Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ona diyorimiz obodligini ta’minlashda
- 12 MA’NAVIY - MA’RIFIY SOAT REJASI
Ijtimoiy sohada jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan, bozor munosabatlari ustuvor bo‘lib borayotgan hozirgi sharoitda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish asosiy tamoyillardan biri bo‘lib qolaveradi. Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi – aholi farovonligining to‘xtovsiz yaxshilanishini ta’minlash, aholi qatlamlarining ta’lim, ma’niyat, kasb malakasi, daromatlari jihatidan keskin tofovutlarga barham berish, jamiyat tomonidan har bir kishiga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat. Mamlakatimizda insonlarning mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishida ularning ayrim toifalariga turli mehnat qulayliklari yaratilgan. Jumladan, mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida ayollar mehnati taqiqlanadi (ayrim sanitariya yoki maishiy xizmat ko‘rsatish ishlaridadan tashqari), ayollarning ular uchun mumkin bo‘lmagan normadagi yuk ko‘tarishlari va tashishlari man etiladi. Shuningdek, bunday talablar xodimlar 18 yoshga yetmagan bo‘lsa ham qo‘llaniladi. Davlatimiz aholini ijtimoiy himoyalashga katta e’tibor qaratmoqda. Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan talay qonunlarga binoan O‘zbekiston Respublikasida har kim qariganida, mehnat layoqatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egadir. Yurtimizda har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega (Konstitutsiyaning 40 – moddasi). «Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar fuqarolarning sog‘ligi saqlanishini ta’minlaydi. Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qat’iy nazar, ularni kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ona diyorimiz obodligini ta’minlashda har birimizning farzandlik burchimiz hisoblanadi. Ma’lumki, Zardushtiylikning muqaddas «Avesto» kitobida ajdodlarimiz tabiatni, xususan, yer, suv, havo, olovni muqaddas deb bilganlar. Ularga yetkazilgan zarar uchun, hattoki, o‘lim jazosini qo‘llashgan. Suvni ifloslash oliy tangriga qilingan huruj deb e’tirof etilgan. Yer va olov xudosi «Mitra»ga insonlar sig‘inishgan. Tabiatga nisbatan bunday dunyoqarashlar zardushtiylik dinini asosini tashkil qilgan va unda zikr qilingan axloq-odob qoidalari 16 ta davlatda qo‘llanilgan. Mustaqil davlatimiz atrof-muhitni toza saqlash, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish maqsadida turli qonunlar ishlab chiqqan. O‘zbekistonimizning obodligi yangi uy - joy qurilishlari bilan ham amalga oshirilmoqda. Asosan, qishloq joylarda qurilayotgan uy-joylar, xizmat ko‘rsatish va o‘quv muassasalari zamonaviy arxetiktura asosida shinam, ko‘rkam ko‘rinishda barpo etilmoqda. Viloyat markazlari bo‘lgan shaharlarning ko‘cha, aholi turarjoylari, hiyobonlari yangi zamon ruhida qayta keng va ravon qilib qurilmoqda. Keltirib o‘tilgan dalillar hukumatimizning yagona bosh g‘oyamiz asosida bajargan ishlaridan bir qismi, ularni sanab o‘tish uchun alohida kitob yozish lozim bo‘ladi. Biz ham o‘z imkoniyatlarimizning yuksak darajasida o‘z mehnat faoliyatimizni olib borishimiz lozim bo‘ladi. Yaponlar aytganidek «Yaxshilikka intilishimiz kerak, yomoni o‘zi kelaveradi». “TASDIQLAYMAN” Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________ F.Nizomova № 12 MA’NAVIY - MA’RIFIY SOAT REJASI Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling