Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


Kitob 4 ta bob hamda muqaddima, xotimadan iborat. Uning 1-bobi "Ma'naviyat - insonning ulg'ayish va kuch manbaidir"


Download 2.58 Mb.
bet47/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

Kitob 4 ta bob hamda muqaddima, xotimadan iborat. Uning 1-bobi "Ma'naviyat - insonning ulg'ayish va kuch manbaidir" deb nomlanadi. Unda ma'naviyatni to'la anglab yetish, uni shakllantiradigan asosiy mezonlar hamda ma'naviy va moddiy hayot uyg'unligi hayotiy misollar orqali atroflicha yoritilgan.
"Mustaqillik - ma'naviy tiklanish va yuksalish" nomli 2-bobda milliy g'oya va ma'naviy hayot, ma'naviyat va jamiyatning yangilanishi, islohotlar hamda uning mustaqillikni mustahkamlashdagi tarixiy ahamiyati haqida fikr yuritilgan
3-bobda "Ma'naviyatga tahdid, o'zligimiz va kelajagimizga tahdid" mavzusi ilgari surilgan. Unda fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaxolatga qarshi ma'rifat bilan kurashish bugungi globallashuv jarayonlari va ma'naviy tahdidlar davrida har qachongidan ko'ra muhim ahamiyat kasb etishi asoslab
berilgan.
"Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori" deb nomlangan 4-bobda asosan ta'lim-tarbiya sohasiga jiddiy e'tibor berilgan.
Muallif ma'naviy jasorat haqida gapirar ekan 1991 yil 31 avgust sanasida qo'lga kiritilgan milliy mustaqillik - XX asrda halqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ma'naviy jasorat namunasi ekanligini ta'kidlaydi. Bu asar har bir fuqaro, har bir ziyolidan ma'naviy jasorat ko'rsatib, doimo yuksak maqsadlarni ko'zlab yashashga chorlaydi.
"Ma'naviyat" tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko'plab ta'riflarni keltirish mumkin.Umumuan, o'zida juda chuqur va keng qamrovli mano-mazmunini mujassam etgan bu tushunchaga har qaysi marifatli inson o'zining falsafiy yongashuvi siyosiy qarashlari va etiqodi,ong-u tafakkuridan kelib chiqqan holda turlicha tarif va tavsiflar berishi tabiiy, shu nuqtai nazardan qaraganda keyingi yillarda bu mavzuda olimlarimiz tomonidan tayyorlangan ilmiy risolar o'quv ko'llanmalari lug'atlarida "ma'naviyat" tushunchasi va uning asosiy tamoyillariga o'ziga xos ta'riflar berilayotganligini kuzatish mumkin. Men bu boradagi fikrlarni inkor etmagan holda "ma'naviyat" tushunchasining mazmuni faqat "ma'ni", ma'no" degan so'zlar doirasida cheklanib qolmaydi deb o'ylayman. Ma'naviyat insonni ruhan poklash, qalbini ulug'lashga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon - e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch. uning barcha qarashlarining mezonidir, desak, menimcha, tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o'z tasdig'ini topib borayotgan xaqiqatni yaqqol ifoda etgan bo'lamiz.
Albatta bu dunyoda halol va pok yashashni o'zi uchun hayotiy e'tiqod oliy maqsad deb biladigan odamlar ko'pchilikni tashkil qiladi.
Lekin bunday oliyjanob fazilatlardan butunlay uzoq bo'lib yashaydigan, hayotning ma'no-mazmunini o'zicha talqin qiladigan shaxslar ham oz emas.
Dono xalqimiz g'araz va hasad bilan yashaydigan o'z shaxsiy manfaatiga o'zgalar kitobidan erishishni ma'qul ko'radigan faqat o'zini o'ylaydigan kimsadan o'zini asrasin deydi. Bunday ezgu maqsadlarga esa faqat yuksak ma'naviyat, uzliksiz ma'naviy tarbiya orqaligina erishish mumkin.
Vijdon pokdigi zamonlar osha inson manaviyatining tfyanch ustunlaridan biri bo'lib kelmoqda.Jamiyat hayotida adolat va haqiqat, mehr-shavqat, insofu diyonat kabi tushunchalarni qaror toptirishda aynan mana shu omilning tasiri beqiyosdir.
Ma'naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak.
Biz milliy ma'naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o'z oldimizga asosiy vazifa qilib qo'yar ekanmiz bugungi kunda ma'naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta'sir o'tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib ularning bu borada qanday o'rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.
Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi o'ziga xos urf-odat an'analari hayotiy qadriyatlaridan ayrim holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada tabiiyki, ma'naviy meros madaniy boyliklar ko'hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo'lgan 4 mingdan ziyod moddiy-manaviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YuNESKO ro'yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
3 ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan, "Avesto" deb atalgan bebaho manaviy obida alohida o'rin tutadi. "Avesto"ning tub mano - mohiyatini belgilab beradigan "Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal" degan tamoyil hozirgi zamon uchun behad ibratlar borligini ko'rish mumkin.
Xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo'lmish "Alpomish" dostoni millatimizning o'zligini namayon etadigan avlodlardan-avlodlarga o'tib kelayotgan qahramonlik qo'shig’idir. "Alpomish" dostoni bizga vatanparvarlik fazilatdaridan saboq beradi. Odil va haqgo'y bo'lishga, o'z yurtimizni, oilamiz qo'rg’onini qo'riqlashga do'stu - yorimizni or - nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o'rgatadi.
Din azaldan inson ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ediallari, haq va haqiqat, insof va adolat to'g’risidagi orzu -armonlarini o'zida mujassam etadigan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g’oya va qarashlarning yaxlit tizimidir.
Islom konferensiyasi tashkilotining Talim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tuzilmasi - AYSESKO tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb elon qilindi.
Manbalarning guvohlik berishicha, Imom Buxoriy vafot etgan yili, yani milodiy 870 yili tariximizda yana bir mumtoz siymo - Imom Moturidiy tavallud topgan ekan. Imom Moturidiy "musulmonlarning yetiqodini tuzatuvchi" degan yuksak sharafga sazovor bo'lgan.
Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647 yili nashr qilingan "Selenografiya" kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz - Ahmad Farg’oniy va Mirzo Ulug’bek nomi bilan ataladi.
Amerikalik Sarton XI asrni "Beruniy asri" deb ta'riflaydi. Olamda turkiy va forsiy tilda so'zlovchi biron bir inson yo'qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug’ zodni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir. Xorijiy ellarda ham buyuk ajdodlarimizning so'nmas dahosiga hurmat ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o'rganishga bo'lgan qiziqishning yorqin ifodasi sifatida ulug’ ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ko'rish mumkin. Shular qatorida Belgiyada Ibn Sinoga, Litvada Mirzo Ulug’bekka, Moskva, Tokio, Kiyev va Baku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizga,
Misr poytaxti Qohira shahrida esa Ahmad Farg’oniy xotirasiga o'rnatilgan muhtasham haykallarni eslash joiz. "Oqqan daryo oqaveradi" Yurtimizda ilmu ma'rifatga intilish hech qachon tuxtamagan. Masalan, chorizm mustamlakasi davrida Mahmudhuja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Chulpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma'rifatparvar, fidoiy insonlarning o'z shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, el-ulus manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirishimiz maqsadida amalga oshirgan ishlari ajdodlar xotirasida aslo uchmaydi. Keyinchalik diyorimizda Qori Niyoziy va Toshmuhamad Sarimsoqov, Habib Abdullaev va Sa'di Sirojiddinov, Obid Sodiqov va Sobir Yunusov, Yahyo g’ulomov va Bo'riboy Ahmedov, Oybek va g’ofur g’ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya, Said Ahmad va Ozod Sharofiddinov, Lutfixonim Sarimsoqova va Halima Nosirova, Olim Xo'jaev, Razzoq Hamroev va boshqa ko'plab nomlari dunyoga tanilgan mashhur ilm-fan, adabiyot va madaniyat arboblarining yetishib chiqishgan.
Har qaysi millatning o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o'rni va ta'siri beqiyosdir. Ko'p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, inson o'z umri davomida oladigan barcha informasiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrda olar ekan.
Bu yorug’ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne'mat bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi. "El yurt tayanchi" nomli muhtasham badiiy obida Qadimiy Qarshi shahrining 2700 yillik tuyi arafasida qad rosladi. Hammamizga ayon bo'lishi tabiiyki, oila sog’lom ekan - jamiyat mustahkam. Jamiyat mustahkam ekan - mamlakat barqarordir. Ma'naviyatni shakllantirishga bevosita ta'sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil-bu ta'lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqdir. Ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya'ni, xalq ma'naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o'zgartirmasdan turib ma'naviyatni rivojlantirib bo'lmaydi.Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish-ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim. Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'llmaydi bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.

“TASDIQLAYMAN”


Yoshlar bilan ishlash bo’yicha
direktor o’rinbosari:
____________________ F.Nizomova

9 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI





Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling