Pantomimika -
|
Gavda, qo‘l, oyoq harakati.
|
Pedagogik aksiologiya –
|
Ta’lim, tarbiya va shaxs rivojlanishidagi (pedagogik) qadriyatlarni o‘rganadigan pedagogika bo‘limi.
|
Pedagogik jarayon –
|
Ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan, kattalarning pedagogik faoliyati ta’sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda tarbiyaning yo‘naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida bolaning o‘z-o‘zini taraqqiy ettirishidir.
|
Pedagogning mehnati –
|
Bu behad izlanish va azob-uqubatli kechinmalar, ilhom va betakror nurlanish oni. Ko‘pdan – ko‘p kundalik ishlar, hafsalasi pir bo‘lish va talabalar bilan birgalikda boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilishdir.
|
Pedagogik reyting-
|
Ta’lim muassasasilarida o‘qituvchining faoliyati, dasturi, o‘quv rejasi, obro‘sini baholovchi individual raqam ko‘rsatkichi.
|
Pedagogik tajriba –
|
O‘qituvchi tomonidan pedagogikaning tamoyillari va amaliy qonunlarini ijodiy faol ravishda o‘zlashtirish hamda real sharoitlarni, talabalarning jamoasi, shaxsning o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda amaliyotga tadbiq etishdir.
|
Pedagogik texnika –
|
O‘qituvchining o‘quv faoliyatida o‘qitishdan tashqari zarur bo‘lgan, umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi.
|
Pedagogik qarama –qarshiliklar –
|
Pedagogik amaliyot jarayonida vujudga keladigan, eskirgan pedagogik ko‘rsatmalar, qarashlar, qonuniyatlar va pedagogik jarayonning tarbiyaviy samaradorligini pasaytiradigan, shaxsni shakllantirish tizimlari bilan vujudga kelgan nomuvofiqlikdir.
|
Pertseptsiya –
|
Qabul qilish, sezish, ob’ektiv borliqning sezgi organlari orqali aks etishi.
|
Reyting –
|
Hodisalarni diagnostika (tashxis) yo‘li bilan o‘lchash; fikr va bahoni tanlash.
|
Rivoyat –
|
Hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi og‘zaki ijod janri.
|
Salohiyat-
|
Aniq fan yo‘nalishida aniq ishni samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatni bildiradi.
|
Sezgi –
|
Kishini o‘rab olgan moddiy dunyo, predmet va hodisalarning ongimizda aks etishidir.
|
|