75. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning qaysi shakli doirasida ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida savdo cheklashlari bekor qilinadi?
a) erkin savdo zonalari;
b) boj ittifoqi;
c) to‘lov ittifoqi;
d) umumiy bozor.
76. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning qaysi shaklida kapital va ishchi kuchining erkin harakati ta’minlanadi hamda o‘zaro kelishilngan iqtisodiy siyosati yuritiladi?
a) erkin savdo zonalari
b) boj ittifoqi;
c) to‘lov ittifoqi;
d) umumiy bozor.
77. Chet el kapitali hisobiga qurilgan obyektlar ustidan nazorat qilish huquqini bermaydigan tadbirkorlik kapitali qanday nomlanadi?
a) portfel investitsiyalar;
b) to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar;
c) ssuda kapitali;
d) xususiy kapital.
78. Ishchi kuchining bir mamlakatdan boshqasiga doimiy yashash uchun chiqib ketishi, bu…
a) emmigratsiya;
b) immigratsiya;
c) migratsiya;
d) migratsiyaning ijobiy saldosi.
79. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishning qaysi usuli raqobat, narx, talab va taklif nisbatiga asoslanadi?
a) davlat mexanizmi;
b) bozor mexanizmi;
c) davlat va bozor mexanizmi;
d) ma’muriy usullar.
80. Davlatning iqtisodiyotdagi rolini cheklash va uni tartibga solishda bozor mexanizmiga ustuvorlik berish masalasi ilk bor kim tomondan ilmiy jihatdan asoslab berilgan (“Xalqlar boyligining tabiati va sabablari xususida tadqiqotlar” asarida)?
a) DJ.Keyns;
b) A Smit;
c) M .Fridman;
d) A. Marshall.
81. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishining moliyaviy vositasi, bu…
a) qonunlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlar;
b) valyuta kurslari;
c) davlat investitsiyalari;
d) mahsulot sifatiga standartlar.
82. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi ijtimoiy dastagi, bu…
a) hisob stavkasi;
b) soliqlar;
c) dotatsiyalar;
d) pensiyalar.
83. Sarf-xarajat va jamg‘arish miqdori quyidagi omilga bog‘liq:
a) olayotgan daromad miqdoriga;
b) talabga;
c) inflyatsiya darajasiga;
d) taklifga.
84. Qaysi vaqtda ishchining real ish haqi oshadi?
a) oylik nominal ish haqi va narxlar mutanosib oshganda;
b) narx va nominal ish haqi mutanosib pasayganda;
c) nominal ish haqi oshib narxlar pasayganda;
d) yuqoridagi barcha hollarda.
85. Davlat sarflari va soliqlar bilan bog‘liq bo‘lgan siyosat qanday nomlanadi?
a) pulning hajmiga asoslangan siyosat;
b) monetar siyosat;
c) fiskal siyosat;
d) daromadlarni taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan siyosat.
86. Qaysi daromad turi xodimlar mehnatining natijasiga bog‘liq?
a) ish haqi;
b) dividend;
c) foiz;
d) renta.
Do'stlaringiz bilan baham: |