Iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy nazorat testlari (II semestr)


Download 28.64 Kb.
bet1/11
Sana04.08.2023
Hajmi28.64 Kb.
#1665106
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
iqtisod yakuniy test


Iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy nazorat testlari
(II semestr)
1. Markazlashgan pul fondlarining shakllantirishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar…
a) kredit munosabatlari;
b) moliyaviy munosabatlar;
c) tovar-pul munosabatlari;
d) ijtimoiy munosabatlar deyiladi.


2. Davlat byudjetining to‘g‘ri ta’rifini toping:
a) byudjet mablag‘lari shaklanish manbalari yillik rejasi;
b) byudjet mablag‘lari taqsimlanishining yillik rejasi;
c) byudjet mablag‘lari shakllanish manbalari va sarflanish yo‘nalishlarining yillik rejasi;
d) davlat moliyasining markaziy bo‘g‘ini.


3. Byudjet taqchilligini qoplashning qaysi usulida milliy daromadning bir qismi foiz to‘lovlari shaklida chetga chiqib ketishi xavfi mavjud bo‘ladi?
a) davlat ichki qarzlarida;
b) davlat tashqi qarzlarida;
c) qo‘shimcha pul emissiyasida;
d) moliyalashtirishdan kreditlash tizimiga o‘tishda.


4. Lorens egri chizig‘i bissektrisa o‘qidan ancha uzoqlashishi nimani bildiradi?
a) ijtimoiy tenglikka erishilganini;
b) aholining tabaqalashuvi kuchayganini;
c) aholining turmush darajasi pasayganini;
d) aholi daromadlari ko‘payganini.


5. Soliq turlarining ko‘payishi, soliq stavkalarining ko‘tarilishi ...
a) pul-kredit siyosatiga;
b) kredit-byudjet siyosatiga;
c) fiskal siyosatga;
d) monetar siyosatga misol bo‘la oladi..


6 Takror ishlab chiqarish jarayonlarini moliyaviy resuslar bilan ta’minlashni moliyaning qaysi vazifasi bajaradi?
a) nazorat qilish;
b) moliyaviy ta’minlash;
c) taqsimlash;
d) ijtimoiy himoyalash.


7. Aholining ma’lum davrda pul shaklida olgan daromadlari, bu…
a) natural daromad;
b) nominal daromad;
c) ixtiyoridagi daromad;
d) real daromad.



8. Moliyaviy resuslarni taqsimlash va ulardan foydalanishda moliyaviy intizomga rioya qilinish, ya’ni soliqlar va yig‘imlar amaldagi qonunlar bo‘yicha to‘g‘ri to‘lanishi hamda mablag‘larni maqsadli ishlatilishi moliyaning qaysi vazifasi orqali ta’minlanadi?
a) nazorat qilish;
b) moliyaviy ta’minlash;
c) taqsimlash;
d) rag‘batlantirish.



Download 28.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling