Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


Oila. Amerikalik faylasuf Jorj Santayana “Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir”


Download 2.58 Mb.
bet192/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

Oila. Amerikalik faylasuf Jorj Santayana “Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir” degan edi. Oila xususida ko‘p gapirish mumkin. Lekin biz oila qurishda, uni saqlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida olim-u allomalar fikirlarini keltirib o‘tishni o‘rinli bildik.
Pok va sofdil shaxsni tarbiyalashda hech kim va hech narsa oila bilan tenglasha olmaydi. Er-xotinning tengligi farzandlar tarbiyasi, oilaning jamiyat bilan aloqalarini to‘laroq namoyon etadi. Er-xotinning oiladagi tengligi axloqiy mezonlari o‘zida mujassamlashtiruvchi axloqiy me’yordir. Bunda ayolning o‘rni beqiyos. Shuning uchun qizlarimizga ustoz Rahimjon Usmonovning o‘gitlarini keltirib o‘tmoqchimiz.
“Aziz shogirdim! Har xil vaziyatga yaraydigan hammabop axloqiy nafosat qoidalari resepti yo‘q. Eng ulug‘ ustoz – hayot. Hayotni, odamlar xatti-harakatlarini kuzatishni odat qil. Xulqi zebo, madaniyatli, farosatli odamlarning go‘zal xulqini, xatti-harakatini, o‘zini qanday tutishi va ozoda saqlashini, umuman kishilar bilan muloqotda foydalanayotgan xilma-xil go‘zal, muomala vositalarini o‘rganish, ulardan ijodiy foydalanish, nafis axloqiy xatti-harakat talablariga rioya qilmayotgan, o‘zlarining o‘rinsiz qiliqlari va xunuk xatti – harakatlari bilan odamlarning nafratlariga uchraydigan kishilardan ham o‘zingiz uchun xulosa chiqaring.
Yosh do‘stim, eng muhimi, har kungi xatti-harakatingiz ustida o‘z-o‘zingizga hisob berishni va tegishli xulosa chiqarishni unutmang. Axloqli inson bo‘lishning muhim omili o‘z - o‘zini tarbiyalashdir”.
Arablardan biri qiziga – nikoh kechasi aytgan: «Eringga cho‘ri bo‘lsang, u ham senga qul bo‘ladi. Ering bilan muomalada latofatli bo‘lgin, bu har qanday sehrdan ham ustun. Doimo suvni ishlat, chunki suv xushbo‘yliklarning eng asosiysi sanaladi.»
Bir ona qiziga vasiyat qilib aytgan ekan: «Ering shod paytida g‘amgin bo‘lib qovog‘ingni solma, ering xafa paytida o‘zingni xursand qilib ko‘rsatma. Senda hech qanday nojo‘ya va yomon deb bilingan narsalar ko‘rinmasin, sendan doimo eng yaxshi xushbo‘yliklar anqib tursin. Ering sirini fosh etma, yo‘qsa uning nazaridan qolasan. Sen doimo suv, upa va surma bilan bo‘lgin, suv esa eng yaxshi xushbo‘y narsalardan sanaladi.»
Boshqa bir ayol: «Ering so‘zini ikkita qilma, bu bilan hafsalasini pir qilasan: unga hadeb xarxasha qilaverma, o‘zingdan erni sovutasan. U bilan munosabatda bo‘lganda har qachon ham samimiy va sadoqatli bo‘l, har doim suv bilan o‘zingni tozalab yur».
Kaykovusning “Qobusnoma”sida esa uylanish haqida shunday so‘zlar bor: “Ey farzand, agar xotin olishni istasang, o‘z hurmatingni yaxshi saqlagil. Garchi mol qadrli bo‘lsa ham, xotin va farzanddan ayamagil. Ammo xotin va farzandingga yaxshilikni zoe ko‘rmagil, bu sening qo‘lingdadir…
Xotin olmoqchi bo‘lsang, uning molini talab qilmagil. Haddan tashqari xushro‘y xotin olmagil, chunki uni ma’shuq tutadilar. Xotinning tabiati toza, dili toza bo‘lsa, eriga do‘st bo‘lgay. Hayoli, o‘zini tuta oladigan, molni yaxshi saqlovchi bo‘lishi lozim. Debdirlarkim, yaxshi xotin erning va umrning rohati bo‘lur… Do‘st bo‘lmagan, kadbonu bo‘lmagan xotindan qochgil… Xotin kamolga yetgan, oqila, onasining uy xo‘jasi, otasining uy boshlig‘i ekanini ko‘rgan va bilgan bo‘lishi lozim.”76

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling