Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor
Empatiya va perseptiv kobiliyatlar
Download 475.96 Kb.
|
Пед. мах. мажмуа
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- MAVZU: O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA MULOQOT MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI Reja
- Tayanch tushunchalar
Empatiya va perseptiv kobiliyatlar.
Falsafa tarixida qobiliyat o‘zoq davrgacha “o‘zgarmas irsiyat”, nasldan-naslga o‘tuvchi alohida kuch sifatida talqin etilgan..Bunday qarashlar dastlab ingliz faylasufi J. Lokk va franso‘z materialistlari tomonidan tanqid qilingan.Qobiliyatni rivojlantiruvchi anatomik-fiziologik xususiyatlari tug‘ma bo‘ladi. Empatiya - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish qobiliyatidir.(Birgalikda dardlashmoq.) Perseptiv - idrok jarayonining asosiy to‘zilishi 1-chi bo‘lib, bu idrok ob’ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iboratdir. Didaktik qobiliyat - o‘quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim qonuniyatlarini ham metodlarini o‘rgangan holda,kishining ta’lim bera olish qobiliyatidir shu bilan birga ibratli dars berishi. Konstruqtiv – o‘qituvchining o‘z ishini rejalashtira olishidir. 3- MAVZU: O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA MULOQOT MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI Reja: Muloqot va muloqot madaniyati haqida tushuncha Pedagogik muloqot, uning o’ziga xos xususiyatlari. “Muloqot” atamasining falsafiy, ijtimoiy, psixologik va pedagogik mohiyati, muloqot birligi. Tayanch tushunchalar: muloqot, pedagogik muloqot, madaniyat, o‘qituvchi faoliyati, pedagogik muloqotni boshqarish, falsafiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik mohiyat, o‘quv-tarbiya jarayoni, bosqich, usullar, tashabbus. Muloqot va muloqot madaniyati haqida tushuncha O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasining nazariy –amaliy jihatlarini ko‘rib chiqish uchun avvalo muloqot atamasining falsafiy, ijtimoiy pedagogik xususiyatlarini ko‘rib chiqib,pedagogik muloqot tushunchasining mazmun –mohiyatini ilmiy asoslash hozirgia zamon pedagogika va psixologiya fanlarining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Zero, uzluksiz ta’lim muassasalaridagi ta’lim –tarbiya ishlarining amaradorligi o‘qituvchi-o‘quvchi faoliyati natijasining sifati, tasirchanligi o‘quv yurtining jamoatchilik, mahalla, ota-onalar bilan ijtimoiy-psixologik munosabatlarining ijobiy yo‘nalish va mazmun kasb etishi muloqot madaniyatiga bog‘liq. Muloqot madaniyati o‘z mazmuni, tabiati va mazmuniga ko‘ra ijtimoy- falsafiy, pedagogik- psixologik hodisa hisoblanadi. Zero, ijtimoiy qonunyatlar ta’lim-tarbiya masalalari tarixiy –ma’naviy hamda ma’rifiy taraqqiyotdagi ishlar, pedagogik muammolar muloqot madaniyatida namoyon bo‘ladi. Tabiiyki, mamlakatdagi ma’naviy-madaniy, odob-axloq qabul qilingan ma’naviy-falsafiy, umuminsoniy va milliy qadryatlarga tayanadi. Shu jamiyat kishilari o‘rtasida ijtimoiy munosabat muloqot madaniyati qayd etilgan unsurlar, ya’ni qadryatlarga asoslanadi. Zero, muloqot –axborot almashinish jarayonidir. Ta’lim-tarbiya ishlari pedagogik muloqot jarayonining mahsuli. Kishilik jamiyati yaralibdiki, bir biri bilan muloqot qilishga intilgan insonlar madaniy hayot kechirishgan. Ehtiyoij nuqtai nazaridan dastavval muloqot jarayoni turli ovozlar chiqarish, tanani harakatga keltirish orqali muloqot qilingan, keyinchalik ma’no anglatuvchi imo-ishoralar bilan o‘z fikrini bildirish odat tusiga kirgan. Vaqt o‘tib inson tafakkuri odimlab, bu harakatlar o‘z o‘rnini so‘zlashuv jarayoniga bo‘shatib bergan. Shu o‘rinda e’tirof etish joizki insonning rivojlanishi, ijtimoiylashishi va shaxs sifatida shakllanishini uning jamiyat bilan bo‘lgan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur qilish qiyin. Zero, muloqot orqali kishilarning ongi taraqqiy etib, fikrlash, so‘zlashish olami takomillashgan va hissiy kechinma hamda emotsiyani ovoz chiqarib bayon etish orqali namoyon etish amalga oshgan. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iboratligini ifodalaydi. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo- ishora bilan muloqotda bo‘lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir- birini idrok eta olishidir. Muloqot va o‘qituvchi faoliyatida pedagogik muloqotning tutgan o‘rni, mavqei hamda ijtimoiy–psixologik, falsafiy-pedagogik jihatlarini yaqqolroq namoyon etish uchun dastavval muloqot va pedagogik muloqot tushunchasiga psixologiya pedagogika nazariyasi nuqtai nazaridan izohlar, ta’riflarni, ko’rib chiqib, ularning mazmun-mohiyatini tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dastlab muloqot tushunchasiga berilgan izhlar bilan tanishaylik. Muloqot- odamlar o‘rtasida birgalikdagi kunlik faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikdagi faoliyat olib boruvchilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashish natijasida yuzaga keluvchi pedagogik –psixologik qonun hodisa –deb yozadi A’zamjon Xoliqov. Muloqot yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida namoyon bo‘ladi1. Ta’lim-tarbiya jarayonida yo‘lga qo‘yiladigan muloqot madaniyatida o‘qituvchining xulq–atvori, nazokati, tarbiyalanganlik darajasi ifodalanadi. O‘qituvchi –tarbiyachining pedagogik kasb egasi sifatida o‘ziga, kasbdoshlariga, o‘quvchilarga, ularning ota-onalariga muomalasini belgilovchi asosiy me’zonlar, talablar mujassamlashgan. Bu me’zonlar va talablar mamlakat, jamiyat, rahbariyat tomonidan o‘qituvchi faoliyatiga, ta’lim muassalaridagi ta’lim–tarbiya jarayoniga qo‘yilayotgan ahloqiy-tarbiyaviy talablarga, o‘qituvchilik kasbining ma’naviy –axloqiy xususiyatlaridan kelib chiqadi va u pedagogik jarayonida o‘qituvchi faoliyatidan, o‘quvchi tarbiyalanuvchilariga nisbatan munosabatida nazokatida xatti-harakatlarida namoyon bo‘lib, o‘qituvchining madaniyatliligini ifodalashga xizmat qiladi. Muloqot-axborot jarayonidir. Axborot ikki yo‘nalishda boshqarish subektidan (pedagogdan) boshqarish obektida (o‘quvchilarga) boradi va aksincha-obektdan subektga boradi2. Muloqot –odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot(munosabat)birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axbarot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning pedagogik jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar3. Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o‘rnatiish malakalari va qobiliyatlari rivojlantirish har bir o‘qituvchi uchun muhimdir. Har bir o‘qituvchining o‘z meni atrofdagilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, shaxsning hayot yo‘llari avval oilada, bog‘chada, maktab, insititut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri- muloqotga bo‘lgan ehtiyojidir. Chunki o‘qituvchi qisqa mudatda o‘zi o‘qitadigan va tarbiyalaydigan o‘quvchilarning psixologiyasi bilan tanishadi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo‘lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni hizqilamiz. «Muloqot, - Ye.Ya.Meleburda yozganidek, - bu insonlarning hamkorlikdagi faoliyatiga bo‘lgan ehtiyoji bo‘lib,munosabatlar, o‘zaro ta’sirlar, ma’lumot hamda axborot almashishga doir ularning birgalikdagi faoliyatidir»4. Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borishi lozim. Bugungi kunga kelib, hayotimizning qaysi jabhasiga nazar solmaylik, chiroyli qilinadigan muomala, tog‘ri tanlangan muloqot uslubi ish samaradorligiga o‘z tasirini ko‘rsatib kelmoqda. Shu asnoda pedagogik muloqot uslublari orqali o‘quvchi o‘zlashtirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatish, bugungi kunning dolzarb masalalariga aylanib bormoqda. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik psixolog E. Meleburda aytganidek, shaxslararo munosabatlar biz uchun havodek ahamiyatga egadir. Go‘daklik va o‘smirlik davrlarida muloqot yetakchi faoliyatga ya’ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanshiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi. Taniqli rus psixologi S.L.Rubinshteynning yozishicha «Kundalik hayotda odamlar bilan muomalaga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq- atvoriga mo‘ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlari mohiyatini go‘yoki o‘qib ya’ni mag‘zini chaqib chiqamiz va shu yo‘sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz.»5 Har bir yosh davriga kiradigan kishilarga o‘ziga xos so‘zlar qo‘llaniladi Bunda so‘zning ta’sir kuchi hisobga olinadi. Shaxsni temperament xususiyatlariga qarab muloqot usullarini qo‘llash kata ahamiyatga ega. Shaxsda ko‘nikma, bilim, malakalarning hosil bo‘lishida muloqotning o‘rni beqiyos. Oddiy ko‘nikma (to‘g‘ri o‘tir, qo‘lingni yuv, joyingga bor, salom ber) larni ham muloqot orqali singdiriladi. Muloqot –odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot almashishni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning pedagogik jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda, avvalo, tilga murojaat qiladilar. Pedagogikada muloqot atamasi «Madaniyat», «Pedagogika» tushunchalari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlatilib, «muloqot madaniyati» va «pedagogik muloqot» tarzida qo‘llaniladi. Shuning uchun «madaniyat» va «Pedagogik madaniyat» tushunchalarining mazmun-mohiyatni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Pedagogik muloqot –pedagogik ta’sirning ajralmas sifatidir. Bu o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim –tarbiya jarayonidagi professional muloqoti bo‘lib, unda ma’lumo almashinadi va o‘quvchilarga o‘quv-tarbiyaviy ta’sir o‘tkiziladi. Bunda ikki yoqlama muloqot yuzaga kelishining asosi sifatida o‘zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi. L.M.Mitina pedagogik aloqani o‘qituvchi ishining ko‘p o‘lchovli makonining bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘g‘liq bo‘lgan uch qismdan: o‘qituvchining shaxsiyati, pedagogik faoliyati va pedagogik aloqasidan iborat jihatlaridan biri deb hisoblaydi. Ushbu uch yo‘nalish, talaba shaxsini rivojlanishining global vazifasi bilan birlashtirilgan. Madaniyat – jamiyat inson ijodiy kuchi va qobiliyatlarining hamda taraqqiyotining muayyan darajasi6. Shunga binoan madaniyat va muloqot mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lib biri ikkinchisini qo‘llab quvvatlaydi. Muloqot ma’daniyati bu o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro ta’sir malakasi, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro fikr almashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, namoyon bo‘ladi. Hamda quyidagi xususiyatlarga ega: *muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi; *muloqot bjarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega; *o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, muloqot xuddi shunday muhim ahamiyat kasb etadi; * pedagogik muloqot – o‘qituvchining o‘qituvchilar bilan fikr almashish va o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish asosida o‘zaro munosabatni faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning loyihalari vazifa bajarishidir; * pedagogik muloqot –hamkorlik faoliyati ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi. *noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchida qo‘rquv, o‘z kuchiga ishonchsizlik paydo bo‘ladi, uning diqqat-e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi. Muloqotning bu xususiyatlarini o‘quv-tarbiya jarayonida hisobga olib, ularga tayanib ish tutmoq faoliyat samaradorligini oshirishga yordam beradi va u pedagogik muloqot deb nomlanadi. Download 475.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling