«тасди+лайман»


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/30
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1020860
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Eksperimental psixologiya (1)



O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM 
VAZIRLIGI 
 
TЕRMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI 
 
PSIXOLOGIYA KAFЕDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
EKSPЕRIMЕNTAL
PSIXOLOGIYA
VA PRAKTIKUM 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi: k.o`qituvchi Sharafutdinova X.G`. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Termiz-2008 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
Ushbu mahruza matni Psixologiya kafеdrasining 2008 yil ___ 
avgust kunidagi 1-yig`ilish qarori bilan tasdiqlangan. 
 
 
Taqrizchilar: dots. B.Sodiqov 
 
 
 
 
 
pfn T.Jo’raеv 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
Zamonaviy psixologiya fanining rivojlanishi shu jihati bilan 
xarakterliki, undagi ma’lumotlarni amalda qo’llash inson 
faoliyatining turli qirralarini o’z ichiga oladi. Oldingi asrlardan farqli 
jihati ham shundaki bunda akademik fan qiziqishlarini emas, balki 
hayotning o’zi fan oldiga tadqiqotning yangi muammolarini qo’ya 
boshlaydi. Agarda oldin psixologiya fani laboratoriya va 
kafedralalarda mavhum bilimlarni namoyon etib turgan bo’lsa, endi 
psixologiyaning amaliy jihatlari zudlik bilan rivojlanishiga yuz tutdi. 
M: mehnat, injener, kriminal, harbiy psixologiya shular 
jumlasidandir. 
SHunday qilib psixologiyani ikki sohaga bo’lish mumkin: 
1. Ilmiy; 2. Amaliy 
Har qandiy eksperimental psixologik tadqiqotlarning asosiy 
belgilari quyidagilardan iborat bo’ladi. 
1. Muammolarning mavjudligi, qachonki ularning echimini 
topish ilmiy tadqiqotsiz mumkin emas. 
2. Ilmiy farazlarning (gipoteza) mavjudligi-muammolarning 
echimini ilmiy jihatdan asoslab berishda tahminlarning aniq 
qo’yilishi. 
3. Mavjud farazni tekshirib ko’rishda ilmiy tajribani tayyorlash 
va uni o’tkazish. 
4. Tajribada erishilgan natijalarni matematik statistika 
asosida taqqoslash. 
Masalan, 1-misol: Tajribaning maqsadi: bola psixikasining 
jadal rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari. 
2-misol: O’qitishning yangi metodlaridan unumli foydalanishni 
tajribada sinash. O’quvchi fanni o’zlashtirishda qiyinchiliklarga 
duch kelganda yangicha metodga murojaat qilish. 
Hozirgi kunda ta’lim tarbiya tizimida yigit va qizlarni 
tarbiyalab ta’lim berishda, ota-onalarni tayyorlashda, mutaxassislar 
tayyorlash va ularni malakasini oshirishda qator muammolar 
mavjud. Ushbu muammolarni tajribada tadbiq qilib, aniq bir 
tavsiyalar berish fan oldida turgan dolzarb muammolar 
hisoblanadi. 
1 muammo: Bolalar va katta yoshli kishilarning psixologik 
rivojlanishini jadallashtirish. Ushbu muammo shundan dalolat 
beradiki, hali shu kunga qadar ayrim kishilar psixik rivojlanish 
zaxiralaridan barcha unumli foydalana olishmayapti. Ayrimlarda 
ushbu zaxiralar hali o’rganilmagan (L.S.Vigotskiy). 
2 muammo: yosh inqirozlarini aniqlash va bartaraf etish. 
3 muammo: Rivojlanishda senzitiv (jadal) davrini diagnostika 
qilish va uni boshqarish. 


4 muammo: bolani ta’lim olishda real imkoniyatlarini aniqlash 
va uning keyingi perspektiv rivojlanishini ta’minlash. 
5 muammo: O’qituvchi va tarbiyachini kasbiy psixologik 
jihatdan tayyorlash va malakasini oshirish. 
1. Ta’lim tizimida zamonaviy mutaxassis, ayniqsa o’qituvchi 
psixologik tayyorgarligi jihatdan qanday bo’lmo\i darkor? 
2. O’qituvchi faqat psixologiyani nazariy jihatdan bilishi 
lozimligi yoki amaliy jihatdan ham ma’lumotga ega bo’lishi lozimmi? 
3. Har qanday o’qituvchi ham amaliyotchi psixolog bo’la 
oladimi va boshqalar. 
Ko’rinib turibdiki hozirgi kunda har qanday sohani 
eksperimental psixologik jihatdan tadqiq etish, mavjud muammolar 
echimini topish, amaliy jihatdan ko’mak ko’rsatish psixologiyaning 
oldida turgan muhim vazifalar hisoblanadi. Ta’lim va tarbiyani 
birgalikda olib borish, yosh avlodni har tomonlama etuk qilib 
tarbiyalashda pedagogik psixologik jihatdan o’rganish va shu 
asosda amalga oshirishda eksperimental pedagogik psixologiyaning 
o’rni va roli juda muhim hisoblanadi. 
Ushbu o’quv qo’llanmada eksperimental psixologik tadqiqot 
usullari, ularni qo’llash tartibi, shuningdek laboratoriya sharoitida 
olib borilgan ba’zi bir eksperimental hususida mulohazalar 
юritilgan. O’ylaymizki, berilgan ma’lumotlar psixologiyaning amaliy 
jihatlarini o’rganilishi va uning rivojiga hissa qo’shib, amaliyotchi 
psixologlar tayyorlash uchun muhim ahamiyatga ega. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling