Тасдиқлайман тдси стоматология факультети


Кимёвий қотувчи композитлар. Ишлаш техникаси


Download 1.75 Mb.
bet49/60
Sana05.01.2022
Hajmi1.75 Mb.
#203616
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60
Bog'liq
P.R.S javobi

Кимёвий қотувчи композитлар. Ишлаш техникаси.

Javob: Kimyoviy qotuvchi (self curing) kompozitlar. Ikki komponentli: pasta-pasta, kukun-suyuqlik. 1-komponenti – kimyoviy aktivator, 2-komponenti – kimyoviy initsiator. Qorish vaqtida polimerizatsiya reaksiyasi boshlanib, erkin radikallar hosil bo’ladi. Ijobiy tomoni: plomba miqdori, qalinligidan qat’iy nazar polimerizatsiya bir tekisda boshlanadi. Kamchiligi: polimerizatsiya yakunida plombada aktivator (termoamin) qolib, turli kimyoviy reaksiyalarga kirishishi natijasida plomba rangini o’zgarishiga (aminli bo’yalish) olib keladi; polimerizatsiya jarayoni qorish bilan boshlanadi. Plombani qo’yish vaqti chegaralanadi. Initsiator (asos) va katalitik pasta aralashtirilganda 1:1 nisbatda 20-30 soniya polimerizatsiya davomida erkin radikallarning hosil bo’lish jarayoni yuzaga keladi. Ashyo pastalar aralashtirilgandan so’ng 5-6 daqiqa o’tgach qotadi. Jarayon karioz bo’shliq devorlaridan, “plomba-tish qattiq to’qimasi” chegarasidan hech qanday stressga uchramay amalga oshadi. Shuning uchun ashyo tish to’qimasiga yopishib qoladi. Plomba ashyosining kirishishi polimerizatsiya jarayonida tish pulpasiga qaratilgan holda boradi. Bu turdagi ashyolardan kardiostimulyatori bor, quyosh nuriga allergik reaksiyasi bor va fotosensibillovchi preparatlar qabul qiluvchi bemorlarda foydalaniladi.









  1. Download 1.75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling