Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


Download 2.58 Mb.
bet190/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

Sevgi - Muhabbat. Adabiyot, san’atning barcha turlarida yaratilgan asarlar, joiz bo‘lsa dunyodagi bino etilgan barcha mo‘jizalar, ixtirolarning diyarli barchasiga ushbu tuyg‘u sababchi bo‘lgan, bugungi kunlarda ham bo‘lib kelmoqda desak yanglishmagan bo‘lamiz.
Xalqda muhabbat to‘g‘risida aytilgan shunday naqllar bor: «Muhabbat - bir-biriga kim ko‘proq baxt-saodat berarkan, deb erkak va ayol kishi o‘rtasida qilinadigan o‘zaro musobaqadir».
«Muhabbat - o‘zini fido qiladigan darajada mehr qo‘yish, yurak - yurakdan sevish hissidir».
Sevgi-muhabbatning haroratli tuyg‘usi, avvalo, beg‘ubor boqqan tiniq ko‘zlarda aks etadi. Ikki bir-birini yoqtirgan yigit va qiz ko‘ngil mayli bilan o‘zaro ipsiz bog‘lanib qoladilar. Zero, «O‘n sakkizga kirmagan kim bor? O‘n sakkizga to‘lib, she’r yozmagan kim bor?» deganlaridek, shu yoshda bir - birlariga ko‘ngil qo‘ygan yoshlar beixtiyor qo‘llariga qalam olib ishqiy nomalar yozishlari, sevgi-muhabbat to‘g‘risidagi kitoblarni berilib mutolaa qilishlari, yoxud she’rlarni yod olishlari, kinofilmlarni ishtiyoq bilan ko‘rishlari tabiiy bir holdir.
Xalqimizda «Ishqi yo‘q - eshak, dardi yo‘q - kesak» degan naql bejiz aytilmagan. Oshiqlar qalbining kuychisi Huvaydo:
Muhabbatdan bo‘lur muhabbat paydo,
Muhabbatsiz kishidan qoch, Huvaydo!, -
degan baytni bitar ekan, muhabbatsiz kishini qoralaydi, undan hazar qiladi.
“Sevdim” degan kimsa gunohlar sodir etayaptimi, dilozorlik yoki hiyonat qilayaptimi, men shu qizga uylanishim yoxud shu yigitga turmushga chiqishim shart deyaptimi – tamom, u muhabbat emas. U yoqtirish shunchaki. Yoqtirishning esa soni ko‘p! Muhabbat betakror, muhabbat bittadir.
Sen birovni sevib qolding. Shunda tanangga bir o‘ylanish kirishi kerak: shu odamning fazilatlari haqqi uning nuqsonlarini ham tan olish qo‘lingdan keladimi? Uning fe’li atvoridagi kam - ko‘stlarni to‘ldirishga irodang etadimi? Muhabbatning qolipi yo‘q, ta’rifi yo‘q. Ammo shunisi aniqki, u eng laziz va eng mushkul faoliyatdir. Ha, faoliyat! Faoliyat bo‘lganda ham u poklik, jur’at, ixlos va sabru qanoatdan iborat faoliyatdir! Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” kitobida shunday gap bor: “Biz birovlarni bizga qilgan yaxshiligiga qarab emas, o‘zimizning ularga ketgan yaxshiliklarimizga qarab yaxshi ko‘ramiz”69
Ikki yosh ahdu-paymon bilan sevgi rishtasini bog‘lar ekanlar, o‘z ixtiyorlarini bir-birlariga topshiradilar. Ular bir-birlarida nuqson emas, balki fazilat ko‘radilar. Oshiqlar nazlida sevilgan shaxs ideal zotdir, Biroq xalqimizning «chiroyli go‘zal emas, balki sevganing go‘zal» degan naqlida chuqur ma’no bor. Oshiq nazlida sevgan mahbubasi hamma qizlardan ham a’lo, go‘zal va aqli raso bo‘lib tuyulsa, ma’shuqa nazdida mahbub yigitlar ko‘rkam, bahodir, mardu maydon, aqli barkamoldir. Hayot haqiqatlarini, ming xil sinovlarni boshdan kechirish bilan tushuna olgan donishmand xalqimiz «Muhabbatning ko‘zi ko‘r bo‘ladi» deb bejiz aytmagan. Buning asl ma’nosi - aqli hushingni yig‘ib ko‘ngil qo‘y, bilib ko‘ngil qo‘y! Yolg‘on vadalarga, shirin so‘zlarga uchma, kelishgan qomatiga mahliyo bo‘lma! - demakdir.
Bu haqda adibimiz O‘tkir Hoshimovning fikrlari kishi e’tiborini o‘ziga tortib, mulohaza yuritishga undaydi:
«Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga o‘xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof… Na qo‘lingiz bilan tutasiz. Na ortidan yugurib yetasiz… Shamol uni qayoqqa olib ketishini ham bilmaysiz…
Birinchi muhabbatni ko‘pincha natijasiz tugashi balki shundandir…
Ayol qalbi teskari magnitga o‘xshaydi: yaqinlashsang - uzoqlashadi, uzoqlashsang - yaqinlashadi.
Sevgi izhor qilayotgan erkak soqov bo‘lsa ham bulbuligo‘yoga aylanib ketadi. Ammo aytganlarini tezda unutadi. Izhori-dilni tinglayotgan ayol bulbuligo‘yo bo‘lsa ham soqovga aylanib qoladi. Ammo eshitganlarini hech qachon unutmaydi…»70
So‘nggi yillarda ushbu mavzu - o‘smirlarning birinchi muhabbati mavzusi g‘oyat keng yoritilayotgan mavzu bo‘lib qoldi. V. A. Suxomlinskiy inson qalbini va ayniqsa, yoshlar qalbini juda yaxshi tushunadigan mashhur pedagog edi. U yurak sirlarini elga yoyishdan ehtiyot bo‘lish to‘g‘risida mutlaqo adolatli va haqli ravishda bizni ogohlantirib qo‘ygan edi: qadimgi dunyo kishilari ham sevgi, muhabbat to‘g‘risida gapirib: «Bu g‘oyat buyuk sirdir», - deganlar. Biz qanchalik ko‘p tadqiqotlar o‘tkazmaylik, sevgining namoyon bo‘lish formalarini qanchalik tiplarga ajratmaylik, lekin baribir har bir oshiqning his-tuyg‘usi boshqa barcha ma’lum hollardagi shunday his-tuyg‘ulardan sezilarli darajada farq qilib turadi. Sevgining kuchi ham uning ulug‘vorligi ham, jozibadorligi ham xuddi ana shunda – uning takrorlanmasligidadir.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling