishning olti qoidasi»ni keltirib o‘tamiz. Bu olti qoida Mahmud ibn Muhammadning do‘stlikni sakkiz haqiga o‘xshab ketsada, zamonamizga mosligi va ushbu sakkiz qoidani to‘ldirishi bilan ajralib turadi.
Bajarilsa odamlarga manzur bo‘lishning olti qoidasi:
1. Boshqa kishilarga astoydil qiziqing.
Insonlar o‘zlariga qiziqar ekan unda biz suhbatimizda, munosabatlarimizda o‘zimiz haqimizda gapirib nima qildik, bizning nimani o‘ylashimiz hech kimga qiziq emas. Shunday ekan odamlarning qiziqishini o‘rganishimiz lozim. Ularga o‘z qiziqishlari yuzasidan munosabatda bo‘lish kerak.
2.Tabassum qiling.
Nyu-Yorkda tushliklardan birida, taklif etilganlar orasida kattagina meros sohibasi hisoblangan va barchada yaxshi tassurot qoldirishga ishtiyoqmand ayol bor edi. U aqchasini muyna, olmos va marvaridlarga sarflabdiyu odamlar mehrini qozonmabdi. Yuz ifodasidan hammadan noroziligi va xudbinligi aks etib turar edi. Bashara liboslardan-da muhimroq ekanini hisobga olmagan ko‘rinadi. Tabassum o‘zi arzimas bo‘lsa-da, ko‘p narsa beradi.
3. Odamning ismi – qaysi tilda aytilmasin, uning uchun eng yoqimli va o‘ta ahamiyatli ovoz.
F. D. Ruzvelt atrofidagilarni o‘ziga moyil etishning sodda, samarali hamda amaliy usullaridan biri - ularning ismlarini yodda saqlab qolishi va onglariga kerakli odam ekanliklarini singdirish deb bilgan. Ammo barchamiz ham xuddi shunday yo‘l tutamizmi? Odamlar ismini to‘g‘ri va ularga yoqimli qilib talaffuz eting.
4. Yaxshi tinglovchi bo‘ling, boshqalarni o‘zlari haqida gapirishga rag‘batlantiring.
Charlz Nortxem Lining umr yo‘ldoshi e’tirof etgan, «qiziqarli bo‘lish uchun qiziquvchanlik kerak». O‘zga kishiga shunday savollar bering-ki, bunga javob qaytarish unga xo‘sh yoqsin.
5. Suhbatdoshingizni qiziqtirgan narsalar haqida ko‘proq gapiring.
6. Suhbatdoshingiz ongiga uning e’tiborga loyiqligini singdiring va buni chin dildan ijro eting.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling