Modul 2: Bilimlarni baholash turlari va mezonlari (Language testing and assessment);
Kursning maqsadi va vazifalari
Modulning maqsadi talabalarni til bo'yicha egallangan bilimlarni baholash nazariyasi va amaliyoti bilan tanishtirish xamda baholash mezonlarining maqsad va vazifalarini aniqlash ko'nikmalarini shakllantirishdir.
Kursning yakuniga kelib talabalar:
- bilimni va ko'nikmalarni baholashning asosiy tamoyillari;
- test turlari (diagnostik, rivojlantiruvchi, nazorat testlari);
- turli ta'lim yo'nalishlari xususiyatlariga mos muqobil baholash turlarini tahlil qilish;
- nazorat turlari va shakllarining milliy va xalqaro tizimlari;
- bilimni baholash uchun mezon belgilay olish va baholash
jarayonini to'g'ri rejalashtirish bo'yicha bilimlarni o'zlashtiradilar. Shuningdek, baholash mezonlarini tanqidiy tahlil qilish va baholash mezonlarini yaratish malakalarini egallaydilar.
Dasturning informatsion-metodik ta'minoti
- mini ma'ruzalar;
- o'kuv-amaliy seminarlar;
- mustaqil ta'lim;
Semestr 6
Modul 3: Til o’qitish tamoyillari va yondashuvlar(Approaches to language teaching);
Mazkur modulda chet tillarni o’qitish uslublari , til o’qitish zamonaviy usullarining amaliyotda qo’llanilishi, chet tilini o’rgatishda xorijiy tajribalarga tayangan holda darsni tashkil etish masalalariga asosiy e'tibor qaratiladi.
Kursning maqsadi:
chet tillarni o’qitish uslublari o’rtasidagi farqlarni anglay olishga o’rgatish;
til o’qitishga zamonaviy usullardan qo’llay olishga o’rgatish;
chet tilini o’rgatishda xorijiy tajribalarga tayangan holda darsni tashkil etishga o’rgatish;
mahalliy muhitda qo’llanilayotgan uslublarni tahlil qila olishga o’rgatish;
turli uslublarning ijobiy va salbiy jihatlarini muhokama qila olishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |