Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor
Pedagogik muloqot, uning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 475.96 Kb.
|
Пед. мах. мажмуа
Pedagogik muloqot, uning o‘ziga xos xususiyatlari
Pedagogik muloqot - bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda eng qulay psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratish uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatdir. Uning o‘ziga xos xususiyatlari unga berilgan ta’riflar hamda o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida namoyon bo‘ladigan holatlarida ko‘rinadi. «Pedagogik muloqot, -deb yozadi A.Xoliqov –bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsga va darsdan tashqari faoliyatda o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan psixologik muhitni vujudga keltirish, ijodiy ruhiy iqlimni yaratishi uchunimkoniyat beruvchi kasbiy munosabatdir. Keltirilgan psixologik muhit o‘qituvchi va o‘quvchilar muloqotini yo‘lga qo‘yib quyidagilarni amalga oshirishga amaliy yordam ko‘rsatadi: *salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish; *o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish; *o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fikr-mulohazalarini cho‘chinmasdan bayon qilib unga tayanishga o‘rgatish; *o‘quvchilarning yashirin qobilyatlarini uyg‘otish; *dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish»7. A.S.Makarenkoning fikricha, o‘qituvchi muloqoti hurmat va talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida bo‘lishi lozim. V.A.Suxomlinskiy o‘qituvchining «…maktab hovlisida gapirgan har bir so‘zi puxta o‘ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma’lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo‘lishikerak deb ta’kidlaydi». O‘qituvchining har bir so‘zi olimning fikricha, nafaqat o‘qituvchining e’tiboriga qaratilgan, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo‘lishi shart. Umuman ilg‘or o‘qituvchilarning fikricha ta’lim va tarbiya faqat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi. Pedagogik muloqotni tashkil etishda ta’lim-tarbiyaning maqsadi, vazifalari xususiyatlaridan yelib chiqish va bunda o‘qituvchining qobilyati, nazokati va mahorati bo‘lsa, darslar jarayonida yuzaga keladigan holatlarga nisbatan kreativ yondashish bo‘lsa talabalar jamoasiga kirishish osonlashadi. Bu esa beriladigan ma’lumotlarni o‘qituvchi talabalarning o‘zlashtirishi anchayin sezilarli natija berishini ta’minlaydi. A.A.Leontevning ta’rifidagi pedagogik muloqot «…o‘quvchining motivatsiyasi va ta’lim faoliyatining ijodiy xarakterini rivojlantirish o‘quvchining shaxsini to‘g‘ri shakllantirish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratadigan o‘qituvchi (va kengroq ma’noda –o‘qituvchilar jamoasi) o‘quv jarayonida maktab o‘quvchilari bilan aloqador. O‘rganish uchun qulay hissiy iqlimni ta’minlaydi (xususan, psixologik to‘siq paydo bo‘lishining oldini oladi). Bolalar jamoasidagi ijtimoy –psixologik jarayonlarni boshqarishni ta’minlaydi va ta’lim jarayonida o‘qituvchining shaxsiy xususiyalaridan maksimal darajada foydalanishga imkon beradi.»8 V.A.Slastenin ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda pedagogik muloqotni ta’lim muammolarini hal qilish vositasi deb hisoblaydi; ta’lim jarayonini ijtimoiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash; o‘qitish va ta’limning muvaffaqiyatini belgilaydigan o‘qituvchi va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish usuli. Shunga muvofiq,kasbiy va pedagogik muloqot mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: *ma’lumot almashish; *ta’lim ta’sirini ta’minlash; *kommunikativ vositalar yordamida munosabatlarni tashkil etish.9 O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ulardan hurmat kutadi. O‘quvchilar ham o‘qituvchidan hurmat va ishonchni talab etadilar. Bu pedagogik ta’sirning samarali yo‘li bo‘lib, tzajribvali pedagoglar bolaning o‘z-o‘zini hurmatlashiga asoslangan holda munosabatlarni tashkil etadilar va shu orqali o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradilar. “Pedagogik muloqot deb yozadi rus pedagogi V.A.Kan-Kalik, -bu bo‘lajak o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoniga taaluqli pedagogik hodisa. Zero, muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axbarot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihatiga alohida e’tibor qaratiladi. Kishilar munosabatga kirishishda, avvalo, tilga murojaat qilinadi. Muloqotning pedagogik faoliyat usullari, qoidalari hamda texnikalari bilan o‘zaro aloqadorligini o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik muloqot uslubini to‘g‘ri tanlashga zamin bo‘ladi.”10 Pedagogik muloqotning mazmuni va shakllari nisbatan qat’iy tartibga solingan va uning ishtirokchilarining roli, pozitsiyalari aniq belgilashni nazarda tutadi. Shu nuqtai nazaridan V.A.Kan-Kalik pedagogik muloqotni shunday izohlaydi: Pedagogik faoliyatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishni ta’minlaydi va o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik o‘zaro aloqalarni tashkil etuvchi, boshqaradigan texnika va usullar tizimi hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslik,balki bo‘lg‘usi pedagog kadrlar pedagogik faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish muhim jihat ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda kasb vakillarining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, xislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda turli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ayniqsa, o‘qitruvchi kasbiy mahorati yo‘nalishida tadqiqot ishlarini olib borgan M.Axmedjonov, N.Sultonova, S.Rajabova, B.Xodjaev Z.Hasanova, N.Muslimov,M.A.Maqsudova, A.Xoliqov, K.Zaripov, B.Adizov, N.Azizxo‘jaeva, I.Davronov, A.Saidaxmedov va boshqalar o‘qituvchining malaka oshirish tizimida kasbiy mahoratni takomillashtirish, o‘qituvchi faoliyatining ijodiy tashkil qilish yordamida pedagogik mahoratni tarbiyalash, pedagogik jarayonda pedagogik tashxis vosidasida o‘qituvchining kasb mahoratini takomillashtirish yo‘nalishlarida ilmiy-nazariy hamda amaliy g‘oyalarni tavsiya qilar ekanlar, maskur jarayonda pedagogik muloqotning o‘rni alohida ahamiyat kasb etishini ham takidlaydi. “Pedagogik muloqot, - deb yozadi M.Maqsudova- pedagogik ta’sirning ajralmas sifatidir. Bu o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim-tarbiya jarayonidagi professional muloqoti bo‘lib, unda ma’lumot almashinadi va o‘quvchilarga o‘quv-tarbiyaviy ta’sir o‘tkazadi. Bunda ikki yoqlama muloqot yuzasiga kelishining asosi sifatida o‘zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi. Pedagog o‘zi o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ulardan hurmat kutadi .O‘quvchilar ham o‘qituvchidan hurmat va ishonchni talab etadi. Bu pedagogik ta’sirning samarali yo‘li bo‘lib, tajribali pedagoglar bolaning o‘z-o‘zini hurmatlashiga asoslangan holda munosabatlarni tashkil etadilar va shu orqali o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradilar”11. “Pedagogik muloqot -deb qayd qiladi A.Xoliqov, bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o‘zi uchun qulay bo‘lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy-ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabitidir12.” Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o‘qituvchi ijodkorligining noyob namunasi hisoblanadi.Pedagog olimlar o‘qituvchining talabalar bilan muloqotiga ko‘plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot, avvalo, o‘qituvchining shaxsiy-psixologik xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, uzluksiz ta’lim muassasalarida tehsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘quvchilar bilan olib boradigan muloqoti muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shunday qilib, pedagogik muloqot-bu talabalar va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, tushunish va o‘zaro aloqalarni tashkil etish, o‘rnatish va rivojlantirishning ko‘p qirrali jarayoni bo‘lib ularning birgalikdagi faoliyatining maqsadi, mohiyati va mazmuni asosida tashkil etiladi. Shuning uchun pedagogik muloqotni samarali va to‘g‘ri tashkil etish uchun o‘qituvchi pedagogik muloqotning ushbu xuxusiyatlarini hamda maqsadi va vazifalarini, vositalarini, pedagogik muloqotni tashkil etish usullarini bilishi kerak. Hamda pedagogik muloqotni tashkil qilish madaniyatiga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun, avvalo, pedagogik muloqotning maqsadi, vazifalari, mazmuni, funksiyalari, muloqotga kirishish bosqichlarini mukammal egallashi lozim. . Download 475.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling