Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


O‘ylab – netib o‘tirmay shartta uylan. Xotining yaxshi chiqsa – ku – xo‘p - xo‘p, yomon chiqsa faylasuf bo‘lasan


Download 2.58 Mb.
bet193/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

O‘ylab – netib o‘tirmay shartta uylan. Xotining yaxshi chiqsa – ku – xo‘p - xo‘p, yomon chiqsa faylasuf bo‘lasan. Suqrot
Deyl Karnegining “Qanday qilib do‘st orttirmoq va odamlarga ta’sir ko‘rsatmoq kerak” asarida oila va eri xotin munosabatlari haqida ham hayotiy dalillar asosida so‘z borib, bu munosabatlardagi ayrim qusurlarga e’tibor berish lozimligini ko‘rsatib o‘tadi. Karnegida shunday jumlalar bor: “Oddiy odam to‘g‘risida nima deyish mumkin? Xizmat joyida ishlari yurishmagan, vaqtida kelishuvi amalga oshmagan yoki boshliqdan tanbeh olgan, boshi og‘rigan yoxud poyezdga kechikkan kishi – oilasidagilardan alamini olishga uyiga oshiqadi.
Biror bir ayol yoki erkak o‘zi ishi hamda kasbida muvaffaqiyat qozonishga ketkazgan mehnatini nega oilaviy hayotini yaxshilashga sarflamasligini hech qachon tushuna olmaydi. Biroq, garchi mamnun va murosali xotin bilan osoyishda yashash inson uchun million dollardan ustun bo‘lsada, yuz erkakdan biror nafari ham o‘z nikohi omadli kechuvini ta’minlash ustida jiddiy bosh qotirmaydi va bunga astoydil kuch sarflamaydi. O‘z hayotidagi eng muhim narsalarni tasodif hukmiga havola qiladi hamda vaziyat qandayligiga vobasta holda yutqazadi yoki yutib chiqadi.
Har bir erkak agar xotinini erkalasa, u har qanday istakni bajarishini va o‘zi hech narsa yo‘qotmasligini yaxshi biladi. Arzimaydigan bir necha xushomad so‘zlar ishlatsa, xotin ajoyib uy bekasi ekanini, unga yaxshi yordami tegayotganini izhor qilsa, bu asli har bir sentni tejashi mumkinligini tushunadi. Har bir erkak o‘z xotiniga bulturgi ko‘ylagini kiyganida bag‘oyat go‘zal ko‘rinishini aytsa, ayoli o‘sha ko‘ylagini Parijdagi eng keyingi yangilikka ham almashmasligini ham biladi. Tez orada er xotini bilan janjallashadi, buning evaziga xotini tayyorlagan bemaza ovqatga ega bo‘ladi, keyin tez orada ayoli pullarini bemalol sarf - harajat qilishiga rozilik beradi, buning ustiga er xotiniga atab kiyim-kechak, avtomobil va marvaridlar xarid qiladi, unga biroz xushomad qilish hamda istaklarini amalga oshirishdan ko‘ra, boshqa hammasiga ko‘nikadi”.
“Baxtli turmushlar, - deya ta’kidlaydi doktor Batterfild, - kamdan kam holatda tasodiflar natijasidir: ular ongli ravishdagi aqlan hamda o‘ylangan reja ma’nosidagi ijod mahsulidir”
Mavzu so‘ngida Deyil Karnegining “Amal qilinsa, turmushingizni baxtliroq qilishga imkon beradigan yetti qoida”sini keltirib o‘tamiz.
1 – qoida. Hech qachon o‘chakishmaslik kerak!
2 – qoida. Umr yo‘ldoshingiz xulq-atvorini o‘zgartirishga urinmang.
3 – qoida. Tanqid qilmang.
4 – qoida. Bir biringizga o‘z samimiy minnatdorchiligingizni tez-tez ko‘rsatib turing. (qadalgan tugma, nonushta, tushlik bolalaringizni yetarli yaxshi ta’minlanganligi uchun va h.k)
5 – qoida. Iloji boricha bir birlaringizga e’tiborli ekaningiz ishoratlarini tez - tez ko‘rsatib turing. (tug‘ilgan kun, turli bayramlar munosabati bilan tabrik, sovg‘alar va h.k )
6 – qoida. Hamisha sertakalluf bo‘ling.
7 – qoida. Er - xotin turmushining jinsiy tomonlari to‘g‘risida jiddiy kitobni o‘qib chiqing.

“TASDIQLAYMAN”


Yoshlar bilan ishlash bo’yicha
direktor o’rinbosari:
____________________ F.Nizomova № 33 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI



Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling