O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INISTITUTI
TARIX FAKULTETI “TARIX” KAFEDRASI
ABDURAXMONOVA IQBOLXON ASLMIRZO QIZI
III KURS, TARIX TA’LIM YO’NALISHI TARIX KAFEDRASI
KURS ISHI MAVZUSI: O’ZBEKISTON QAYTA QURISH YILLARIDA (1985-1991)-YILLAR
ILMIY RAHBAR: QODIROV BARHAYOTJON
SOBIRJONOVICH
|
FALSAFA FANLARI BO’YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD)
|
KIRISH……………………………………………………………………….….…..3'>QO’QON – 2022 yil
“O’ZBEKISTON QAYTA QURISH YILLARIDA (1985-1991)-YILLAR”
REJA:
KIRISH……………………………………………………………………….….…..3
1.Sotsializmni isloh qilishga so’nggi urinish: ”Qayta qurish” siyosati. ……..….4
2.Xalq xo’jaligida ”Qayta qurish”ning samarasizligi………………………..….12
3.”Qayta qurish” va O’zbekiston madaniyati………………………….………..17
XULOSA………………………………………………………………….……....…24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………….…..……..26
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: “O’zbek xalqining vijdoni pok. Farg’ona voqealari o’zbek xalqining irodasi bilan sodir bo’lmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g’arazli maqsadlarni ko’zlab, kim qanday bo’yoq bermasin, tarix albatta, o’zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondo’stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o’zbek xalqiga xos fazilat bo’lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmalik kayfiyatida bo’lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan ko’pgina misollar bilan isbot qilingan. Har birimiz og’ir va vazmin bo’lishimiz kerak. Boshimizga tushgan bu sinovlar, noaniq davr va sharoitdan avvalombor aql va idrokimizni bir joyga yig’ishtirib, insof va vijdonni yo’qotmasdan, sarosimaga tushmasdan chiqishimiz kerak…
O’zbekiston jumhuriyati, uning raxbariyati qayta qurish davrida ham hech qachon birovning gapiga kirib ish tutgan emas.Markazdan, boshqa ba’zi bir jumhuriyatlardan qanday qarorlar chiqmasin, va’dalar berilmasin, har qanday chaqiriqlar, da’vatlar, yo’l-yo’riqlar ko’rsatishga harakatlar bo’lmasin, biz o’zimiz tanlagan yo’limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo’q.Aholining soddaligi va hech narsani tushunmasligiga umid qiladigan zamonlar o’tib ketdi. Buni qarangki, qishloqdan kelgan odamlarni shaharda ishga olmaydi, lekin respublikamizning tashqarisidan kelganlarni ishga oladi. Sizlar ertaga bizda ham huddi shunday kayfiyat, ya’ni odamlarni birinchi va ikkinchi sortga bo’lish kayfiyati tug’ulishini istaysizmi?...Nima uchun mahalliy millatga mansub kishilar o’rtasida muhandis-texnik xodimlar yo’q? Men bu savol haqqoniy savol, deb hisoblayman. Bu muammo ustida hammamiz bosh qotirishimiz kerak. Men boshqa misollar keltirib o’tirmayman, lekin shuning o’zi ham barchamizni hushyor torttirishi zarur.Bu borada kichik bir tajriba o’tkazish, ya’ni qancha maydonga qaysi ekinni qancha miqdorda ekish masalasini kolxoz va sovxozlarning o’z ixtiyoriga qoldirish kerak. Biz ana shundan so’ng erishilgan natijalarni bir joyga to’lab, o’zaro fikrlashib olishimiz mumkin”.1
Do'stlaringiz bilan baham: |