Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor


O‘qituvchining tashqi qiyofasi va unga qo‘yiladigan talablar


Download 475.96 Kb.
bet24/71
Sana09.02.2023
Hajmi475.96 Kb.
#1180637
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
Bog'liq
Пед. мах. мажмуа

7.4 O‘qituvchining tashqi qiyofasi va unga qo‘yiladigan talablar
O‘qituvchilik kasbi qiyin kasb. Uning qiyinligining bir tomoni, tashqi qiyofasi bilan bog‘liq. Tashqi ko‘rinishda o‘qituvchi kiyinish madaniyati, gapirish madaniyati, tinglash madaniyati, munosabat madaniyati gavdani tutish madaniyati, muloqot madaniyatiga hamda vaqt va har doim rioya qilishi talab etiladi .
O‘qituvchi kiyinish madaniyatiga mudom rioya qilib sodda, ozoda,bejirim kiyinishi,turli yaltiroq materiallardan tikilgan kiyim-kechaklardan vos kechishi,xilma-xil bezaklar oltin,kumush taqinchoqlardan foydalanishdan voz kechishi lozim. Kiyinganda orasta,yoshga,jinsiga,gavda tuzilishiga, yuz qiyofasi, soch rangi va turmagiga muvofiq kiyinsa, u o‘zgalar ayniqsa, o‘quvchilar diqqatini o‘ziga jalb etmaydi
Darhaqiqat, ilmiy-pedagogik nazariya va tajribaning ko‘rsatishicha nafaqat o‘qituvchining bilimdonli, ta’lim –tarbiya ishlarini yaxshi bilishi, balki, uning kiyinish madaniyati va tashqi ko‘rinishi ham o‘quvchi- yoshlarni ham o‘qitadi ham tarbiyalaydi. Chunki o‘qituvchining o‘z o‘quv fanini chuqur va mukammal bilishi, uni o‘quvchi –talabalarga aniq va ravon holda yetkazishi bilan birga, o‘qituvchining sodda, kamtarona kiyinishi, o‘zining dadil va viqor bilan tutishi ham o‘quvchilarga mazkur o‘qituvchining o‘quv fani hayot tarziga qiziqish va havasni uyg‘otadi. Hatto ba’zi hollarda uni “ideal inson”ga ham aylantirib qo‘yadi. Bu holat ham o‘qituvchiga o‘zining pedagogik texnikasini takomillashtirishning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
O‘qituvchining kiyinish madaniyatiga ko‘proq boshlang‘ich maktab o‘quvchilari e’tibor qaratadilar, o‘rta maktab yoshidagi bolalar o‘qituvchining darsda, hamkasblari, qishloqdoshlari (hammahallilari) bilan suhbatdosh o‘zini tuta bilishi, o‘ziga nisbatan talabchanligi, to‘g‘riso‘zligi, haqiqatni ochiq gapirishi, bolalarga nisbatan xayrixohligi, ularning dardi bilan qiziqishi ko‘proq ularni hushyor torttiradi.
Ba’zan o‘quvchilardan o‘z o‘qituvchisi, sinf rahbari to‘g‘risida so‘rab qolsangiz “O‘qituvchimiz N. A o‘z fanlarini juda yaxshi bilar va uni bizga yaxshi yetkazar edilar. Juda bilimli edilar. Ammo, pala-partish kiyinar, o‘zlariga e’tibor bermas edilar. So‘zlari ham ayrim paytlarda poyma- poy edi,” yoki “ tarix fani o‘qituvchisi S.I juda zo‘r bilar edilar. Kiyimlari eski bo‘lsa ham doimo toza va ozoda, dazmollangan bo‘lardi. Gapirishlari ham viqor bilan, chiroyli so‘zlarni topib aytar edilar. Biz o‘quvchilari u kishiga doimo havas qilar edik. O‘zlarini doimo tetik va bardam tutib yurar edilar” degan so‘zlarini eshitib qolamiz.
Yuqorida qayd etib o‘tilganlarga asoslanib aytish mumkinki, yaxshi o‘qituvchi o‘z mahorati va pedagogik texnikani egallashida muntazam o‘z kasbiy kompetenti ustun ishlashi, o‘zining umumiy va ixtisosligi bo‘yicha tayyorgarligi ustun ish olib borishi bilan o‘zining tashqi qiyofasi- kiyinishi, gapirishi, muloqoti, munosabat madaniyatiga ham e’tibor qaratishi va unutmasligi kerakki, uning har bir harakati, o‘zini tuta bilishi, gapirishi, muomala qila olish madaniyati,kiyinishi, yurish- turishi ham ta’lim tarbiya manbai hisoblanib ham o‘qitadi, ham tarbiyalaydi.
Shu bois o‘qituvchining tashqi qiyofasiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-O‘zining tashqi qiyofasi to‘g‘risida muntazam va izchil ish olib borishi, oddiy, ozoda, kamtarona kiyinishiga e’tibor qaratishi;
- O‘quv –tarbiya muassasa qonunlariga zid bo‘lgan turli yaltiroq jinsiga mos bo‘lmagan kiyimlar va taqiqonchoqlar taqib yurishdan o‘zini cheklashi;
- O‘quv-tarbiya muassasasida, darsda, darsdan va o‘quv muassasasidan tashqarida o‘zining kiyinishi, gapirishi, so‘zlashishi, muomala munosabat madaniyatiga mudom e’tibor berishi, gavdasini tik tutib salobat bilan yurish malakasini o‘ziga tarbiyalashi;
-Har bir darsga darsdan tashqari mashg‘g‘ulotlarga, suhbatga qunt bilan tayyorlanishi, aniq, ifodali, maroqli gapirish san’atiga ega bo‘lishi;
-O‘z fikrini, g‘oyalarini o‘quvchilarga, suhbatdoshiga aniq lo‘nda qilib tushuntirishi malakasini o‘zida muntazam shakllantirishi va rivojlantirishga e’tibor qaratishi;
Yuqorida qayd etib o‘tilganlar o‘qitishda pedagogik texnikani egallash va uni takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va ta’lim muassasalarida o‘quvchi- yoshlar bilimdonligini oshirib tarbiyalanganlik darajasini samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mavzuni mustahkamlash, o‘zlashtirishni yaxshilash uchun savollar va topshiriqlar.

  1. O‘qituvchining pedagogik texnikasi deganda nima tushuniladi?

  2. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini izohlang.

  3. Pedagogik texnikaning nutq texnikasi va mimik pantomimik ifodalarini tushuntirib bering?

  4. O‘qituvchi faoliyatida aktyorlik va rejissorlikka xos xususiyatlarni ta’riflang?

  5. O‘qituvchi pedagogik texnikasini egallash, yo‘llarini aytib bering?

  6. O‘qituvchi o‘z ruhiy holatini boshqarishi uchun nimalarga e’tibor qaratishi lozim?

  7. O‘qituvchinin tashqi qiyofasi qanday bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz?

  8. O‘qituvchi tashqi qiyofasini nima uchun o‘rganishi kerak va unga qanday talablar qo‘yiladi?

.



Download 475.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling