Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor


O‘qituvchining ruhiy holatini boshqarish texnikasi


Download 475.96 Kb.
bet21/71
Sana09.02.2023
Hajmi475.96 Kb.
#1180637
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
Bog'liq
Пед. мах. мажмуа

O‘qituvchining ruhiy holatini boshqarish texnikasi. O‘qituvchining pedagogik texnikasi tizimida o‘z xatti-harakati, hissiyotini idora qilishi va ruhiy (psixik) holatini boshqara olishi ta’lim-tarbiya jarayoni uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Sabr- toqat, bardosh, vazminlik o‘qituvchining faoliyati uchun muhim rol o‘ynaydi. O‘z ruhiy holatini boshqarish, kechikmalarning ijobiy tus olishini yo‘lga qo‘yib, janjalli vaziyatlarda o‘z irodasini yo‘lga solib, xushmuomalalik namoyish etish hamda qizishayotgan, qadr-qimmatini yo‘qotmayotgan hamsuhbatidan yuqori turish, faoliyat samaradorligini ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa o‘qituvchi ta’sir ko‘rsatish vaqtida (darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o‘z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umidbahshlik, xayrixohlik kayfiyatida bo‘la olishi ham pedagogik texnika tizimining muhim elementidir. Buyuk rus pedagogi A.S.Makarenko aytganidek: “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, yoki jahldor bo‘lishini bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin va o‘qitsin”19 Bunday malakaga ega bo'lgan bunday pedagog o'z –o'zini nazorat qila oladi, pedagogik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalay oladi, asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini asraydi.
O‘qituvchi har qanday vaziyatda darg‘azablikni chiqayotgan paytdan boshlashi, o‘zini yaxshi, vazmin tutishi kerak, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlab, bebosh ruhiyatga berilmasligi kerak, aks holda mayda-chuyda nosozliklar meni holdan toydirishi, salbiy holatlar, hissiyotlar obro‘yini yo‘qqa chiqarishi mumkin degan fikr bilan ish tutib, ongi, aqlini ko‘p darajada safarbar qilishi lozim. V.A.Suxomlinskiyning: pedagog –avvalo fuqaro bo‘lishi, fuqarolik pozitsiyasida turib, fe’l –atvorining butun ehtirosi bilan adolatni o‘rnatishi lozim, degan fikrlarini mudom esda saqlashi lozim.
O‘z xatti-harakati, ruhiy holatini nazorat qilishda pedagog, avvalo o‘zida quyidagilarni shakllantirishi lozim:
-xayrixohlik va optimizm ruhida bo‘lish;
-o‘z xulqini nazorat qilish, (muskul zo‘riqishini, harakatini, nutq tempini, nafas olishini tartibga solish);
-faoliyatdan oldirish, ya’ni lirik, musiqaviy, yumoristik, jismoniy daqiqalarni yaratish;
-o‘z-o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish va h.k
Kasbiy-pedagogik muloqot jarayonida kayfiyatni yaratish, darsda ruhiy kayfiyat, sinf bilan bo‘ladigan kommunikativ aloqada rag‘bat, o‘zaro ijobiy fikr almashish ehtimoli o‘qituvchining o‘z psixologik holatini boshqarishning asosiy quroli bo‘lmog‘i darkor.
Shunday qilib, kasbdoshlarga, o‘quvchilarga nisbatan qilingan ijobiy munosabat, ularda hosil qilingan yaxshi kayfiyat, quvonch, dilkashlik ko‘p jihatdan o‘qituvchining o‘ziga qaytishi tabiiy.

Download 475.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling