102. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shaklini toping:
a) erkin savdo zonalari;
b) iqtisodiy va valyuta ittifoqi;
c) to‘lov ittifoqi;
d) umumiy bozor.
103. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning qaysi shaklida uning barcha qayd qilingan shakllari umumiy iqtisodiy va moliya valyuta siyosati o‘tkazish bilan uyg‘unlashtiriladi?
a) iqtisodiy va valyuta ittifoqi;
b) boj ittifoqi;
c) to‘lov ittifoqi;
d) umumiy bozor;
104. Chet el kapitali hisobiga qurilgan korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradigan tadbirkorlik kapitali qanday nomalanadi?
a) portfel investitsiyalar;
b) to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar;
c) ssuda kapitali;
d) xususiy kapital.
105. Ishchi kuchini bir mamlakatdan boshqasiga doimiy yashash uchun kirib kelishi, bu…
a) emmigratsiya;
b) immigratsiya;
c) migratsiya;
d) migratsiyaning ijobiy saldosi.
106. Aholining qaysi qatlamiga inflyatsiya nisbatan ko‘proq zarar keltiradi?
a) tadbirkorlarga;
b) mulk egalariga;
c) aksiya egalariga;
d) pensionerlarga.
107. Quyidagilardan qaysi biri davlat moliyasi tarkibiga kirmaydi?
a) Respublika byudjeti;
b) viloyat byudjeti;
c) shahar byudjeti;
d) ijtimoiy tashkilotlar byudjetlari.
108. Davlat qarzi nima?
a) davlatning xorijiy davlatlardan qarzi;
b) davlatning sof eksportdagi ulushining qisqarishi;
c) davlat byudjetidagi taqchillikning o‘sishi;
d) davlatning o‘z fuqarolari, banklar, korxonalar, shuningdek
xorijiy mamlakatlardan qarzi.
109. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishining tashqi iqtisodiy dastagi, bu…
a) bankning majburiy ehtiyotlar normasi;
b) subsidiyalar;
c) soliqlar;
d) import kvotalari.
110. Monetaristik qarashni toping:
a) jamg‘arma daromadga bog‘liq;
b) investitsiya kutilayotgan foyda va foiz stavkasiga bog‘liq;
c) pul taklifini o‘zgartirish bevosita narx va ishlab chiqarish natijasiga ta’sir ko‘rsatadi;
d) odamlar ratsional qarorlar qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |