Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot» - faoliyatimizning bosh maqsadi. Tayanch so’z va iboralar
- Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir.
1-ILOVA Mavzu: “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot» - faoliyatimizning bosh maqsadi. Tayanch so’z va iboralar: Vatan, boshqaruv, islohatlar, obodlik, farovon hayot, ijtimoiy hayot, ma’naviy hayot, bosh g’oya, istiqlol yillari, bosh vazir, Oliy Majlis. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ozod va suveren davlatning huquqiy asoslarini yaratish bilan birga jamiyatimizning huquqiy taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Mamlakatimiz mustaqilligining bugungi bosh strategik maqsadi – Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Shu munosabat bilan bir qator sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Boshqaruv sohasida jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, uning izchilligi va samaradorligini ta’minlash - mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu boradagi islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridir. Konstitutsiyamizga muvofiq, O‘zbekiston demokratik davlatdir. Davlatning demokratikligini ta’minlash uchun avvalo, davlat hokimiyatining mafkuraviy va siyosiy hurfikrlikka asoslanib qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi amalga oshirilgan. Konstitutsiyaning 7 – moddasiga ko‘ra, davlat hokimiyatining birdan bir manbai xalqdir. Bu O‘zbekiston davlatining xalqchilligini huquqiy isbotidir. Xuddi shuningdek, xalq hokimiyatchiligi hukmronligi 2 – moddada «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» singari normalar bilan o‘z aksini topgan. Xalq manfaati ustuvorligi davlatimizning asosiy vazifasidir. Xuddi shuningdek, Konstitutsiyamizning 9 – moddasiga ko‘ra, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek xalq hokimiyatning birdan bir manbaidir 2010 – yil 12 – noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida taklif qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlashtirish borasida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir qator moddalariga o‘zgartirish kiritish bilan davlat boshqaruv sohasini yanada demokratlashtirishga erishildi. Masalan, Konstitutsiyamizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlariga bag‘ishlangan 93 – moddasining 8 – bandidagi ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; jumlasi olib tashlanadi. Ya’ni bu bilan Prezident ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga ta’luqli ishlardan holi etilib, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat boshlig‘i va davlat hokimiyati organlarining kelishgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlashi qoidasini mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96 – moddasi quyidagicha yangi tahrir etildi: “Mamlakatning amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy ichida, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi”. Konstitutsiyamizning 98 – moddasiga esa quyidagicha yangi qoidalar kiritildi: “O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi. B osh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonuchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi. Yangi bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatlariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi. Oliy Majlis tomonidan bosh vazir lovozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bosh vazir lavozimini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.” Boshqaruv sohasidagi bu kabi demokratik islohatlarning amalga oshirilishi albatta shu muqaddas zaminda yashovchi mehnatkash fuqarolarimizning baxtli hayot kechirishlari uchun xizmat qiladi. Tarixga nazar tashlasak, siyosiy jihatdan ozod va erkin bo‘lgan davrlarda yurtimizning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti gullab yashnaganini, aksincha, mustamlakachilik sharoitlarida u chuqur inqirozlarni boshidan kechirganini ko‘ramiz. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling