Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor


Pedagogik texnikani egallash yo‘llari


Download 475.96 Kb.
bet23/71
Sana09.02.2023
Hajmi475.96 Kb.
#1180637
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
Пед. мах. мажмуа

7.3 Pedagogik texnikani egallash yo‘llari
Pedagogik texnikani egallash uchun,avvalo, o‘qituvchi o‘zini fanini o‘qitadigan predmetini, pedagogikani (tarbiyashunoslik), psixologiya (ruhshunoslik),metodika fanlarini davr taraqqiyoti darajasida bilishi, muntazam ravishda ilg‘or tajribalarni o‘rganib borishi,kasbiy-pedagogik jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalashi zarur bo‘ladi. Chunki, pedagogik texnika individual shaxsiy xususiyatga ega. Har bir o‘qituvchi, har bir pedagog o‘zining kasbiy-pedagogik faoliyat yo‘nalishi va kasbiy labaratoriyasiga egadir. Bu yo‘nalish va labaratoriya o‘qituvchiga mustaqil fikr yuritish, mustaqil bilim olish, o‘z diqqati va kuzatuvchanligini aniq loyihalash o‘z faoliyatini mustaqil tahlil qilib, o‘z-o‘ziga baho berishga undaydi.
O‘qituvchining pedagogik texnikasini egallashda muayyan obektini uning tez anglay olishi, uni yorqin tasavvur etishi, badiiy sezgirlik qat’iy ahamiyatga ega.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya ishi o‘qituvchidan katta diqqat va kuzatuvchanlikni talab qiladi. O‘qituvchi chinakam pedagoglarga xos sezgirlik. Kuzatuvchanlik qobilyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu xususiyat bola ko‘nglidan nimalar o‘tayotganini, nimalar qilmoqchi ekanligini tez payqab oladi. Har qanday kuzatish yaxshilab diqqat qilish asosida sodir bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quv materialini tushuntirayotganida doskaga yozganida yoki o‘quvchini chiqarib doskaga yozdirganida, ko‘rsatma qurollardan foydalanilayotganda, o‘quvchilarning qanday idrok qilib, topshiriqlarni qanday bajarayotganini hamisha diqqat-e’tibor bilab kuzatib boradi.
O‘qituvchi dars berayotganida hamma o‘quvchilarni ko‘rib turishi ayrim o‘qituvchilar diqqatining boshqa narsalarga chalg‘ib ketishishi oldini olishi, masalan, o‘quvchiga jiddiy bir qarab qo‘yishi, imo-ishora, pauza, intonatsiyasini o‘zgartirish zarur. Bularning hammasi o‘qituvchi diqqatining barqaror bo‘lishini va tez ko‘chirish xususiyatiga ega bo‘lishini talab qiladi. O‘z diqqatini taqsimlashni bilmaydigan o‘qituvchi darsda juda qiynaladi. U diqqatini bir narsaga, chunonchi, doska oldidagi o‘quvchi bilan band qiladi-da, boshqa o‘quvchilarning nima qilayotganini ko‘rmaydi, sinfda, intizom izdan chiqadi.
O‘quvchilarning yozma ishlarini e’tibor bilan tekshirish o‘qituvchidan diqqatning nihoyatda kuchli va chuqur bo‘lishini taqozo qiladi. Tajribali o‘qituvchilar bir o‘quvchidan so‘raganda, boshqasini doskaga chiqaradi, uchinchisiga qaraydi, to‘rtinchisini yoniga boradi, beshinchisiga individual topshiriq beradi va hokazo.Bularning barchasi ortiqcha ogohlantirishsiz bajariladi va qolgan o‘quvchilar ham diqqat ko‘lamidan chetga qoldirilmaydi. Bu, birinchidan, ta’lim-tarbiya vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishining ta’minlasa, ikkinchidan o‘quvchilar diqqatining o‘quv faoliyatiga har doim yo‘naltirilib borilishi natijasida ularda ixtiyoriy barqaror diqqat tarbiyalanib boradi.Demak,ta’lim-tarbiyadagi muvaffaqiyat o‘qituvchi diqqati va kuzatuvchanligining yuqori sifatga ega bo‘lishiga ham bog‘liqdir.
Mohir o‘qituvchiga xos bo‘lgan bu malakalar o‘qituvchi-tarbiyachini kasbiy ideallik sari yetaklaydi. Pedagogik texnikani egallashning birinchi yo‘li shudir.
Pedagogik texnikani egallashning ikkinchi yo‘li o‘qituvchining tashkiliy metodik malakalarni egallashi bilan bog‘liq. Bu malakalar zarur fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglash, axbarot-kommunikativ texnologiyalar, jahon hamjihatligidagi ma’lumotlardan xabardorlikni va maxsus adabiyotlarni o‘qishni taqozo qiladi. Tashkiliy-metodik malakalar aytilgan yo‘l-yo‘riqlar, ko‘rsatmalarni o‘zining individual kasbiy tajribasida sinab,ko‘nikma hosil qilgan taqdirda maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tashkiliy-metodik malakalarning individual xususiyatlari, jamoa va guruh bo‘lib ishlash, o‘qish faoliyat ko‘rsatish asosida qurilgani ma’qul.Chunki,guruh yoki jamoa bo‘lib o‘qish, ishlash har bir pedagogga o‘zining boshqalar ko‘zi bilan ko‘rishni,faoliyatidagi nuqsonlarni seza bilishni, muomala va xulq-atvorning yangi shakllarini izlab topish va sinash imkonini beradi .Bu esa o‘z-o‘zini bilish, tarbiyalash uchun asos bo‘ladi va pedagogik g‘oyalarning yangi usullarini tekshirib ko‘rish, nazariy masalalarni hal qilish uchun tajriba maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Demak, tashkiliy-metodik malakalarni egallashda guruh,jamoa faoliyati, mustaqil ishlash mashg‘ulotlari pedagogik texnika asoslarini egallash uchun imkon beradi.
Pedagogik texnikani egallashning uchinchi yo‘li-bu har bir pedagogning individuka-shaxsiy dasturini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Bunday dasturni tuzishdan oldin pedagogik texnika malakalari shakllanganligining boshlang‘ich darajasini aniqlab olish zarur. Ya’ni pedagogning dastlabki o‘quv-tarbiya ishlaridagi natija,o‘quvchining nutq madaniyatining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tashkil etilganligi,mimik va pantomimik aniqliklar va h.k. Bunda dastlabki tajribaning natijasi yaxshi bo‘lsa kelajakda pedagogik texnikani egallash ancha oson kechadi. Chunki,individual dastur ko‘nikma va malakalar faoliyat davomida rivojlantiriladi, pedagogik texnika malakalarining yetishmaydigan mexanizmlari to‘ldiriladi.Shuning uchunbu dastur ma’lum mashqlar yoki mashqlar majmuidan iborat bo‘ladi.
Shuni nazardan chiqarmaslik lozimki, pedagogik jarayonda pedagogning umumiy madaniyati, ma’naviy va estetik dunyoqarashi ham muhim o‘rin tutadi.Agar o‘qituvchining nutqi qashshoq, so‘zlarni talaffuz qilish qobilyati past estetik jihatdan omi,axloqiy jihatdan jahldor bo‘lar bo‘lmasga hissiyotga erk beradigan bo‘lsa, u holda tarbiyalanuvchilarning e’tiqodiga,aql-idrokga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Demak, o‘qituvchi o‘zidagi ana shu nuqsonlarni qayta tarbiyalashga to‘g‘ri keladi .Bu pedagogik texnikani egallashning to‘rtinchi yo‘lidir.
Shunday qilib,pedagogik texnikani,uning shaxsiy-kasbiy kasb-kor malakalari,uni egallash yo‘llaridan xabarsizlik yoki ularga e’tiborsizlik,shuningdek pedagogik faoliyat jarayonida ularning mavqeiga yetarli bahor bermaslik shuningdek, pedagogik texnika malakalarini tanqidiy har bir pedagogning individual xususiyatlarini inobatga olmay ish yuritish pedagogik texnikani egallashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va o‘quv-tarbiya ishidagi nuqsonlarning ko‘payishiga olib keladi.
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari ilg‘or innovator o‘qituvchilar rahbarligida olib boriladigan mashg‘ulotlar(pedagogik texnikani egallash) va mustaqil ishlash ( kasbiy jihatdan o‘z -o‘zini takomillashtirish) dan iborat. Pedagogik texnika malakalarining yuqorida qayd qilingan individual- shaxsiy ko‘rinishda ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘z- o‘zini tarbiyalash, ya’ni bo‘lajak o‘qituvchi talabaning o‘zida mohir pedagog shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini o‘rganishi va ular yordamidagi faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi. Kasbiy ideal sari intilayotgan har bir yosh o‘qituvchi- tarbiyachiga bu harakatda ham pedagogik texnikani egallash muhim omil bo‘lib xizmat ko‘rsatishi tabiiy.
Tashkiliy-metodik jihatdan tashkil etiladigan pedagogik texnikani egallash mashg‘ulotlari individual, guruhiy yoki muntazam ketma-ketlikda olib borishi maqsadga muvofiq. Masalan, zarur bilimlar maruzalarda yoki iqtisoslikka oid adabiyotni (xususan,muayyan qo‘llanmani) mustaqil o‘qish orqali egallanadi.
Texnologiyalashtirishga doir ayrim oddiy harakatlar ( turli artikulatsiya, fanetik nafas olish usullari,relaksasiya usullari va shular kabilar) ketma –ket mashq qilinishi lozim. Tegishli ko‘nikmalarni shakillantirish, individual ishlash – dastlab malakali va mohir o‘qituvchilarning nazorati va rahbarligida, keyin esa mustaqil ta’lim olish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq .
Pedagogik texnika malakalarni shakillantirishda guruhiy ish olib boorish alohida ahamiyatga ega. Pedagogik texnikani egallashga doir mashg‘ulotlarning ushbu shaklini batafsilroq ochib berish maqsadga muvofiqdir.Chunki,u hozirga qadar o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv va metodik adabiyotlarda lozim darajada ko‘rsatib berilmagan bo‘lishi mumkin.Xuddi shunday faoliyat jarayonida pedagog oldida o‘zini mahoratli o‘qituvchilar ko‘zi bilan ko‘rish, xulq-atvor va kamunikatsiyaning yangi shakillarini izlab topish va sinab ko‘rish, o‘zining o‘ziga kasbdoshlar bilan birga amalga oshiradigan faoliyat xususiyatlarini anglash va pedagogik ishning individual uslubini ongli ravishda shakillantirish imkoniyatinikeltirib chiqaradi .Guruhiy faoliyatda shaxsning o‘z –o‘zini bilish va o‘z-o‘zini tarbiyalash labaratoriyasi,pedagogik fvazifalarni hal qilishning yangi usullari tekshitib ko‘riladigan,nazariy masalalar muhokama qilinadigan tajriba maydoni uchun shart –sharoitlar yaratiladi.
Psixologlarning qayd qilishicha pedagogik texnikani guruh bo‘lib o‘rganish,raxbarlarning tajriba ishida bunday guruhlarning eng qulay miqdori 10-12 kishidan iborat bo‘lishi lozim.Chunonchi,qatnashchilarning xuddi shunday miqdori ularning har biriga bosqa kishilar bilan birga ishlashning yakka tartibdagi psixologik muammolarni to‘liq ravishda aniqlab, xal etish refleksiya va empatiya darajasini jiddiy oshirish, pedagogik fahm-farosatini rivojlantirish,boshqalarga ta’sir etish vositalarini shakillantirib borish imkonini beradi.
E’tirof etish joizki,guruh qatnashchilari,bo‘lajak pedagoglar kasbiy jihatdan birga ishlash malakalarini egallashga faol intilishlari, o‘z-o‘zini bilish va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash bo‘yicha mukammal ish olib borishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak . Shundagina pedagogik texnikani egallashning ilmiy –psixologik asoslari to‘g‘ri amalga oshgan bo‘ladi.
Barcha hollarda,chunonchi ham individual, ham guruhiy mashg‘ulotlar boshlanishdan oldin pedagogik texnikani egallashning individual dasturini tuzib chiqishi maqsadga muvofiq.Bunday dasturni tuzish uchun,avvalo,pedagogik texnika malakalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning boshlang‘ich darajasi aniqlanadi,so‘ng o‘rganiladi.Biroq,tajribaning ko‘rsatishicha,odatda, maskur bosqichda faqat malakalar haqidagina emas,balki zamonaviylashtirilgan (ta’limni boshlash vaqtiga kelib)ko‘nikmalar haqida fikr yuritish kerak.Bular,masalan,nafas olish va ovozning tabiiy yo‘lga qo‘yilishi,to‘g‘ri talaffuz,sababli,ifodali nutq,mimik va fantomimik aniqlik,aktiyorlik va rejssiyorlik malakalari va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin.Bunday ko‘nikmalarning mavjudligi pedagogik texnika malakalarini egallashni ancha osonlashtiradi.Shunga qaramasdan ko‘pgina hollarda ana shu ko‘nikmalarni tegishli malakalar tarkibiga kiritish yuzasidan muayyan ish olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.Bunda pedagogik texnika malakalarini egallashning boshlang‘ich darajasiga qarab uni takomillashtirishning individual dasturi yetishmaydigan malakalarni shakillantirishda qaratilgan ayrim mashqlarning yoki ularning to‘liq majmuini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi.
Pedagogik texnika egallash va takomillashtirish to‘g‘risida aytib o‘tilgan fikirlarga e’tabor qilmaslik, shuningdek pedagogik faoliyatda ularning mazmuniga yetarli darajada baho bermaslik pedagogik texnikani egallashni qiyinlashtiradi va buning oqibqtida individual pedagogik texnikani tanqidiy tahlil qilish uni takomillashtirish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan ish olib borilmaganidan dalolat beradi.
Oliy pedagogik ta’lim muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik texnikani egallash uchun bo‘lajak o‘qituvchiga o‘zining kasb yo‘nalishining mohiyatini, mazmunini o‘qishning boshlanishidayoq tushuntirib borish, ularning o‘qituvchilik kasbiga o‘rgatishdan xoli bo‘lishda, o‘qituvchi talabalarga ta’lim –tarbiya berishning yuksak samaradorligiga erishishni taminlaydi.

Download 475.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling