Ta’limning tarbiyalovchi
xarakteri –
|
O‘qitish jarayonida talabalar orttirgan bilim va ko‘nikmalar bilan ularning dunyoqarashi, insoniy fazilatlarini rivojlantirish orasida bog‘lanishlarga erishilishini ta’kidlovchi pedagogik qonuniyat.
|
Ta’limda faollik –
|
Ta’lim jarayonida talaba shaxsining faolligi, ta’lim jarayonining sub’ekti ekanligini aks ettiruvchi didaktik jarayon.
|
Tizim -
|
Yunoncha “systema” so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘laklarda hosil bo‘lgan, birikish ma’nosini anglatadi. Ya’ni yaxlit, butunlikda faoliyat ko‘rsatma oladigan o‘zaro bog‘liq elementlarning yig‘indisidir.
|
Test –
|
Aniq pedagogik tadqiqot uchun ishlatiladigan so‘rovnoma, sinalayotgan talabaning psixologik va intellektual tavsifi, uning bilim, tushunish, uddalash, ko‘nikmalarini o‘lchashga imkoniyat beruvchi standartlashtirilgan topshiriqlar.
|
Texnologiya-
|
Ashyo yoki yarim xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirish uchun holati, shakli, xossasi, xususiyatlarini o‘zgartirish usullari majmuasi.
|
Tushuntira olish qobiliyati –
|
O‘quv materialini talabalarga tushunarli tilda bayon eta olish, talabalarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg‘otish qobiliyatidir
|
Umuminsoniy qadriyatlar
|
Barcha millatlar manfaatiga mos keladigan ma’naviy xazinadan iborat bo‘lib, milliy qadriyatlar bilan tarbiyaviy asosga egadir.
|
|