Iqtisodiyot nazariyasi fanidan yakuniy nazorat testlari (II semestr)
Moliyaviy munosabatlarning mohiyatini quyidagilardan qaysi biri to‘laroq xarakterlaydi?
Download 28.64 Kb.
|
iqtisod yakuniy test
- Bu sahifa navigatsiya:
- 96. “Bank” tushunchasini to‘g‘ri tariflang
87. Moliyaviy munosabatlarning mohiyatini quyidagilardan qaysi biri to‘laroq xarakterlaydi?
a) pul mablag‘larining shakllanishi bilan bog‘liq munosabatlar; b) pul mablag‘larini taqsimlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar; c) pul mablag‘larining ishlatilishi bilan bog‘liq munosabatlar; d) pulning harakati, ya’ni uning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. 88. Davlat byudjetining taqchilligi nima? a) pul emissiyasi; b) muomalada pulning yetishmasligi; c) soliq darajasining yuqoriligi; d) xarajatlarning daromadga nisbatan ko‘pligi; 89. Byudjet kamomadlarini qoplashning qaysi yo‘li uning daromadlari qismida o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi? a) byudjetga soliqsiz to‘lovlar tushimini kengaytirish; b) moliyalashtirishdan kreditlash tizimiga o‘tish; c) dotatsiyalarni kamaytirish; d) mahalliy byudjetlar rolini oshirish. 90. Quyidagilardan qaysi biri soliqlarning iqtisodiy mazmuniga tegishli emas? a) jamiyat sof daromadining bir qismini byudjetga jalb qilish shakli; b) jismoniy va huquqiy shaxslar daromadlaridan belgilangan miqdor va muddatlarda davlat ixtiyoriga olinishi; c) davlat byudjeti daromadlarini shakillantirish manbai; d) soliq summasining soliqqa tortiladigan daromad hajmiga nisbati. 91. Soliqlarning qaysi vazifasi davlat byudjeti daromadlarni shakllantirishga qaratiladi? a) taqsimlash vazifasi; b) fiskal vazifasi; c) ijtimoiy vazifasi; d) tartibga solish vazifasi. 92. Soliq stavkasi va soliqqa tortiladigan daromad hajmi o‘rtasidan bog‘liklik darajasiga ko‘ra turkumlangan soliq turlarini aniqlang: a) to‘g‘ri soliqlar; b) regressiv soliqlar; c) mahalliy soliqlar; d) egri soliqlar. 93. Amal qilish darajasi (iqtisodiyot ko‘lamida)ga ko‘ra turkumlangan soliq turlarini aniqlang: a) to‘g‘ri soliqlar; b) regressiv soliqlar; c) mahalliy soliqlar; d) daromad soliqlari. 94. Qarzga beriladigan pul real moddiy boyliklar bilan qoplana olishi, sug‘urtalangan yoki kafolatlangan bo‘lishi uning qaysi tamoyilini aniqlatadi? a) maqsadliligini; b) qaytarilishliligini; c) muddatliligini; d) moddiy ta’minlanganliligini. 95. Qarzga berilgan pul-ssuda kapitali hisobiga olinadigan daromad, bu… a) renta; b) me’yoridagi foyda; c) foiz; d) ijara haqi. 96. “Bank” tushunchasini to‘g‘ri tariflang: a) pul-kredit tizimini boshqaruvchi muassasa; b) pul muomalasini tartibga soluvchi muassasa; c) davlatning pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa; d) jamiyatda mavjud pul mablag‘larini to‘plash, ularni joylashtirish va harakatini tartibga solishga xizmat qiluvchi kredit muassasa. 97. Davlat tasarrufida bo‘lib mamlakatda pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradigan va davlatning yagona monetar siyosatini yuritadigan bank qanday nomlanadi? a) ixtisoslashgan bank. b) markaziy bank; c) maxsus bank; 98. Quyidagilardan qaysi biri tijorat banklarining vazifasiga kirmaydi? a) omonatlarni jalb qilish, kreditlar berish; b) mijozlar o‘rtasida hisob-kitoblarni va boshqa bank xizmatlarini amalga oshirish; c) qimmatli qog‘ozlar va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish; d) pul emissiya qilish. 99. Qayd qilinganlardan qaysi biri davlatning pul massasini tartibga solishga qaratilgan tadbirlariga kirmaydi? a) fan-texnika taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash; b) pul emissiyasini cheklash; c) davlat kreditlarini kamaytirish; d) davlat oltin-valyuta zaxiralarini ko‘paytirish. 100. Narxlarni o‘sish sur’atlaridagi farqlariga ko‘ra ajratiladigan inflyatsiya turini toping: a) o‘rmalab boruvchi inflyatsiya; b) muvozanatlashgan inflyatsiya; c) oshkora inflyatsiyasi; d) kutilayotgan inflyatsiya. 101. Joriy va bazis davridagi narxlar nisbati qanday ko‘rsatkich? a) narx deflyatori; b) narx indeksi; c) narx indeksatsiyasi; d) narx pariteti. Download 28.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling