Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor


O‘qituvchining aktyorlik va rejissyorlik texnikasi


Download 475.96 Kb.
bet22/71
Sana09.02.2023
Hajmi475.96 Kb.
#1180637
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
Пед. мах. мажмуа

O‘qituvchining aktyorlik va rejissyorlik texnikasi. O‘qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun o‘qituvchi pedagogik texnikasi tizimidan o‘rin olgan yana bir malaka –bu o‘qituvchining aktyorlik va rejissyorlik malakasidir. Xususan, adabiyot, odobnoma, ma’naviyat asoslari, tarix o‘qituvchilar uchun aktyorlik malakasi zarur. Ma’lum mavzular, obrazlar, tarixiy o‘qituvchilari uchun aktyorlik malakasi nihoyatda zarur. Ma’lum mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlarni tavsiflayotganda aktyorlik, o‘quv ma’lumotlarni so‘rash, o‘quvchi- talabalar faoliyatini tashkil etishda esa, o‘qituvchiga rejissyorlik malakasi zarur. Bu malakalar o‘qituvchiga yoshlar bilan muomala qilishda tarbiyalanuvchi-talabalarning aql-idrokkina emas, balki ularning his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatish ularga olamga nisbatan hissiy- qadriyatli munosabatda bo‘lish tajribasini o‘zlashtirishga yordamlashadi.
O‘qituvchi faoliyatining tizimini o‘qituvchi-tarbiyachidan tashkilotchilik boshqaruv malakasida harakat, diqqat, mushaklar erkinligi, ma’noli qarash kabi aktyorlik va rejissyorlik texnikasini egallash zaruriyatini tug‘diradi. Teatr pedagogikasining asoscilaridan biri rus rejissyori K.S.Stanislavskiy g‘oyalaridan biri “Ishlab chiqarishga doir harakat har qanday majburiylikni tashabbusga aylantirishdir” tamoyiliga asoslanadi. Pedagogik texnikaning aktyorlik va rejissyorlik malakasi ham mana shu qoidaga amal qilgan holda qo‘llanishi lozim. O‘qituvchi har qanday holatda o‘z hayajonini bosib olgan tarzda ish tutmog‘i kerak, ya’ni o‘zini qo‘lga olishi talab etiladi. Shu bois K.S.Stanilavskiy aktyorlar bilan mashqida hamda, ularning rolni bajarish oldidagi hayajonlarni bosib olishlari uchun, “Pidjakni qoziqqa os” yoki “gavdani tik saqla” kabi mashqlarni bajartirgan. Zero, V.A.Syxomlinskiy aytganidek “Ruhiy ko‘tarinkilik va ilhom qanchalik kuchli bo‘lsa, ongga shunchalik bilim beradi.”20
Shunday qilib, o‘qituvchida yuqorida qayd etilgan pedagogik texnika malakalari tarbiyalangan bo‘lsa, u yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash va ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida muvaffaqiyatga erishadi.

Download 475.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling