Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor


Download 475.96 Kb.
bet32/71
Sana09.02.2023
Hajmi475.96 Kb.
#1180637
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
Bog'liq
Пед. мах. мажмуа

Iqtisodiy tarbiya –

Talabalarni iqtisodiy tushunchalar bilan tanishtirish jarayoni bo‘lib, ularni ishlab chiqarish sohasidagi harakatlar ko‘nikmasi, malakasi, iqtisodiy tafakkurni rivojlanishi bilan qurollantirish.

Iqtisodiy tarbiyalanganlik -

Shaxs barkamolligini belgilovchi axloqiy sifatlar, iqtisodiy faoliyatining ma’naviy, huquqiy va siyosiy yo‘nalishlaridagi in’ikosi. Iqtisodiy tarbiyalanganlik darajasi ijtimoiy foydali mehnat natijasi bilan belgilanadi.

Kasb –

Muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyat turi. Unga umumiy yoki maxsus ma’lumotlar hamda amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi.

Kreativ

Ijodiy.

Kriteriy (mezon) –

Biror hodisaga baho berish uchun yoki biror narsani turkumlash (klassifikatsiya qilish) uchun zarur belgi; baholash va fikrlash uchun o‘lchov.

Kuzatish

O‘rganish lozim bo‘lgan pedagogik hodisani ma’lum maqsad nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish ob’ektiga oid bo‘lgan aniq dalilli material tayyorlanadi. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi

Kuzatuvchanlik qobiliyati -

Talabaning, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, talaba shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir.

Ko‘nikma -

Malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda o‘z-o‘zidan bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va talabalarda ko‘p marta takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladi.


Download 475.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling